Kompaniya haqida
“AFEX-GROUP” – oʼz ishlab chiqarishini yoʼlga qoʼymoqchi boʼlgan, hududlarda yangi investitsiyalarni jalb etishni maqsad qilgan tadbirkorlarga barcha turdagi ishlab chiqarish uskunalari, maxsus texnikalar va xomashyolar yetkazib beruvchi kompaniya hisoblanadi.
Xalqaro hamkorlarimiz
Kompaniya ulkan tajribaga ega boʼlib, Xitoy, Turkiya, Rossiya, Belorusiya, Аvstriya, Germaniya va Yevropaning boshqa rivojlangan davlatlardagi yetakchi kompaniyalarida ishlab chiqarilgan eng sifatli va kafolatlangan uskunalarni qulay narxlarda tadbirkorlarga taqdim etadi.
Qo’llab quvvatlash
Bizning kompaniyamiz tadbirkorlarni toʼliq qoʼllab-quvvatlash maqsadida uskunalarni oʼrnatish, toʼliq ishga tushurib berish va ishlab chiqarish uchun zarur boʼlgan xomashyo bilan taʼminlashda yaqindan yordam beradi. Kompaniyamiz uskunalar sifatiga toʼliq kafolat beradi
Akmal Ibragimov Asoschi / Bosh direktor
Sanjar Avalbaev Import bo'limi menejeri
G'aniyev Ulug'bek Savdo bo'limi menjeri
Shaxzod Shamsiddinov Marketing bo'limi
Ulug'bek Xolmurodov Navoiy viloyati, Hamkorimiz
Bizning ustunligimiz nimada?
AFEX-GROUP kompaniyasi hozirgi kunda Xitoy, Rossiya. Turkiya, Belorussiya va Avstriya davlatlari bilan samarali aloqalar o’rnatib, hamkorlikda ish olib bormoqda.
-Kompaniya O’zbekiston Respublikasi hududida qisqa davr mobaynida dilerlik markazlarini tashkil qilishga erishdi. Jumladan hozirda kompaniyaning Navoi, Guliston, Samarqand shaharlarida dilerlik savdo markazlari muvaffaqiyat bilan ishlab kelmoqda.
-Kompaniyaning asosiy maqsadlaridan biri- ishlab chiqarish uskunalarini Markaziy Osiyo bozorida yetakchilikni qo’lga kiritish. Bu maqsad yo’lida kompaniya Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Afg’oniston davlatlari hududiga o’z uskunalarini yetqazib bermoqda. Bu borada kompaniyamizda yetarlicha tajriba mavjud bo’lib, yaqin kelajakda yuqorida zikr etilgan davlatlar hududlarida rasmiy dilerlik ofislarini ochishni rejalashtirgan.
-Kompaniyamizning Xitoy davlatida (Guangdong provinsiyasida) va Urumchi shaharlarida rasmiy ofislari mavjud.
Bizning maqsadlarimiz:
Kompaniya o’z oldiga qo’ygan uzoq yillik strategik maqsadlarga ega. Bu maqsadlar ichida eng asosiylari quyidagilar:
- Yosh texnologlar uchun 1 yillik o’quv amaliy kurslarini joriy qilish orqali yetuk soha mutaxassislarini yetishtirish;
- Har bir viloyat markazlarida yoshlar uchun ishlab chiqarishni tashkil etish, yetarli mablag’ga ega bo’lmagan fuqarolar uchun Texno Park lar tashkil etish va u yerdagi uskunalar uchun vaqtchalik ijarani tashkil qilish.
- Kompaniya mijozlarga tez fursatlarda buyurtmalarni yetqazish maqsadida 1 tonnagacha bo’lgan buyurtmalarni havo yo’llari orqali tashishni tashkillashtirish;
- Markaziy Osiyoda hozirda mavjud bo’lmagan Micro tolali Sun’iy charm ishlab chiqarishni tashkil qilish, Markaziy Osiyo va Yevropa bozoriga sifatli mahsulot bilan kirib borish.
Biznig mijozlarga munosabatimiz:
– AFEX-GROUP bu shunchaki kompaniya nomi emas, bu brend,sifat va ishonch belgisi hamdir. Kompaniya yurtimiz hududida 1500 dan ortiq (12.01.2021 yil statistikasiga ko’ra) uskunalarni muvaffaqiyatli yetqazib berdi. Shuningdek har bir ishda bo’lgani kabi bizning sohada ham kamchiliklar mavjud. Jumladan, olib kelingan uskunalarda aniqlangan 34 ta holat bo’yicha kamchiliklar bartaraf etildi va tashish jarayonida yuzaga kelgan deformatsiyalar tufayli tuzatib bo’lmas kamchiliklar aniqlangan, 5 ta holat bo’yicha uskunalar qaytarib olinib boshqa shu turdagi uskunalarga almashtirildi.
