AFEX
Qurilish uskunalariTovar kodi: 60e3f4e50bd70c3c7153b267

Tunukafon va tom uchun aksessuarlar ishlab chiqarish liniyasi

Yurtimizning istalgan nuqtasiga nazar solsangiz hamma joyda qurilish va bunyodkorlik ishlariga guvoh bo'lasiz.

Individual taklif
Narx
Narxni aniqlashtiring

Siz uchun individual taklif tayyorlaymiz

Tavsif

Uskuna haqida

Yurtimizning istalgan nuqtasiga nazar solsangiz hamma joyda qurilish va bunyodkorlik ishlariga guvoh bo'lasiz. Qurilish sohasida har kun yangiliklarni uchratishimiz mumkin. Shu kabi yangiliklardan biri yurtimizda tez ommalashayotgan tunukafon va tom uchun aksessuarlardir. Tunukafon biznesining ommalashishiga asosiy sabab quyidagicha: Tunukafon mahsuloti Aluminiy kompozit panellar o'rnini bosa oladi Ulyuminiy kompozit panellardan 2-3 barobor arzon O'rnatilishi tez va qulay Murakkab dizaynlar qilish ham mumkin O'rnatish uchun ishchi xarajatlari bir muncha arzon Yong'inga chidamli mahsulot, tarkibida polimer bo'lmaganligi sababli yonmaydi Xomashyoni istalgan xo'jalik mollari ulgurji sotuvchilaridan topish mumkinligi

Yuqorida sanab o'tilgan qulayliklari sabab ushbu mahsulot tez ommalashdi, hamda uni ishlab chiqaruvchilar ham kun sayin oshib bormoqda. Bizning AFEX-GROUP kompaniyamiz siz azizlarga ushbu mahsulotni sifatli ishlab chiqarish uchun kerakli bo'lga uskunalarni yetkazib beradi. Hozirda ushbu xizmat turiga talab oshganligi bois, mahsulotingizga ortiqcha reklama ham shart emas, sababi barcha ishlab chiqaruvchilarda buyurtmalar navbat bilan bajarilmoqda. Ba'zi bir hududlarda hattoki buyurtma 20-25 kunga qadar cho'zilmoqda, bunga sabab esa mijozlar sonining ko'pligidadir.

Keling endi ish jarayoni bilan qisqacha tanishrtirib o'tsak.

KATTA RULONDAN KERAKLI O'LCHAMDA KESIB OLUVCHI GILLIOTINA (1300mm)

Ishni avval bo'yalgan tunuka rulonni kerakli o'lchamda kesib olishdan boshlaymiz. Odatda bizga import qilinadigan Xitoy va Rossiya tunuka rulonlari eni 1250 mm . ni tashkil etadi. Shuni hisobga olgan holda biz sizga 1300 mm li rulon tunukadan kerakli o'lchamdagi tunukani kesib beruvchi gilliotina tavsiya etamiz. Ushbu uskunaning qulayligi pedal yordamida harakat qiladi, elektr tokida ishlaganligi sababli sizdan ortiqcha kuch talab etmaydi.

4M LIK MAXSUS GILLIOTINA

Ushbu gilliotinaning vazifasi 4 metrgacha uzunlikdagi eni 125 sm(chunki rulon tunuka eni shu o'lchamda) dan kichik bo'lgan mahsulotlarni kesib berishdan iborat. Buyurtma asosida o'lchamlar asosida har bir mahsulot kesib olinadi. Tavsiya qiladigan yarim avtomatik uskuna yordamida siz turli o'lchamlarni kesishingiz mumkin bo'ladi.

TUNUKANI SHAKLLI BUKIB BERISH (LISTOGIB) USKUNASI (4M)

Asosan tom qoplamalari uchun ishlatilishi mo'njallangan ko'pgina tunukalik aksessuarlar mavjud bo'lib, ularni turli xil burchak ostida bukishga to'g'ri keladi. Shuning uchun biz sizlar uchun bukish uskunasi olishni tavsiya qilamiz.

TUNUKA CHETINI FORMALASH USKUNASI

Ushbu uskuna bukilgan yoki kesilgan tunuka chetlari qo'lni kesmasligi yoki bir biriga ulanish uchun iz ochib berish uchun ximat qiladi. Ushbu uskuna 6 xil funksiyani bajaradi va oval shakldagi metallar uchun ham ishlatish mumkin.

