AFEX
Xizmat ko`rsatishTovar kodi: 60b0e4810bd70c1741052323

Kimyoviy tozalash (ximchistka) liniyasi AF-L002

Hozirda ommalashib borayotgan xizmat koʻrsatish sohasidagi tadbirkorlik turlari koʻpchilik eʼtiborni tortmoqda, ammo…

Individual taklif
Narx

Tavsif

Uskuna haqida

Hozirda ommalashib borayotgan xizmat koʻrsatish sohasidagi tadbirkorlik turlari koʻpchilik eʼtiborni tortmoqda, ammo xizmat koʻrsatish uchun sizning oʻz biznesingiz boʻlishi shart. Odatda xizmat koʻrsatish sohasidagi bizneslar insonlar ehtiyojidan kelib chiqqan holda vujudga keladi, aynan biz sizga namoyish qilmoqchi boʻlgan liniya aynan hozirda talabchan, bozori chaqqon xizmatlardan biridir. Bu kimyoviy tozalash (ximchistka)liniyasi. Bilsangiz raqobat kuchayaveradi, yangidan-yangi texnologiyalar joriy qilinaveradi, lekin yangi texnologiya baribir yutuqqa erishaveradi. Quyida sizga tanishtirib oʻtadigan uskunalarimiz eng soʻnggi texnologiyada ishlab chiqilgan boʻlib, biznesingiz rivoji uchun koʻp yillar xizmat qiladi degan umiddamiz.

1. Kiyimning faqat dogʻ qisminigina tozalash kerak boʻlgan kiyimlarni dogʻ tozalovchi uskuna yordamida dogʻlar yoʻq qilinadi.

2. Kiyim turiga qarab yuvish uskunasi tanlanadi. Masalan: 5KG gacha boʻlgan, kimyoviy tozalashga ruxsat etilgan kiyimlar - Gidrokarbon (Hydracarbon dry cleaning) kimyoviy tozalash uskunasida yuviladi, yoki 5KG dan ogʻir boʻlgan va kimyoviy tozalashga tavsiya qilinmaydigan kiyimlar va boshqa mato turlari - Akvatozalash uskunasi yordamida yuviladi.

4. Kiyim turiga qarab dazmol turi tanlanib, maxsus aravacha yordamida dazmollash uskunasi yoniga keltiriladi.

5. Universal dazmollash uskunasi har qanday turdagi kiyim va mato turlari uchun mo'ljallangan. Universal dazmol Parlovchi uskunaga ulangan holda qo'l dazmoli yordamida ishlaydi.

6. Kostyum/Ko'ylak shaklida dazmollovchi uskuna ham parlovchi uskunaga ulangan holda manekenga kiydirilgan kiyim ichidan par bergan holda kiyimning g'ijimlarini to'g'irlaydi. Bu jarayonni universal dazmollash uskunasi yordamida ham qilish mumkin, ammo ko'p vaqt va mehnat sarflangani bois manekenli dazmollash maqsadga muvofiq. Yana bir qulaylik tarafi u kiyimning ichki tarafidan par berish orqali dazmollaydi va mijoz kiyimlarini uzoq vaqt xizmat qilishini ta'minlaydi.

7. Dog' tozalash, yuvish, dazmollash jarayonlaridan o'tgan kiyimlar chang tegmasligi va yana kirlanmasligi uchun paket qoplovchi uskuna yordamida polietilen sellofanga o'rab qo'yiladi.

8. Paketga o'ralgan kiyimlar ilgakli osma konveyerga osib qo'yiladi va xaridor kelgan paytda toza kiyimlar o'zi harakatlanuvchi konveyer yordamida orasidan olib beriladi.

9. Par beruvchi uskuna tepada ko'rsatilgan dazmollash jarayonidagi uskunalarning ishlashi uchun par yetkazib beradi.

Quyida esa sizga Kimyoviy tozalash liniyasining 3D ko'rinishini havola qilamiz:

Hurmatli mijoz! Sizlarning talablaringizga yana muvofiq takliflar berishni reja qilganmiz, shu munosabat bilan sizlarga tepada tanishtirib oʻtilgan liniyaning ixchamroq versiyasini taqdim qilmoqchimiz:

Izoh:

Yuvish jarayonida ishlatiladigan kimyoviy qoʻshimchalar haqida uskunalarni oʻrnatuvchi texnolog injener batafsil xaridorga maʼlumot yetkazadi.

