YANGI MAHSULOTLAR
-
Plastikni qayta ishlash
Zichlovchi lenta (уплотнитель) ishlab chiqarish ekstruziya liniyasi
Zichlovchi lenta (Sealing Strip) — birikmalarni germetik yopish va himoya qilish uchun mo‘ljallangan egiluvchan polimer lenta. Chang, namlik va havo kirishining oldini olib, mahsulotning ishonchliligi va xizmat muddatini oshiradi. Qurilish, ishlab chiqarish, qadoqlash va boshqa sanoat sohalarida keng qo‘llaniladi.
SKU: n/a -
Tibbiyot uskunalari
Yarim avtomatik suyuq kapsulalar ishlab chiqarish liniyasi
Ushbu yarim avtomatik ishlab chiqarish liniyasi suyuq mahsulotlarni jelatin kapsulalarga aniq miqdorda to‘ldirish va kapsulalarni germetik muhrlash uchun mo‘ljallangan. Liniya farmatsevtika, biologik faol qo‘shimchalar (BAA), vitaminlar, baliq yog‘i, o‘simlik moylari va boshqa suyuq preparatlarni kapsulalash jarayonini samarali tashkil etadi. Liniya DFR-2003 yarim avtomatik kapsula to‘ldirish uskunasi va FRT-50S kapsulani muhrlash uskunasidan iborat.
Mazkur liniya O‘zbekiston bozorida farmatsevtika va nutrasevtika mahsulotlariga bo‘lgan talab ortib borayotgan sharoitda kichik va o‘rta ishlab chiqaruvchilar uchun samarali yechim hisoblanadi. Sportchilar, fitnes bilan shug‘ullanuvchilar va sog‘lom turmush tarzini tanlagan iste’molchilar orasida omega-3, vitamin D3, MCT yog‘i, o‘simlik ekstraktlari va boshqa suyuq qo‘shimchalarga bo‘lgan talab yuqori bo‘lgani sababli ushbu liniya zamonaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun qulay tanlov hisoblanadi.
SKU: n/a -
Oziq ovqat
Yarim avtomatik marmelad qoliplash va quyish uskunasi
BLB-50 modeli qattiq va yumshoq konfet mahsulotlarini qoliplarga aniq miqdorda quyish uchun mo‘ljallangan avtomatik quyish uskunasidir. U pnevmatik boshqaruv, PLC dasturiy nazorat tizimi va ikki bunkerli quyish mexanizmi bilan jihozlangan bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonining aniqligi va barqarorligini ta’minlaydi.
Uskuna konfet massasini belgilangan miqdorda qoliplarga quyib, mahsulot sifatini bir xil saqlashga yordam beradi. Oziq-ovqat bilan bevosita aloqada bo‘ladigan qismlar zanglamaydigan po‘latdan tayyorlangan bo‘lib, gigiyena talablariga to‘liq javob beradi.
SKU: n/a -
Yog' moy uskunalari
Uzum danagidan moy olish uskunasi
AFG200 sanoat moy siqish uskunasi moyli urug‘ va don mahsulotlarini qayta ishlash orqali yuqori sifatli o‘simlik moyi ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan. Qurilma zamonaviy vintli presslash texnologiyasi asosida ishlaydi va xomashyoni samarali siqib, moy ajratib olish jarayonini uzluksiz ta’minlaydi. Uskuna kungaboqar urug‘i, paxta chigiti, soya, raps, kunjut va boshqa moyli ekinlarni qayta ishlash imkoniyatiga ega.
Mazkur model 200 mm diametrli press vintiga ega bo‘lib, 35 aylanish/daqiqalik ish tezligida faoliyat yuritadi. Asosiy dvigatel quvvati 37 kVt, vakuum nasosi quvvati 2,2 kVt va isitish tizimi quvvati 3 kVtni tashkil etadi. Uskuna 380 V elektr tarmog‘ida ishlaydi.SKU: n/a -
Oziq ovqat
Sarimsoq po’stlog’ini tozalash uskunasi
HK-300 sarimsoq po‘stlog‘ini avtomatik tozalash uchun mo‘ljallangan professional uskuna hisoblanadi. U sarimsoq donachalarining tashqi qobig‘ini tez va samarali tarzda ajratib, mahsulotning tabiiy shakli va sifatini saqlab qoladi. Uskuna oziq-ovqat korxonalari, yarim tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchilar, restoranlar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sexlarida keng qo‘llaniladi.