Yuqoridagi uskunalar yordamida siz tom uchun aksessuarlar, hamda tunukapon mahsulotlarini ishlab chiqarishingiz mumkin bo'ladi. Uskunalarni ochiq mahdonda usti yopilgan binoda ishlatish ham mumkin. Hamma uskunalarni ishlatish uchun 3 nafar zarurat bo'lganda 2 nafar ishchi ham bemalol eplashi mumkin. Uskunalar ishlashi uchun 100 m2 dan kam bo'lmagan ish joyi bo'lganligi maqsadga muvofiq sanaladi.

AFEX · KONSULTATSIYA
Operatorlar onlayn

Tezkor narx so‘rovi

Ismingiz va telefon raqamingizni qoldiring — qolganini mutaxassisimiz hal qiladi.

UskunaTunukafon va tom uchun aksessuarlar ishlab chiqarish liniyasi

Ma’lumotlaringiz uchinchi shaxslarga berilmaydi

Video

Uskunaning ishlash jarayoni.

Yetkazib berish va ishga tushirish

Konsultatsiyadan ishga tushirishgacha — jarayon to‘rt bosqichda, shartnoma asosida.

  1. 1

    Konsultatsiya

    Ehtiyojingizni aniqlab, konfiguratsiya va tijorat taklifini tayyorlaymiz.

  2. 2

    Shartnoma

    Muddat, to‘lov tartibi va kafolat shartlari shartnomada qayd etiladi.

  3. 3

    Yetkazib berish

    Uskuna ishlab chiqaruvchidan ob’ektingizgacha yetkaziladi.

  4. 4

    O‘rnatish va o‘qitish

    Mutaxassislarimiz uskunani ishga tushiradi va operatorlarni o‘qitadi.

Ko‘p so‘raladigan savollar

Yetkazib berish, shartnoma va kuzatuv bo‘yicha eng ko‘p beriladigan savollar.

Buyurtmalarimni online kuzatib turish imkoni mavjudmi?
Buyurtmalarni online kuzatish imkoniga egasiz. O'zbekistonda birinchilardan bo'lib GPS tizimi orqali yuklarni nazorat qilish, ularni joylashuvini aniqlab, yetib kelish vaqtini taxminiy hisoblovchi mexanizm ishlab chiqildi. Siz faqat shartnoma raqamini kiritgan holda bu ma'lumotlarni qo'lga kirita olasiz.
Yuklar qancha vaqtda yetqaziladi?
Yuklar yetkazib berish muddati ko'p hollarda ishlab chiqaruvchiga bog'liq bo'ladi. Aksariyat katta hajmli ishlab chiqarish uskunalarini yetqazish muddati oddiy uskunalarga nisbatan 2-3 marta ortiqroq vaqt talab etadi. Agar tayyor uskunalar bo'lgan taqdirda, yetqazib berish muddati 30 kundan boshlanadi.  Uskunalarni O'zbekiston hududida bojxona rasmiylashtiruv ishlari, Sertifikatlashtirish jarayonlariga ketadigan vaqt bundan mustasno.
Yetqazib berishning qanday usullari mavjud?
Chet ldan tovar turi va buyurtma olingan muddatga ko'ra yuklar O'zbekiston hududiga quyidagi asosda yetqaziladi: Havo yo'llari orqali Temir yo'l orqali Quruqlik transporti orqali Aralash transport orqali
Shartnoma tuzish uchun mendan nimalar talab etiladi?
Kompaniyamiz mijoziga aylanishingiz uchun sizdan: Tadbirkorlik sub'ektini tasdiqlovchi GUVOHNOMA; Bank rekvizitlari; STIR raqami; Rahbarning passport nusxasi; Shartnomani tasdiqlash uchun korxona muhri
Konsultatsiya

Loyihangizni birga muhokama qilamiz

Uskuna tanlash, texnik yechimlar va takliflar bo‘yicha maslahat olish uchun biz bilan bog‘laning.

Qo‘ng‘iroq qiling+998 93 381 6699Dush–Shan: 9:00 – 18:00
AFEX · IJTIMOIY TARMOQLAR

Bizni kuzatib boring

Yangi uskunalar, ishga tushirish va ishlab chiqarish jarayonlari — rasmiy kanallarimizda.

O‘xshash uskunalar

Barchasini ko‘rish