xitoy
Showing 91–105 of 186 results
-
Tayyor liniyalar
Usb, Hdmi, Aux va boshqa turdagi kabellar ishlab chiqarish liniyasi
Yurtimizga asosan import mahsulotlar hisoblangan turli xildagi qisqa uzatmali kabellar mavjud. Ular ichida eng xaridorgirlari telefonlar uchun USB, Printer kompyuterni bog’lovchi USB, HDMI komyuter va monitorlar uchun, AUX (asosan musiqa va boshqa ma’lumotlar uchun) hamda elektr tarmog’iga ulanish uchun kabellar ham bor. Uskunalar narxlari juda qimmat bo’lmaganligi uchun yosh tadbirkorlar ham ushbu biznesni yo’lga qo’ya oladilar deb o’ylaymiz. USB kabellarning o’zi eng ommaboplarini tanlab, yo’lga qo’ygan taqdirda ham yaxshigina auditoriyaga ega xaridorlar topish mumkin. Sizga shuni ta’kidlashimiz lozimni, kompaniyamiz sizlar uchun kerakli barcha ehtiyot qismlar bilan ta’minlashga yordam beradi. Siz bizning yordamimiz bilan istaldag sifatdagi USB kabellar ishlab chiqara olasiz. USB kabellar sifati tezda buzilmaslik uchun biz sizlarga ikki bosqichli qolipli quyishni va qoliplarni tavsiya qilamiz. Ishni boshlanishiga siz dastavval type C, Android va Iphone uchun USB kabellar ishlab chiqarganingiz ma’qul. Keyinchalik mijozlarga qarab turlarini ko’paytirish mumkin bo’ladi.
SKU: n/a -
Omborda mavjud uskunalar, Yengil sanoat, To'quv uskunalari
Kompyuterli naqshli ko’rpa qavish uskunasi AF-L027
Omborda mavjud uskunalar, Yengil sanoat, To'quv uskunalariKompyuterli naqshli ko’rpa qavish uskunasi AF-L027
Vaqt o’tishi bilan qo’l mehnatini o’rnini robotlar va aqlli uskunalar egallamoqda. Hozirgi kunda hayotimizga shiddat bilan kirib kelgan yangiliklardan yana biri avtomatik qavish uskunasidir. Uskuna keng turdagi dizaynlardan foydalana oladi. Uskuna xotirasida 250 dan ortiq dizaynlar joylangan bo’lib, tayyor dizaynlardan ham bemalol foydalanishingiz mumkin. Uskunaga kompyuter orqali o’zingiz xoxlagan boshqa turdagi dizaynlarni ham flesh xotira yordamida kiritish ham mumkin. Uskuna yordamida yozgi va qishki ko’rpalar qavishingiz mumkin. Siz ushbu biznesni boshlashingiz uchun qo’shimcha 2 xil uskuna lozim bo’ladi. Eng qizig’i uskuna ishlab chiqargan ko’rpalar mavsum tanlamaydigan bizneslar sirasiga kiradi. Sababi qishda sovuq ob havo sababli talab yuqori bo’ladi, yoz mavsumi hammamizga ma’lum yurtimizda to’ylar mavsumi hamdir. Shu sababli to’y uchun sarpoga eng yaxshi sovg’alardan biri hisoblanadi. Shunday ekan ushbu biznes sizning daromadlaringiz uchun yaxshi xizmat qilishiga ishonamiz.
SKU: n/a
