Kompaniyamiz sizga shartnomada belgilangan muddatlarda buyurtmangizni eng sifatli va sizning texnik talabingizga mos keluvchi shakllarda yetkazib berilishini ta’minlaydi.
Biz bilan hamkorlik qilib nimaga erishish mumkin?
Bizning kompaniyamiz mijoziga aylanib siz quyidagi xizmatlarimizdan foydalanish imkoniyatlariga ega bo’lasiz:
- To’lov usullarining xilma xilligi (Visa, Bank Transfer, Chet eldan pul to’lash, so’mdagi hisob raqamlari, naqd, plastik va korporotiv kartalar yordamida);
- Hamkor lizing tashkilotlar orqali 30% oldindan to’lov va garov evaziga qisqa muddatda lizing to’lovlar orqali tovarlarni sotib olish mumkinligi.
- 1000$ gacha bo’lgan uskunalarni 30% lik oldindan to’lov evaziga, ushbu summadan ortiq bo’lgan hollarda 50-70% lik oldindan to’lov shartlari asosida buyurtmalarni qabul qilish;
- Buyurtmalaringizni saytimizdan online kuzatish imkoniyati, ularning vaqti va holati bo’yicha ma’lumotlarni faqat shartnoma raqami orqali olishning soddalashtirilgan usuli;
- Buyurtmalarnizni Chet davlatda qoldiq summani berishdan oldin test qilib olish imkoniyati (qo’shimcha to’lov evaziga).
Eng ko'p beriladigan savollar?
To’lov turi xaridor o’z xohishiga ko’ra tanlanadi. Siz so’mdagi hisob raqamingizdan shartnoma asosida pul ko’chirishingiz, bank krediti asosida olingan mablag’ingizni yo’naltirishingiz, to’lov kartasi orqali hamda karporativ kartalar yordamida ham to’lovni amalga oshirishingiz mumkin.
Valyutada hisob kitoblarni amalga oshirmoqchi bo’lgan mijozlarimiz: Visa kartasidagi pul mablag’lari, valyuta hisob raqami orqali shartnoma asosida pul ko’chirishlari, Chet elda ro’yxatdan o’tgan kompaniya hisob raqami orqali, Chet el valyutasida olingan kredit asosida va boshqa qonunga xilof bo’lmagan usullar orqali to’lovni amalga oshirishlari mumkin bo’ladi.
Ha albatta, bizning korxonamiz siz tadbirkorlar uchun kerakli mutaxasisslarni O’zbekiston hududidan yoki xaridor xohishiga ko’ra Xitoy va boshqa davlatlardan olib kelish imkonimiz bor.
AFEX-GROUP kompaniyasi sizlarni uzoq muddatli va qisqa muddatli shartnomalar asosida xomashyo yetkazib berishni o’z zimmasiga olishi mumkin. Bunda mahsulot narxi shartnoma shartlariga asosan mijoz bilan kelishilgan tartibda bo’ladi.
“AFEX-GROUP” LLC kompaniyasi siz aziz mijozlar uchun dunyoning istalgan hududidan xomashyo va uskunalar yetkazib berishi mumkin. Bunda siz so’ragan davlat bilan bojxona va diplomatik munosabatlar yaxshi yo’lga qo’yilganligini avval tekshirib ko’rishingizni maslahat beramiz. Eng ko’p so’raladigan davlatlar: Xitoy, Rossiya, Turkiya, Germaniya, Belorusiya kabi davlatlar bilan ko’plab aloqalar o’rnatganmiz.
Agarda sizga ishlab chiqarayotgan mahsulotga chet davlatlarda va qo’shni davlatlarimizda xaridorlar borligi ma’lum bo’lsa, sizga xalqaro shartnomalar tuzishda, ularni yetkazishdagi logistika xizmatlarida, bojxona rasmiylashtiruv ishlarida malakali xodimlarimiz sizga yordam berishadi.Shuningdek, sizda chet eldagi ko’rgazmalarda ishtirok etish istagi mavjud bo’lsa, ro’yhatdan o’tish hamda ishtirok etishingizni ham ta’minlaymiz. Yuqorida aytilgan xizmatlarimizni konsalting xizmati asosida amalga oshirish mumkin.