Oziq ovqat
Jami 124 natijadan 76–90
-
Quritilgan mahsulotlar
Qolipli nondan SUXARIKI (qotgan non) ishlab chiqarish liniyasi AF-L007
Bolajonlar ham kattalar ham birdek sevib iste’mol qiladigan snack mahsulotlardan biri bu qotgan non ya’ni suxarikidir. Yurtimizda bu mahsulotga yil sayin talab ortib bormoqda. Ushbu mahsulotni ishlab chiqarishning 2 xil usuli-Ekstruziya va qolipli nondan tayyorlash usullari mavjud. Biz sizlarga bugun qolipli nondan tayyorlash liniyasini e’tiboringizga havola etamiz. Ushbu biznes bilan siz be’malol uy sharoitida boshlab, sifatli mahsulot tayyorlashingiz mumkin, ya’ni oilaviy korxona yoki xususiy korxona shaklida ro’yhatdan o’tgan holda. Sizga qulay bo’lishi uchun hamma uskunalarni 220v kuchlanishga moslashtirdik. Ushbu liniyada mahsulot tannarxi ancha arzonga tushadi, sababi siz ikki xil uslubdan birini tanlagan holatda mahsulot chiqarishingiz mumkin.
1- usul: Yangi chiqarilgan qolipli non sotib olish, yoki uni o’zingiz ishlab chiqarish
2-usul: do’konlarda olib kelinganiga 2 kundan oshmagan qolipli nonlarni arzonroq narxda xarid qilib olish.
SKU: AF-L007 -
Oziq ovqat
Quyma muzqaymoq frigomat uskunasi
Kunlar issiy boshlashi bilan kishilarning salqinlashtiruvchi mahsulotlarga (muzqaymoq, salqin ichimliklar) talabi keskin oshib ketadi. Shu o’rinda yosh tadbirkorlarimiz uchun ajoyib biznes turlaridan biri bu quyma muzqaymoq biznesidir. Ushbu biznes mavsumiy bo’lishiga qaramasdan juda serdaromad biznes hisoblanadi. Ushbu biznes bilan siz bemalol bir yilda 7-8 oy ishlashingiz mumkin. Muzqaymoq biznesi eng rentabelli bizneslar sirasiga kirishini hech kim inkor etmaydi va bu ko’rsatgich sizga tikkan pulingizni 300% gacha qaytib kelishini ta’minlaydi. Eng muhimi sizda risk juda kam bo’ladi.
SKU: n/a -
Omborda mavjud uskunalar, Oziq ovqat
Quyma muzqaymoq frigomix uskunasi
Ushbu biznes mavsumiy bo’lishiga qaramasdan juda serdaromad biznes hisoblanadi. Ushbu biznes bilan siz bemalol bir yilda 7-8 oy ishlashingiz mumkin. Muzqaymoq biznesi eng rentabelli bizneslar sirasiga kirishini hech kim inkor etmaydi va bu ko’rsatgich sizga tikkan pulingizni 300% gacha qaytib kelishini ta’minlaydi. Eng muhimi sizda risk juda kam bo’ladi.
SKU: n/a -
Omborda mavjud uskunalar, Oziq ovqat
Quyma muzqaymoq ishlab chiqarish uskunasi AF-B004
Ko’pchilik tadbirkorlar uchun quyma muzqaymoq biznesi juda qiziq va serdaromad ko’rinadi. Albatta bu fikr to’g’ri, lekin raqobatchilar ko’p bo’lgan hududda ushbu biznes bilan shug’ullanish uchun nima qilish kerak degan savol hammani o’ylantiradi. Xaridorga tovarni yetqazishda e’tibor berilishi lozim bo’lgan jihatlar mavjud.
- O’z mahsulotingizni yaxshi reklama qila oling
- Savdo nuqtangiz ixcham va mijozlarni o’ziga jalb qilishi lozim.
- Hech qachon narx bo’yicha raqobat qilmang!
- Mijozlaringizga o’zi kutgandan ortiqroq mahsulot berishga harakat qiling.
- Mahsulotingizni boshqa joydan topish mumkin bo’lmasin.
SKU: AF-B004 -
-
Dozator, Oziq ovqat
Shokolad eritib quyuvchi uskuna
Endi siz shokolad bilan o’z mahsulotlaringizga o’zgacha tam va betakror ko’rinish berishingiz mumkin! Bu uskuna ko’plab mijozlarni jalb qiladi va turli tarmoqlarda (muzqaymoq, qandolat mahsulotlari, ho’l mevalar va shirinliklar biznesida) ishlatishingiz mumkin.
SKU: n/a -
Oziq ovqat, Tayyor liniyalar
Sun’iy boyitilgan guruch ishlab chiqarish liniyasi 250-300kg/soat
Sun’iy guruch ekstruziya texnologiyasiga asoslangan yangi taomdir. Guruch unini asosiy xom ashyo sifatida qabul qilish, sun’iy guruch ekstruziya va quritish jarayonida amalga oshiriladi。Hozirgi kunda sun’iy guruchni iste’molchilar soni ko’payib bormoqda. Ushbu ozuqaviy guruch oziq-ovqat mashinasi guruch, qora guruch, karabuğday va boshqa donalarni qabul qiladi (singan guruch va guruch kepagi qayta ishlatilishi mumkin). Qo’shimcha ozuqaviy tarkibiy qismlarni, masalan, vitaminlar, minerallar va boshqalarni qo’shishingiz mumkin. Ekstruder texnologiyasiga asoslangan, shakllantirilgan va quritilgandan so’ng siz tabiiy guruch singari yeyiladigan sun’iy boyitilgan guruchni olishingiz mumkin.
SKU: n/a