Zanglamaydigan po‘latdan tayyorlangan korpus yuqori gigiyena talablariga javob beradi hamda uzoq muddat xizmat qilishni ta’minlaydi. Soatiga 300 kg gacha ishlab chiqarish quvvati tufayli katta hajmdagi sarimsoqni qisqa vaqt ichida qayta ishlash imkonini beradi.
SKU: n/a
-
Oziq ovqat
Pufakchali meva va sabzavot yuvish uskunasi
GR-200S modeli meva va sabzavotlarni samarali yuvish hamda ozon yordamida dezinfeksiya qilish uchun mo‘ljallangan zamonaviy sanoat uskunasidir. Yuvish jarayonida hosil bo‘ladigan havo pufakchalari mahsulot yuzasidagi tuproq, chang, qum va boshqa iflosliklarni ehtiyotkorlik bilan ajratadi, ozon tizimi esa bakteriya va mikroorganizmlarni kamaytirishga yordam beradi.
Uskuna karam, salat barglari, kartoshka, sabzi, pomidor, sitrus mevalari, olma, qo‘ziqorin va boshqa ko‘plab meva-sabzavotlarni qayta ishlash uchun mos keladi. 304 markali zanglamaydigan po‘latdan tayyorlanganligi sababli oziq-ovqat sanoati gigiyena talablariga to‘liq javob beradi.
SKU: n/a
CHOP ETISH USKUNALARI
Yaltiroq effekt bosuvchi press
YI-1Q qo‘lda boshqariladigan hot stamping mashinasi kichik va o‘rta hajmdagi ishlab chiqarishlar uchun mo‘ljallangan ishonchli va ixcham uskuna hisoblanadi. U turli materiallar yuzasiga folga bosish, logotip, yozuv va bezak elementlarini aniq va sifatli ko‘chirish imkonini beradi. Mustahkam konstruktsiya va barqaror bosim tizimi orqali doimiy va takrorlanuvchi sifatga erishiladi.
Avtomatik yaltiroq shtamplash printeri KF-X80
KF-X80 keng formatli issiq shtamplash jarayonlari uchun mo‘ljallangan yuqori darajadagi avtomatik uskuna bo‘lib, premium poligrafiya mahsulotlariga yorqin metall effekt, nafis relyef va uch o‘lchamli ko‘rinish berishga xizmat qiladi. Katta qog‘oz formatlari bilan ishlay olishi uni qadoqlash, sovg‘a qutilari, yorliqlar va bezak buyumlari ishlab chiqarishda juda samarali qiladi. Servo boshqaruvga ega qog‘oz berish tizimi barqarorlikni ta’minlaydi, kuchli 38 tonnalik bosim esa murakkab dizaynlarni ham aniq tushirish imkonini yaratadi. Energiyani tejamkor ishlaydigan tizim, iqtisodiy gaz sarfi va mustahkam konstruksiya KF-X80 ni yuqori ishlab chiqarish liniyalari uchun ishonchli yechimga aylantiradi.
Avtomatik yuqori tezlikdagi yaltiroq shtamplash printeri
KF-X62 yuqori tezlikda ishlovchi issiq shtamplash uskunasi bo‘lib, murakkab qadoqlash dizaynlariga nafis yorqinlik beradi. Keng formatdagi qog‘ozlar bilan ishlay olishi uni ko‘plab ishlab chiqarish liniyalari uchun qulay qiladi. Konkav-konveks shtamplash, tekis shtamplash imkoniyatlari orqali uch o‘lchamli ko‘rinishga ega bezaklar hosil qiladi. Qog‘oz berish tizimidagi servo boshqaruv jarayonni aniq, ravon va barqaror qiladi. Uskuna yuqori unumdorlik, iqtisodiy gaz sarfi va ishonchli bosim kuchi bilan bezak mahsulotlari, sovg‘a qutilari, yorliqlar, premium poligrafiya va boshqa ko‘plab sohalar uchun qulay yechim bo‘lib xizmat qiladi.
Professional UV printer AFP-6090K
Chop etish jarayoni – yuqori sifat va mukammal natija kafolati!
Afzalliklar: tezlik, aniqlik, ranglarning tiniqligi va har qanday sathda barqaror natija!
