Endi biz sizga yuqorida keltirilgan tariflardan oxirgisiga e’tibor qaratishingizni so’raymiz, ya’ni siz taklif qilgan mahsulot yaqin atrofda bo’lmasligi lozim. Buni qanday uddalaymiz degan savolga biz javob beramiz. Biz sizlarga quyida taklif qilayotgan quyma muzqaymoq frezeri aynan savdo nuqtalari uchun ishlab chiqarilgan bo’lib, mijozlar gavjum nuqtalarda ishlashga moslashtirilgan. Agar siz hozirda muzqaymoq biznesida bo’lsangiz, unda siz ishlatib turgan muzqaymoq uskunangizni yangisiga almashtirish vaqti kelibdi. AFEX brendi ostida maxsus buyurtma bilan ishlab chiqarilgan ushbu uskuna sizlarga qaysi jihatlari bilan ma’qul kelishini sanab o’tamiz.
- Uskuna Pre-cooling tizimi bilan ta’minlangan. Bu tizim sizga sutli smes bo’lmasini sovutish imkonini beradi. Tizim bexato ishlashi uchun unga alohida Embraco kompressor o’rnatdik va siz uni tungi rejimda ham uskunani smes bilan qoldirishingiz mumkin bo’ladi. Bizning yurtimizda yoz chillasida issiqlik qariyb +50c ga qadar yetadi, bunday sharoitda siz o’zingiz istamagan holatda sutli bo’lmadagi sut aynib qolish ehtimoli juda yuqori. Bizning uskuna bilan esa sizda bunga hojat yo’q
- Uskunamiz foydalanish qulay bo’lgan PLC kontrol tizimi orqali ishlaydi. Eskilik sarqiti bo’lgan analogli boshqaruv tizimidan voz kechish vaqti keldi. Tizim orqali siz smesni tayyorlik holatini, kuchlanish darajasini. sovutish temperaturasini, silindr ichida qoldiq smes miqdorini bilib turish imkoniga egasiz.
- AIR-PUMP tizimi. Bu tizim ko’pchilik uchun notanish bo’lishi mumkin, chunki hozirda yurtimizda faqatgina CARPIGIANI brendi ostida yevropada ishlab chiqarilgan muzqaymoq uskunalarinig eng so’nggi modellaridagina qo’llanilayotgan ushbu tizim sizga qanday qulaylik beradi? Bu qismning foydali tomoni, silindr ichida tayyorlangan muzqaymoqni havo bilan qo’shib chiqarib beradi. Bunda birinchidan muz kristallari meyorida eriydi va mahsulotingiz yorqinroq ko’rinadi. Mahsulotni yegan kishiga muzqaymoq yumshoq va iliqroqdek tasavvur uyg’otadi. Bundan tashqari smesga havo arashgach uni hajmi sezilarli darajada oshadi. Deylik siz 1 litr smesdan 20 ta quyma muzqaymoq chiqargan bo’lsangiz, AIR PUMP tizimi orqali bu ko’rsatgich 25-26 donaga yetadi.
- 3 xil sut saqlash bo’lmachasi va 5 ta quyish nuqtasi mavjud bo’lib unda siz 3 xil rangdan foydalanib 5 xil ko’rinishdagi mahsulot chiqarish imkoniyati bo’ladi.
- RAINBOW funksiyasi sizga ortiqcha mehnat va vaqtingizni ketqazmasdan kamalak muzqaymoq chiqarish imkonini beradi. Ushbu ko’rinishdagi muzqaymoqni qo’lda qilish imkoni mavjud emas. Uskunada pastki bo’lma ham mavjud bo’lib uni siz ustiga quyib beriladigan har xil shokoladli va mevali siroblar bilan to’ldirasiz. Uskuna esa RAINBOW funksiyasini tanlab chiqargan muzqaymoqni ustini ajoyib qilib bezab beradi. Bu yangilikni sizning xaridorlaringiz hayratda qoldirishi aniq.
- Uskunaga maxsus buyurtma orqali TECUMSEH 3hp (AQSH) kompressorlarini o’rnatdik. E’tibor berib kuzatsangiz yurtimizda ishlatilayotgan eng yaxshi Xitoy frezerlariga ham 2hp kompressor ishlatiladi. Biz raqobatchilarimizni o’z frezer uskunasi bilan tez sovutish va elektr tejamkorligi bo’yicha qo’rqmasdan bellashuvga chorlay olamiz.
- Uskunaning old, orqa va yon tomonlari to’liq zanglamas metalldan ishlangan bo’lib sizga uzoq vaqt xizmat qiladi.
Yana ham to’liqroq ma’lumotni quyidagi rasmli infografika orqali tushunib olishingiz mumkin. Biz uskunamizning ichki qismida qanday brend mahsulotlardan foydalanilgani ko’rsatib o’tmoqchimiz.
Tecumseh va Embraco brendlari bizning uskunamizda bir maqsad sari birlashdi.
Quyida sizda yaxshiroq tasavvur ega bo’lishi uchun chiqarishingiz mumkin bo’lgan mahsulotlaringizni ayrimlarini bir suratga jamladik. Budna ham yaxshiroq va boshqa ko’rinishdagi muzqaymoqlar chiqarish mumkin, hammasi sizning kreativligingizga bog’liq.
Quyidagi videoda sizga ustiga quyib beruvchi siroblar uchun bo’lmacha ko’rsatilgan. Aynan shu qismdan maxsus nasos orqali so’rib olinib muzqaymoq ustiga quyib beradi.
USKUNA NARXI: 3800$ (Toshkentda AFEX-GROUP LLC omboridan qabul qilib olish)
Hozircha izohlar yoq. Siz birinchi bo'lib izoh qoldiring!