TAKRORLANUVCHI SAVOLLAR

Ushbu ma'lumotlar 2020-yil fevral holatiga ko'ra yozildi

ASOSIY SAVOLLAR

Buyurtmalarimni onlayn kuzatib turish imkoni mavjudmi?

Buyurtmalarni onlayn kuzatish imkoniga egasiz. O’zbekistonda birinchilardan bo’lib GPS tizimi orqali yuklarni nazorat qilish, ularni joylashuvini aniqlab yetib kelish vaqtini taxminiy hisoblovchi mexanizm ishlab chiqildi. Siz faqat shartnoma raqamini kiritgan holda bu ma’lumotlarni qo’lga kirita olasiz.

Yuklar qancha vaqtda yetqaziladi?

Yuklar yetqazib berish muddati ko’p hollarda ishlab chiqaruvchiga bog’liq bo’ladi. Aksariyat katta hajmli ishlab chiqarish uskunalarini yetqazish muddati oddiy uskunalarga nisbatan 2-3 marta ortiqroq vaqt talab etadi. Agar tayyor uskunalar bo’lgan taqdirda, yetqazib berish muddati 30 kundan boshlanadi.  Uskunalarni O’zbekiston hududida bojxona rasmiylashtiruv ishlari, Sertifikatlashtirish jarayonlariga ketadigan vaqt bundan mustasno.

Yetqazib berishning qanday usullari mavjud?

Chet ldan tovar turi va buyurtma olingan muddatga ko’ra yuklar O’zbekiston hududiga quyidagi asosda yetqaziladi:

  • Avia qatnovlar
  • Temir yo’l orqali
  • Quruqlik transporti orqali
  • Aralash transport orqali

Shartnoma tuzish uchun mendan nimalar talab etiladi?

Kompaniyamiz mijoziga aylanishingiz uchun sizdan:

  • Tadbirkorlik sub’ektini tasdiqlovchi GUVOHNOMA;
  • Bank rekvizitlari;
  • STIR raqami;
  • Rahbarning passport nusxasi
  • Shartnomani tasdiqlash uchun korxona muxri

Ko'p beriladigan savollarga javoblar

Sizlar ushbu saytda joylangan liniyalarni o'rnatish uchun mutaxasislar bilan ta'minlay olasizlarmi?

Ha albatta, bizning korxonamiz siz tadbirkorlar uchun kerakli mutaxasislarni O’zbekiston hududidan yoi xaridor xoxishiga ko’ra Xitoy va boshqa davlatlardan olib kelish imkonimiz bor.

Ishlab chiqarish liniyalari olingan taqdirda biz xomashyoni qayerdan sotib olamiz?

AFEX-GROUP kompaniyasi sizlarni uzoq muddatli va qisqa muddatli shartnomalar asosida xomashyo yetqizib berishni o’z zimmasiga olishi mumkin. Bunda mahsulot narxi shartnoma sharxlariga asosan mijoz bilan kelishilgan tartibda bo’ladi.

Agar uskunalarni sizlardan kredit asosida xarid qilsam bo'ladimi va menga qanday hujjatlar lozim?

Hurmatli mijozlar, biz kreditni to’g’ridan-to’g’ri bermaymiz. Siz kredit asosida ish boshlash niyatingiz bo’lsa, o’z hududiy banklaringizdan kredit foiz stavkalari hamda talab qilinadigan shartlar bilan batafsil tanishib olishingiz mumkin. Bank xodimi sizdan shartnoma talab qilgan taqdirda, korxonamiz xodimlari sizga shartnoma beradi. Buning uchun bank rekvizitlari, tadbirkorlik guvohnomasi, STIR, rahbar passport nusxasi va muhr talab etiladi.

Sizlar asosan qaysi davlatlardan uskuna va xomashyolar olib kelishingiz mumkin?

“AFEX-GROUP” LLC kompaniyasi siz aziz mijozlar uchun dunyoning istalgan hududidan xomashyo va uskunalar yetqizib berishi mumkin. Bunda siz so’ragan davlat bilan bojxona va diplomatik munosabatlar yaxshi yo’lga qo’yilganligini avval tekshirib ko’rishingizni maslahat beramiz. Eng ko’p so’raladigan davlatlar: Xitoy, Rossiya, Turkiya, Germaniya, Belorusiya kabi davlatlar bilan ko’plab aloqalar o’rnatganmiz.

Ishlab chiqargan mahsulotim uchun chet davlatdan xaridor topib, uni eksport qilishim uchun qanday yordam bera olasizlar?

Agarda siz ishlab chiqarayotgan mahsulotingizga chet davlatlarda va qo’shni davlatlarimizda xaridorlar borligi ma’lum bo’lsa, sizga xalqaro shartnomalar tuzishda, ularni yetqazishdagi logistika xizmatlarida, bojxona rasmiylashtiruv ishlarida malakali xodimlarimiz sizga yordam berishadi.Shuningdek sizda chet eldagi ko’rgazmalarda ishtirok etish istagi mavjud bo’lsa, ro’yhatdan o’tish jarayonlarida va chet eldagi ko’rgazmalarda ishtirokchi sifatida ishtirok etishingizni ham ta’minlashimiz mumkin. Yuqorida aytilgan xizmatlarimizni konsalting ximati orqali taqdim etiladi. eslatib o’tamiz konsalting xizmatimiz pullik.

Qanday to'lov turlaridan foydalansa bo'ladi?

To’lov turini xaridor o’z xoxishiga ko’ra tanlanadi. Siz so’mdagi hisob raqamingizdan shartnoma asosida pul ko’chirishingiz, bank krediti asosida olingan mablag’ingizni yo’naltirishingiz, tolov kartasi orqali hamda karporativ kartalar yordamida ham to’lovni amalga oshirishingiz mumkin.

Valyutada hisob kitoblarni amalga oshirmoqchi bo’lgan mijozlarimiz: Visa kartasidagi pul mablag’lari, valyuta hisob raqami orqali shartnoma asosida pul ko’chirishlari, Chet elda ro’yhatdan o’tgan kompaniya hisob raqami orqali, Chet el valyutasida olingan kredit asosida va bsohqa qonunga xilof bo’lmagan usullar orqali to’lovni amalga oshirishlari mumkin bo’ladi.

To'lov qanday shartlar asosida bo'ladi?

To’lov shartlari: Shartnoma bandida ko’rsatiladi va sotuvchi to’lov muddatini xaridor bilan kelishgan holatda erkin belgilaydi. Xaridor to’lov muddati o’tgach to’lovni amalga oshirish uchun yangi shartnoma olishi yoki mavjud shartnomani qo’shimcha kelishuv asosida uzaytirishi lozim.