1 / 2Tormoz disklar ushun statsionar uskuna AF-SD12
AF-SD12 — tormoz disklarini yo‘nib, ularning ishchi yuzasini tekislaydigan statsionar stanok.
Tavsif
Uskuna haqida
AF-SD12 — tormoz disklarini yo‘nib, ularning ishchi yuzasini tekislaydigan statsionar stanok. Ishlov berish aniqligi 0,005 mm, disk qalinligi 48 mm gacha.
Stanok tormoz diskini daqiqasiga 98 marta aylantirib, ishchi yuzadan yupqa qatlamni olib tashlaydi. Ishlov berishdan keyin yuzaning g‘adir-budurligi Ra 1,5–2,0 ni tashkil etadi. Rotor diametri 381 mm, asosiy motor quvvati 0,75 kVt (1 ot kuchi).
Stanok 220 V tarmoqqa ulanadi, og‘irligi 350 kg, ish balandligi 1 m dan 1,25 m gacha. U avtoservis va tormoz tizimini ta’mirlash ustaxonalari uchun mo‘ljallangan: tebranish yoki notekis yeyilish paydo bo‘lgan disklarni, qalinligi imkon bersa, almashtirish o‘rniga yo‘nib, qayta ishlatish mumkin.
AFEX uskunani yetkazib beradi, o‘rnatadi, ishga tushiradi va kafolat xizmatini ko‘rsatadi. Servisingizga keladigan tormoz disklari o‘lchamlarini yozing — stanok mosligini tekshirib beramiz.

Tezkor narx so‘rovi
Ismingiz va telefon raqamingizni qoldiring — qolganini mutaxassisimiz hal qiladi.
Ma’lumotlaringiz uchinchi shaxslarga berilmaydi
Yetkazib berish va ishga tushirish
Konsultatsiyadan ishga tushirishgacha — jarayon to‘rt bosqichda, shartnoma asosida.

Konsultatsiya
Ehtiyojingizni aniqlab, konfiguratsiya va tijorat taklifini tayyorlaymiz.

Shartnoma
Muddat, to‘lov tartibi va kafolat shartlari shartnomada qayd etiladi.

Yetkazib berish
Uskuna ishlab chiqaruvchidan ob’ektingizgacha yetkaziladi.

O‘rnatish va o‘qitish
Mutaxassislarimiz uskunani ishga tushiradi va operatorlarni o‘qitadi.
Ko‘p so‘raladigan savollar
Yetkazib berish, shartnoma va kuzatuv bo‘yicha eng ko‘p beriladigan savollar.
Buyurtmalarimni online kuzatib turish imkoni mavjudmi?
Yuklar qancha vaqtda yetqaziladi?
Yetqazib berishning qanday usullari mavjud?
Shartnoma tuzish uchun mendan nimalar talab etiladi?
Loyihangizni birga muhokama qilamiz
Uskuna tanlash, texnik yechimlar va takliflar bo‘yicha maslahat olish uchun biz bilan bog‘laning.
Bizni kuzatib boring
Yangi uskunalar, ishga tushirish va ishlab chiqarish jarayonlari — rasmiy kanallarimizda.
O‘xshash uskunalar
Omborda mavjudYuqori bosimli yuvish uskunasi(moyka)
Omborda mavjudShinani vulkanlash (issiqlik yordamida biriktirish uskunasi) AF-SD14
Omborda mavjudShinalarga havo to'ldirish uskunasi AF-SD2
Omborda mavjudShinani balanslash uskunasi AF-SH015

Avtomobil kuzovini to'g'irlash uchun maxsus qurilma AF-SD13

Avtomobil disklarini yo'nuvchi mobil qurilma AF-SD11

Avto diagnostika uskunasi AF-SD10
