xitoy
Jami 186 natijadan 121–135
-
Qurilish uskunalari, Tayyor liniyalar
Sement ishlab chiqarish zavodi (150 tonna sutkasiga)
Assalomu alaykum, AFEX-GROUP ning qadrli mijozlari. Biz bir-biridan daromadli va foydali ishlab chiqarish uskunalarini va liniyalarini sizlarga taqdim etishni davom etamiz.
Ushbu postimizda juda ham serdaromad biznes turlaridan birini yoritishni maqsad qilganmiz. Bu ishlab chiqarish biznesini boshlash uchun sizdan katta mablag` talab etiladi. Shu o`rinda katta daromad ham topishingiz mumkinligina ta`kidlab o`tish kerak. Bu ishlab chiqarish biznesi-kichik sement zavodi.
Shu o`rinda bir ma`lumotni ham ta`kidlab o`tish maqsadga muvofiq bo`ladi. Statistik ma`lumotlarga ko`ra hozirgi damda O`zbekistonda yiliga 8million tonna atrofida sement ishlab chiqariladi. “O`zsanoatqurilishmateriallari” davlat holdingi ma`lumotlariga ko`ra 2026-yilga qadar respublikada jami sement ishlab chiqarish ko`rsatgichini yiliga 20 million tonnaga yetkazish vazifasi qo`yilgan. Ushbu reja respublikada yangi xususiy sement zavodlarini qurish orqali amalga oshiriladi. Ya`ni bu ishlab chiqarish liniyasini yo`lga qo`yish davlat tomonidan qo`llab-quvvatlanadi. Keling, endi mini zavod haqida ba`zi bir ma`lumotlarga oydinlik kiritsak.
SKU: n/a -
Avtoservis uskunalari, Omborda mavjud uskunalar
Shinalarga havo to’ldirish uskunasi AF-SD2
Ushbu uskuna ishlashi uchun havo kompressori kerak bo’ladi. Ushbu uskunaning afzalligi ekranda nechi bosim solinganligni agar shinada teshik bo’lib unda bosim sekinlik bilan kamayadigan bo’lsa uni ham aytib bera oladi. Ishlatish uchun juda quilay bo’lib sizga kerakli bosimni kiritib bemalol o’zingiz uchun o’zingiz ham xizmat qilishingiz mumkin. Shuningdek qurilmada avtomobilingiz uchun kerakli bosimni avtomatik belgilash funksiyasi ham bor.
SKU: AF-SD2 -
Avtoservis uskunalari
Shinalarni azot bilan to’ldirish uskunasi AF-SD1
Shinalatni azot bilan to’ldirish hali keng tarqalmagan usul bo’lib ko’pchilik bundan foydalanmaydi. Lekin buni yaxshi reklama orqali yoyib yuborilsa yaxshi biznes hisoblanadi. Ushbu qurilma kam sonli bo’lganligi uchun yurtimizda bir marta to’ldirish narxi 30-35 ming so’m atrofida. Azot bilan to’ldirilganda shinalar anchagina yumshoq holatga keladi, buning sababi havoga nisbatan azot gazi sirtga beradigan bosim kuchining kamligi hisobiga. Bu ayniqsa bizning sharoitda yo’llarimizda chuqurliklar ko’p joylarda anchagina qo’l keladi. Ushbu usul avtomobilingizga kamroq ehtiyot qismlar ketishiga olib keladi. Yana bir tomoni havoga o’xshab sovuq havoda bosim tushib ketib issiqda bosim o’z o’zidan ortib ketish kabi holatlar bo’lmaydi. sizga tavsiya etadigan qurilmamiz havodan azot gazini o’zi ajratib oladi. Hattoki ushbu uskuna yordamida yig’ilgan azot gazini siz 99% lisini oziq ovqat mahsilotlarini azotli qadoqlash sexlariga ham sotishni yo’lga qo’yishingiz mumkin
SKU: AF-SD1 -
Avtoservis uskunalari, Omborda mavjud uskunalar
Shinani vulkanlash (issiqlik yordamida biriktirish uskunasi) AF-SD14
Avtoservis uskunalari, Omborda mavjud uskunalarShinani vulkanlash (issiqlik yordamida biriktirish uskunasi) AF-SD14
Ushbu uskuna yordamida kamerasiz shinalarni zarar yetgan qismiga ichki qismda vulkanlash orqali tashqi dizayniga zarar yetmagan holatda teshilgan yoki yirtilgan qismni yamab berishdan iborat. Vulkanlash jarayonida shinaga tasir etuvchi kauchuk shina bilan bir xil tarkibga keladi va u bilan ajralmas qismga aylanadi.
SKU: AF-SD14