AFEX
Oziq ovqatTovar kodi: 60b1e83e0bd70c02cd15a39b

Lapsha, Lag'mon ishlab chiqarish liniyasi

Avval aytganimizdek O'zbek xaqli azaldan xamirli ovqatlarni sevib iste'mol qiluvchi xalqlar sirasiga kiradi.

Individual taklif
Narx
Narxni aniqlashtiring

Siz uchun individual taklif tayyorlaymiz

Tavsif

Uskuna haqida

Avval aytganimizdek O'zbek xaqli azaldan xamirli ovqatlarni sevib iste'mol qiluvchi xalqlar sirasiga kiradi. Shuni inobatga olgan holda sizlar uchun AFEX-GROUP kompaniyasi ixcham lapsha, lag'mon ishlab chiqarish uskunasini taklif etadi. Uskunamiz yordamida siz 3 xil o'chamdagi mahsulot ishlab chiqarishingiz mumkin

1. XAMIR TAYYORLOVCHI MIKSER

Avvalo ishni boshlashda kerakli miqdorda un, 20% atrofida kraxmal va ozroq suv kerak bo'ladi. Mahsulotlarimiz mikserga solingach u mayda granula shakliga kelgunga qadar aralashtiriladi. Mikser maxsus zanglamas metalldan ishlangan va ishlatish birmuncha oson. Mikserni xonaning istalgan joyiga erkin o'zgartirish uchun maxsus g'ildirakchalar o'rnatilgan.

2. LAPSHA, LAG'MON CHIQARISH USKUNASI

Uskuna 250mm kenglikdagi 6 ta val qo'yilgan bo'lib ular 3 qator qilib joylangan. Uskuna S304 zanglamas metalldan ishlangan bo'lib inson salomatligi uchun xavf tug'dirmaydi. Uskuna yordamida mijoz xoxishiga ko'ra lag'mon qalinligini o'zgartirish mumkin bo'ladi va buning uchun sizdan vallar orasini qisqartirish yoki kengaytirish talab etiladi. Uskuna ishlashi birmuncha tezkor bo'lib, soatiga 150 kg gacha bo'lgan mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradi. Biz mijozlarimizning talabidan kelib chiqqan holatda uskunaga qo'shimcha 2 xil qoliplar bilan taqdim etmoqdamiz. Bundan tashqari katta oshxonalarda ham ishlab chiqarish qulay bo'lishi uchun uskunaga maxsus lenta o'rnatdi. Bu esa mahsulotni kerakli o'lchamda kesib bermoqda. Kerakli o'lchamda kesilgan mahsulotlarni quritish yoki birdaniga quritmasdan pishirish mumkin.

3. LAPSHA QURITISH SHKAFI

Lapshalarni chiqargach ularni uzoq vaqt saqlash uchun yaxshilab quritish talab etiladi. Quritish shkafini xaridor talabidan kelib chiqqan holda qo'shimcha to'lov evaziga kattaroq modellarga almashtirib berilishi mumkin. Ba'zi xaridorlar quritilmagan aksincha, muzlatilgan lag'monlarni xush ko'rishadi. Bunday vaziyatda sizlarga shok muzlatgich olishni tavsiya etamiz.

   

Yuqorida sizga tavsiya qilgan uskunamiz bir qancha qulayliklarga ega bo'lib, hozirda eng talabgir bo'lgan mahsulotlarni ishlab chiqaradi. Bu biznes ko'p joy talab qilmasligi, ishlab chiqarish uchun zaruriy homashyo yurtimizda mavjud bo'lib, eng asosiysi chiqadigan mahsulot uchun xaridorlarning ko'pligidadir.

AFEX · KONSULTATSIYA
Operatorlar onlayn

Tezkor narx so‘rovi

Ismingiz va telefon raqamingizni qoldiring — qolganini mutaxassisimiz hal qiladi.

UskunaLapsha, Lag'mon ishlab chiqarish liniyasi

Ma’lumotlaringiz uchinchi shaxslarga berilmaydi

Video

Uskunaning ishlash jarayoni.

Yetkazib berish va ishga tushirish

Konsultatsiyadan ishga tushirishgacha — jarayon to‘rt bosqichda, shartnoma asosida.

  1. 1

    Konsultatsiya

    Ehtiyojingizni aniqlab, konfiguratsiya va tijorat taklifini tayyorlaymiz.

  2. 2

    Shartnoma

    Muddat, to‘lov tartibi va kafolat shartlari shartnomada qayd etiladi.

  3. 3

    Yetkazib berish

    Uskuna ishlab chiqaruvchidan ob’ektingizgacha yetkaziladi.

  4. 4

    O‘rnatish va o‘qitish

    Mutaxassislarimiz uskunani ishga tushiradi va operatorlarni o‘qitadi.

Ko‘p so‘raladigan savollar

Yetkazib berish, shartnoma va kuzatuv bo‘yicha eng ko‘p beriladigan savollar.

Buyurtmalarimni online kuzatib turish imkoni mavjudmi?
Buyurtmalarni online kuzatish imkoniga egasiz. O'zbekistonda birinchilardan bo'lib GPS tizimi orqali yuklarni nazorat qilish, ularni joylashuvini aniqlab, yetib kelish vaqtini taxminiy hisoblovchi mexanizm ishlab chiqildi. Siz faqat shartnoma raqamini kiritgan holda bu ma'lumotlarni qo'lga kirita olasiz.
Yuklar qancha vaqtda yetqaziladi?
Yuklar yetkazib berish muddati ko'p hollarda ishlab chiqaruvchiga bog'liq bo'ladi. Aksariyat katta hajmli ishlab chiqarish uskunalarini yetqazish muddati oddiy uskunalarga nisbatan 2-3 marta ortiqroq vaqt talab etadi. Agar tayyor uskunalar bo'lgan taqdirda, yetqazib berish muddati 30 kundan boshlanadi.  Uskunalarni O'zbekiston hududida bojxona rasmiylashtiruv ishlari, Sertifikatlashtirish jarayonlariga ketadigan vaqt bundan mustasno.
Yetqazib berishning qanday usullari mavjud?
Chet ldan tovar turi va buyurtma olingan muddatga ko'ra yuklar O'zbekiston hududiga quyidagi asosda yetqaziladi: Havo yo'llari orqali Temir yo'l orqali Quruqlik transporti orqali Aralash transport orqali
Shartnoma tuzish uchun mendan nimalar talab etiladi?
Kompaniyamiz mijoziga aylanishingiz uchun sizdan: Tadbirkorlik sub'ektini tasdiqlovchi GUVOHNOMA; Bank rekvizitlari; STIR raqami; Rahbarning passport nusxasi; Shartnomani tasdiqlash uchun korxona muhri
Konsultatsiya

Loyihangizni birga muhokama qilamiz

Uskuna tanlash, texnik yechimlar va takliflar bo‘yicha maslahat olish uchun biz bilan bog‘laning.

Qo‘ng‘iroq qiling+998 93 381 6699Dush–Shan: 9:00 – 18:00
AFEX · IJTIMOIY TARMOQLAR

Bizni kuzatib boring

Yangi uskunalar, ishga tushirish va ishlab chiqarish jarayonlari — rasmiy kanallarimizda.

O‘xshash uskunalar

Barchasini ko‘rish