YOG' ISHLAB CHIQARISH USKUNALARI
TAYYOR LINIYALAR
Product Carousel Tabs
Kir yuvish kukuni ishlab chiqarish liniyasi
Zamonaviy kir yuvish kukunlari juda keng assortimentda taqdim etilgan va turli xil chiqarish shakllariga ega bo’lishi mumkin:
kukun;
gel yoki suyuq konsentrat;
granulalar;
eriydigan tabletkalar.
Bugun biz sizlar bilan kir yuvish kukunlari ishlab chiqarishni tashkil etish uchun kerakli jihozlarni ko’rib chiqishdan avval kir yuvish kukunlarining turlari va ularni qo’llash mumkin bo’lgan holatlarga biroz to’xtalib o’tmoqchimiz.
Xojatxona qog’ozi va qog’oz sochiqchalar ishlab chiqarish liniyasi AF-L016

Xojatxona qog’ozi va qog’oz sochiqchalar ishlab chiqarish liniyasi AF-L016
Kundan kun sanitar gigiyenik vositalar savdosi gullab yashnamoqda. Hozirda ko’p mijozlarimiz bizga maklaturadan tualet qog’ozi ishlab chiqarish liniyasini so’rab murojaat etishadi. Albatta bu liniya ham bizda bor va uni sizlarga yetqazib bera olamiz, lekin hozir sizlarga tavsiya etayotgan liniyamiz maklaturadan emas selyuloza rulondan mahsulot chiqarish uchun mo’ljallangan. AFEX-GROUP LLC sizlarga biror bir uskunani tavsiya etishdan avval rivojlangan davlatlar tajribasiga tayanishini yana bir eslatib o’tmoqchimiz. Hozirda bizning ichki bozorimiz uchun kerakli bo’lgan xojatxona qog’ozini maklaturadan ishlab chiqaruvchilar xomashyoni chet davlatlardan olib kelish darajasiga borib yetdi. Asosan Rossiya maklatura bilan ta’minlovchi bo’lib turibdi, lekin aqlli tadbirkor o’ziga o’zi savol berishi lozim bo’ladi, ya’ni nega Rossiya davlatining o’zi ularni qayta ishlamaydi degan savol tug’iladi. Buning javobi aniq, Rossiya fuqarolari 100% selyulozadan ishlab chiqarilgan xojatxona qog’ozlarini ma’qul ko’rishmoqda. Hozir bizda ikkilamchi xomashyodan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning xaridorlari asosan viloyat markazidan chetroqda joylashgan aholi vakillari tashkil etadi. Lekin yildan yilga ichki bozorimizda xaridorlar orasida selyulozalik salfetka, xojatxona qog’ozi va qog’oz sochiqchalarga talab ortib bormoqda. Kelajak 3-4 yil ichida bizning 90% aholimiz ushbu mahsulotlardan foydalana boshlaydi. Aholi daromadlari ortishi bilan xaridorlar sifatga qarab harakatlanishi oddiy iqtisodiyot qonuni sanaladi. Keling biz sizlarga yuqori daromadli sohani tanishtirib o’tamiz.
Avtomatik qog`oz salfetka ishlab chiqarish uskunasi (Sensorli boshqaruv panelli) AF-B002

Avtomatik qog`oz salfetka ishlab chiqarish uskunasi (Sensorli boshqaruv panelli) AF-B002
Kundalik hayotimizda bir martalik mahsulotlarga bo’lgan talab ortsa ortmoqdaki, lekin kamaygani yo’q. Taom uchun, ichimlik uchun bir martalik idishlar, ayniqsa qog`ozdan ishlab chiqarilgan bir martalik salfetkalarni har birimiz deyarli har kuni ishlatamiz. Bir martalik qog’oz salfetkalar ovqatlanish shaxobchalari, kafelar, restoran va to`yxonalarda, hattoki uyda ham matodan yasalgan salfetkalar o`rnini to’liq egallamoqda. Chunki bu turdagi salfetkalar gigienik talablarga to’la javob berishidan tashqari ishlatish uchun ham juda qulay. Shuning uchun yurtimizda bu turdagi salfetkalarga bo`lgan talab yanada oshmoqda. Har bir ishni boshlashdan oldin har qanday tadbirkor boshlayotgan ishining kelajagi haqida qayg’uradi. Ushbu biznes bizning hududga tog’ri kelishining sabablarini quyida bayon qilib o’tmoqchimiz:
Sovuq pressli yog’ olish uskunasi 6YL-160
Sovuq press rejimida yog’ olish uchun mo’njallangan presimiz yordamida siz chigitdagi yog’ni 93-94% gacha olish imkoniga ega bo’lasiz. Uskuna CR13 mustahkam metalldan ishlangan bo’lib, ish jarayonida uzoq vaqt xizmat qiladi. Ushbu press yordamida kunjut, kungaboqar pistasi, yeryong’oq, bodom va boshqa mahsulotlardan ham yog’ olish mumkin. 6YL seriyali yog ‘ press uskunasi – bu oddiy dizayni, foydalanish osonligi, keng foydalanish qobiliyati va uzluksiz ishlashi, yuqori ishlab chiqarish quvvati hamda yuqori yog’ chiqarish tezligi bilan ajralib turadigan vintli yog’ press mashinasi. Bundan tashqari, ushbu turdagi mashina turli xil xom ashyolar uchun ishlatilishi mumkin va siz ishlatadigan muayyan ekinning moy tarkibiga qarab, mashina uning 90% -95% ni oladi. Shunday qilib chigit, pista, kunjut va kungaboqar pistalari uchun ishlatishingiz mumkin bo’ladi. Qolgan yem asosan hayvonlar uchun ozuqa uchun ishlatiladi.
Sovuq pressli yog’ olish uskunasi (motorsiz) AF-6YL-130
Sovuq press rejimida yog’ olish uchun mo’njallangan presimiz yordamida siz chigitdagi yog’ni 93-94% gacha olish imkoniga ega bo’lasiz. Uskuna CR13 mustahkam metalldan ishlangan bo’lib, ish jarayonida uzoq vaqt xizmat qiladi. Ushbu press yordamida kunjut, kungaboqar pistasi, yeryong’oq, bodom va boshqa mahsulotlardan ham yog’ olish mumkin. 6YL seriyali yog ‘ press uskunasi – bu oddiy dizayni, foydalanish osonligi, keng foydalanish qobiliyati va uzluksiz ishlashi, yuqori ishlab chiqarish quvvati hamda yuqori yog’ chiqarish tezligi bilan ajralib turadigan vintli yog’ press mashinasi. Bundan tashqari, ushbu turdagi mashina turli xil xom ashyolar uchun ishlatilishi mumkin va siz ishlatadigan muayyan ekinning moy tarkibiga qarab, mashina uning 90% -95% ni oladi. Shunday qilib chigit, pista, kunjut va kungaboqar pistalari uchun ishlatishingiz mumkin bo’ladi. Qolgan yem asosan hayvonlar uchun ozuqa uchun ishlatiladi.
Kimyoviy tozalash (ximchistka) liniyasi AF-L002
Hozirda ommalashib borayotgan xizmat koʻrsatish sohasidagi tadbirkorlik turlari koʻpchilik eʼtiborni tortmoqda, ammo xizmat koʻrsatish uchun sizning oʻz biznesingiz boʻlishi shart. Odatda xizmat koʻrsatish sohasidagi bizneslar insonlar ehtiyojidan kelib chiqqan holda vujudga keladi, aynan biz sizga namoyish qilmoqchi boʻlgan liniya aynan hozirda talabchan, bozori chaqqon xizmatlardan biridir. Bu kimyoviy tozalash (ximchistka)liniyasi.
Bilsangiz raqobat kuchayaveradi, yangidan-yangi texnologiyalar joriy qilinaveradi, lekin yangi texnologiya baribir yutuqqa erishaveradi. Quyida sizga tanishtirib oʻtadigan uskunalarimiz eng soʻnggi texnologiyada ishlab chiqilgan boʻlib, biznesingiz rivoji uchun koʻp yillar xizmat qiladi degan umiddamiz.
Zichlovchi lenta (уплотнитель) ishlab chiqarish ekstruziya liniyasi
Zichlovchi lenta (Sealing Strip) — birikmalarni germetik yopish va himoya qilish uchun mo‘ljallangan egiluvchan polimer lenta. Chang, namlik va havo kirishining oldini olib, mahsulotning ishonchliligi va xizmat muddatini oshiradi. Qurilish, ishlab chiqarish, qadoqlash va boshqa sanoat sohalarida keng qo‘llaniladi.



























