1 / 12Qolipli nondan SUXARIKI (qotgan non) ishlab chiqarish liniyasi AF-L007
Bolajonlar ham kattalar ham birdek sevib iste'mol qiladigan snack mahsulotlardan biri bu qotgan non ya'ni suxarikidir.
Tavsif
Uskuna haqida
Bolajonlar ham kattalar ham birdek sevib iste'mol qiladigan snack mahsulotlardan biri bu qotgan non ya'ni suxarikidir. Yurtimizda bu mahsulotga yil sayin talab ortib bormoqda. Ushbu mahsulotni ishlab chiqarishning 2 xil usuli-Ekstruziya va qolipli nondan tayyorlash usullari mavjud. Biz sizlarga bugun qolipli nondan tayyorlash liniyasini e'tiboringizga havola etamiz. Ushbu biznes bilan siz be'malol uy sharoitida boshlab, sifatli mahsulot tayyorlashingiz mumkin, ya'ni oilaviy korxona yoki xususiy korxona shaklida ro'yhatdan o'tgan holda. Sizga qulay bo'lishi uchun hamma uskunalarni 220v kuchlanishga moslashtirdik. Ushbu liniyada mahsulot tannarxi ancha arzonga tushadi, sababi siz ikki xil uslubdan birini tanlagan holatda mahsulot chiqarishingiz mumkin. 1- usul: Yangi chiqarilgan qolipli non sotib olish, yoki uni o'zingiz ishlab chiqarish 2-usul: do'konlarda olib kelinganiga 2 kundan oshmagan qolipli nonlarni arzonroq narxda xarid qilib olish.

Birinchi bo'lib siz suxarikini qanaqa ko'rinishda ishlab chiqarishni aniqlab olishingiz lozim bo'ladi. Shunga qarab siz nonni bo'laklarga bo'lish uskunasiga qanday holatda joylashtirishni aniq bilasiz. Biz tavsiya qiladigan liniyamiz yordamida siz kubik holatda hamda somoncha shaklida mahsulotlar chiqarishingiz mumkin. Keling, biz siz bilan hamma sevib iste'mol qiladigan suxariki mahsulotini tayyorlash uchun qanday uskunalardan foydalanishimizni bir ko'rib chiqsak va keyinroq hisob kitob bosqichiga o'tamiz.
Nonni kesib beruvchi uskuna (1-bosqich)



Nonni yuqoridagi ko'rinishga keltirib olgach siz ularni ikkinchi uskunaga joylashingiz lozim bo'ladi. Ikkinchi non kesib beruvchi uskunaga solganingizda sizga kerakli bo'lgan shaklga ega bo'ladi.
NON kesib berish uskunasi (2- bosqich)


Non kerakli shaklda kesib olingach, ularni yaxshilab quritib olish lozim. Biz sizga tavsiya qiladigan quritish uskunasini o'rniga qavatli non pishirish pechidan foydalansa bo'lmaydimi degan fikrlar ham ko'p keldi. Biz sizga tavsiya qiladigan quritish shkafi bilan oddiy pechda quritilsa qanday holat yuz berishini yozib o'tmoqchimiz.
1) Oddiy non pishirish pechida suxarikini quritish mukin, lekin quyidagi kamchiliklardan holi bo'la olmaysiz.
- Qavatli pechlar faqat tepa va pastki qismdan issiqlik beradi, bu esa mahsulotni hamma qismi bir xilda qurimasligiga olib keladi.
- Issiqlik tenlar yordamida berilganligi sababli tenlarga yaqin joylashtirilgan mahsulotlarda kuyish holati yuz beradi.
- Qavatli pechlarning maksimal sig'imi 9 padnosdan iborat bo'lganligi sababli, sizning mahsulot ichlab chiqarish tezligingizga mos kelmaydi , buning ustiga uning elektr sarfi yuqori bo'lganligi sababli mahsulot tannarxi oshib ketadi.
Yuqoridagi kamchiliklarni inobatga olgan holda biz sizga yuqori energiya tejamkorligiga ega mahsulot sig'imi yuqori quritish shkafini tavsiya qilamiz. Bu mahsulotingizni sifatini belgilab beruvchi asosiy bosqich hisoblanadi. Quyidagi quritish uskunasida chiqqan mahsulot juda qattiq holatga kelib qolmaydi va unda kuyish holati kuzatilmaydi.
P.S ushbu quritish shkafidan yoz mavjumida bemalol meva sabzavotlarni quritish uchun foydalanishingiz mumkin.