Toʻlovlarni milliy valyutamiz soʻmdagi hisob raqami, tadbirkorlarning korporativ kartalari, valyuta hisob raqami, xalqaro toʻlov kartalari orqali amalga oshirish mumkin.

Xaridorlar uskunalarini Toshkentdagi "Afex-Group" LLC omboridan qabul qilib oladi va kompaniyamiz uskuna va xomashyolaringizni Oʻzbekistonning istalgan hududiga bepul yetkazib berishni oʻz zimmasiga oladi.

(Oʻrnatib berish xarajatlari xaridor tomonidan alohida toʻlanadi)

AFEX · KONSULTATSIYA
Operatorlar onlayn

Tezkor narx so‘rovi

Ismingiz va telefon raqamingizni qoldiring — qolganini mutaxassisimiz hal qiladi.

UskunaKimyoviy tozalash (ximchistka) liniyasi AF-L002

Ma’lumotlaringiz uchinchi shaxslarga berilmaydi

Yetkazib berish va ishga tushirish

Konsultatsiyadan ishga tushirishgacha — jarayon to‘rt bosqichda, shartnoma asosida.

  1. 1

    Konsultatsiya

    Ehtiyojingizni aniqlab, konfiguratsiya va tijorat taklifini tayyorlaymiz.

  2. 2

    Shartnoma

    Muddat, to‘lov tartibi va kafolat shartlari shartnomada qayd etiladi.

  3. 3

    Yetkazib berish

    Uskuna ishlab chiqaruvchidan ob’ektingizgacha yetkaziladi.

  4. 4

    O‘rnatish va o‘qitish

    Mutaxassislarimiz uskunani ishga tushiradi va operatorlarni o‘qitadi.

Ko‘p so‘raladigan savollar

Yetkazib berish, shartnoma va kuzatuv bo‘yicha eng ko‘p beriladigan savollar.

Buyurtmalarimni online kuzatib turish imkoni mavjudmi?
Buyurtmalarni online kuzatish imkoniga egasiz. O'zbekistonda birinchilardan bo'lib GPS tizimi orqali yuklarni nazorat qilish, ularni joylashuvini aniqlab, yetib kelish vaqtini taxminiy hisoblovchi mexanizm ishlab chiqildi. Siz faqat shartnoma raqamini kiritgan holda bu ma'lumotlarni qo'lga kirita olasiz.
Yuklar qancha vaqtda yetqaziladi?
Yuklar yetkazib berish muddati ko'p hollarda ishlab chiqaruvchiga bog'liq bo'ladi. Aksariyat katta hajmli ishlab chiqarish uskunalarini yetqazish muddati oddiy uskunalarga nisbatan 2-3 marta ortiqroq vaqt talab etadi. Agar tayyor uskunalar bo'lgan taqdirda, yetqazib berish muddati 30 kundan boshlanadi.  Uskunalarni O'zbekiston hududida bojxona rasmiylashtiruv ishlari, Sertifikatlashtirish jarayonlariga ketadigan vaqt bundan mustasno.
Yetqazib berishning qanday usullari mavjud?
Chet ldan tovar turi va buyurtma olingan muddatga ko'ra yuklar O'zbekiston hududiga quyidagi asosda yetqaziladi: Havo yo'llari orqali Temir yo'l orqali Quruqlik transporti orqali Aralash transport orqali
Shartnoma tuzish uchun mendan nimalar talab etiladi?
Kompaniyamiz mijoziga aylanishingiz uchun sizdan: Tadbirkorlik sub'ektini tasdiqlovchi GUVOHNOMA; Bank rekvizitlari; STIR raqami; Rahbarning passport nusxasi; Shartnomani tasdiqlash uchun korxona muhri
Konsultatsiya

Loyihangizni birga muhokama qilamiz

Uskuna tanlash, texnik yechimlar va takliflar bo‘yicha maslahat olish uchun biz bilan bog‘laning.

Qo‘ng‘iroq qiling+998 93 381 6699Dush–Shan: 9:00 – 18:00
AFEX · IJTIMOIY TARMOQLAR

Bizni kuzatib boring

Yangi uskunalar, ishga tushirish va ishlab chiqarish jarayonlari — rasmiy kanallarimizda.

O‘xshash uskunalar

Barchasini ko‘rish