Yaxshilab qurib chiqqan suxariki unga har xil maza berish uchun aramatizator uskunasiga solinadi. Bizning texnologlarimiz mahsulotga qancha miqdorda aramatizator qo'shishni, qancha muddat uni aralashtirish va boshqa texnalogik jarayonlarni o'rgatib qo'yishadi.
MAZA BERISH USKUNASI (ARAMATIZATOR)


Iste'mol uchun tayyor bo'lgan mahsulotlarimizni bemalol qadoqlash uskunamiz yordamida qadoqlashimiz mumkin. Qadoqlash uskunasi uchun esa siz o'zingizga yoqqan dizaynda qadoq uchun rulon buyurta berasiz. Bu borada ham bizning mutaxassislarimiz sizga yordam berishadi. Hozirgi kunda 1 kg rulon narxi 7$ atrofida. Barchaga qiziq jarayon ushbu ishdan qancha daromad olish haqida bo'lsa kerak. Keling siz bilan hisob kitob qilib olsak.
- 1 dona qadoqlangan mahsulot 35 gr
- 1 soatda minimum 50 dona nondan mahsulot ishlab chiqarish jarayonini siz bilan ko'rib chiqamiz.
- 50 dona non*550gr=27,5 kg
- 27,5 kg mahsulot qurish jarayonida 30% vazn yo'qotiladi va bizda 19.25 kg mahsulot qoladi
- Biz maza berish jarayonida 10% massa qo'shiladi va umumiy massa 21,2 kg mahsulot bo'ladi
- 21,2 kg=21200 gr /33 gr 642 dona tayyor mahsulot
- 50000 so'm non uchun+80*642=51360 so'm qadoq+gofra karobka uchun 33 som har bir mahsulotga*642=21186 +24000 so'm maza uchun+3700*3=11 100 (3 nafar ishchi)+ 2200 som elektr uchun=159 846 so'm
- soatiga 642 dona mahsulot ishlab chiqarilsa 10 soatda 6420 dona
Ishchi har biri 1 million somdan oylik olgan taqdirda 27 kun ish kuni*10 soat kuniga
VERTIKAL QADOQLASH USKUNASI (Sig'imli o'lchov asosida)



Tezkor narx so‘rovi
Ismingiz va telefon raqamingizni qoldiring — qolganini mutaxassisimiz hal qiladi.
Ma’lumotlaringiz uchinchi shaxslarga berilmaydi
Yetkazib berish va ishga tushirish
Konsultatsiyadan ishga tushirishgacha — jarayon to‘rt bosqichda, shartnoma asosida.

Konsultatsiya
Ehtiyojingizni aniqlab, konfiguratsiya va tijorat taklifini tayyorlaymiz.

Shartnoma
Muddat, to‘lov tartibi va kafolat shartlari shartnomada qayd etiladi.

Yetkazib berish
Uskuna ishlab chiqaruvchidan ob’ektingizgacha yetkaziladi.

O‘rnatish va o‘qitish
Mutaxassislarimiz uskunani ishga tushiradi va operatorlarni o‘qitadi.
Ko‘p so‘raladigan savollar
Yetkazib berish, shartnoma va kuzatuv bo‘yicha eng ko‘p beriladigan savollar.
Buyurtmalarimni online kuzatib turish imkoni mavjudmi?
Yuklar qancha vaqtda yetqaziladi?
Yetqazib berishning qanday usullari mavjud?
Shartnoma tuzish uchun mendan nimalar talab etiladi?
Loyihangizni birga muhokama qilamiz
Uskuna tanlash, texnik yechimlar va takliflar bo‘yicha maslahat olish uchun biz bilan bog‘laning.
Bizni kuzatib boring
Yangi uskunalar, ishga tushirish va ishlab chiqarish jarayonlari — rasmiy kanallarimizda.
O‘xshash uskunalar

Sabzavotlarni tozalab ularni quritadigan yagona liniya AF-500T

Mevali chipslar ishlab chiqarish liniyasi AF-L001

AFEX 250L/soat suvni tozalash filtri

Kichik xamir yoyish uskunasi AF-WQ20

Qopqoq ustiga data matrix markirovka yopishtirish uskunasi

Avtomatik pet idishlarga tortiluvchan PVC yorliqlash bloki

Monoblok avtomatik suv quyish uskunasi 8-8-3 va qopqoq yuklash tizimi


