xitoy
Jami 186 natijadan 46–60
-
Oziq ovqat
Jo’xori qalamchalari (kukuruz) ishlab chiqarish liniyasi AF-L005
Bolajonlar sevib isteʼmol qiluvchi Joʻxori qalamchalari bozori chaqqon mahsulotlardan biri ekanligini hammamiz yaxshi bilamiz. Bor yoʻgʻi 4ta uskuna va xomashyo yordamida biznesingiz gullab ketishi hech gap emas. Xaridorgir mahsulotlarimizdan biri boʻlgan Joʻxori qalamchalari (kukuruz) ishlab chiqarish liniyasini sizlarga taqdim qilamiz.
Bu liniyaning afzalliklaridan biri shundaki, har bir hududda isteʼmolchilari topilishi, uzoq masofalarga yetkazishdagi noqulayliklar tufayli har bir hududning oʻzida ishlab chiqarishni tashkil etgan maqsadga muvofiq. Sababi hududlarga yetkazilishi jarayonida yengil ammo hajmi katta boʻlgan Shirin Makkajoʻxori qalamchalari transportda koʻp joy egallashi va buning natijasida mahsulot narxining ishlab chiqarishdan uzoq hududlarda keskin farq qilishiga olib keladi.
Mahsulot ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan uskunalarimiz yuqori texnologik bosqichlar asosida ishlab chiqarilgan boʻlib – avtomatlashgan boshqaruv tizimi, barcha qismlarda zanglamas metalldan foydalanilganligi uni tadbirkorlarimizga koʻp yillar xizmat qilishini kafolatlaydi.
Bu biznesni boshlashga undashimizga asosiy sabab – mahsulot ishlab chiqarish uchun kerakli xomashyolarning barchasini mahalliy bozorlarimizdan topish imkoniyati mavjudligidadir. Oʻrta hisobda 1kg joʻxoridan oʻrtacha 20 qadoq atrofida mahsulot ishlab chiqarish mumkin. Shuning oʻzi ham bu soha naqadar serdaromad ekanligini isbotlab turibdi.
SKU: AF-L005 -
Qurilish uskunalari
Kabellarni himoyalovchi gofra shlang ishlab chiqarish liniyasi AF-L021
Barchamizga ma’lumki, arxitektorlar va quruvchilar uy-joylar, turli xildagi bino va inshootlarning qurilishida eng birinchi navbatda asosiy e’tiborni binolarning har tomonlama xavfsiz bo’lishiga qaratadi. Hozirgi kunda binolarni ekeltro-montaj qilish ishlarida kabellarni himoyalovchi gofra shlanglardan keng miqyosda foydalanilmoqda. Chunki bunday turdagi gofralar yong’in xavfsizligidan himoya qilishda, elektr tarmog`idagi qisqa tutashuvlarni oldini olishda eng samarali vosita hisoblanadi. PVX dan yasalgan bunday gofra shlanglar elastik va egiluvchan xususiyatga ega bo’lib montaj ishlarida hech qanday qiyinchilik tug`dirmaydi. Shuning uchun ham bu turdagi gofralarga talab yuqori hisoblanadi. “AFEX-GROUP” jamoasi e’tiboringizga kabellarni himoyalovchi gofra shlanglarni ishlab chiqarish liniyasini taqdim etadi.
Ushbu liniya orqali siz 16, 20, 25 va 32 mm o’lchamdagi gofra shlanglar ishlab chiqarishingiz mumkin bo’ladi. Liniyani joylashtirish uchun sizga eng kamida 10×3 metr o’lchamdagi, 3 fazali elektri toki o’tkazilgan xona kerak bo’ladi.
Kabellarni himoyalovchi gofra shlanglar ishlab chiqarish liniyasi quyidagi uskunalardan tashkil topgan.
SKU: AF-L021 -
Oziq ovqat
Kalbasa va sosiskalar ishlab chiqarish liniyasi
Ma’lumki kolbasa va sosiska mahsulotlari doim sevib iste’mol qilinadi. Ularni deyarli har bir oila dasturxonida uchratish mumkin. Ham to’yimli, ham mazali! Ortiqcha “pishir-kuydir”ga ham hojat yo’q! Bu mahsulotga talab tech qachon kamaymaydi. Bu esa kolbasa va sosiska mahsulotlarini bemalol, qo’rqmasdan ishlab chiqarish mumkin degani. Bunday imkoniyatni esa sizga “AFEX Group” kompaniyasi beradi.Shu sababli ham, ishlab chiqaruvchilar hamda iste’molchlar talablarini inobatga olgan holda Ushbu biznesni, yani KOLBASA VA SOSISKA ISHLAB CHIQARISH LINIYASINI sizlarga taqdim etishga qaror qildik. Yana bir narsani unutmang! Bizning uskunalarda kolbasalar go’shtdan ishlab chiqariladi.
SKU: AF-L027 -
Oziq ovqat
Ketchup ishlab chiqarish liniyasi (kuniga 3T xomashyodan) AF-L024
Muzlatgichni ochganimizda ko’zimiz birinchi tushadigan mahsulot bu – Ketchupdir. To’g’rida, axir uni har qanday taom bilan birga iste’mol qilish mumkin. Zamonaviy taomlarning deyarli barchasi ketchup qo’shib tayyorlanadi yoki ketchup qo’shib iste’mol qilinadi. Ayniqsa, Fast Food shahobchalari bu universal qo’shimchadan foydalanishni juda xush ko’rishadi, so’nggi vaqtda mijozlar eng ko’p ishlatadigan ibora ham : “ketchup ham qo’shib bering” dir. Shunday ekan bu mahsulotning xo’randalar orasida bunchalik mashhur ekanligini hech kim inkor qilmaydi. “AFEX-Group” kompaniyasi esa doimgidek siz aziz tadbirkorlarning biznesini gullab yashnashi tarafdori va shu sababli ham Sizlarga ushbu talabgir mahsulot, ya’ni KETCHUP ISHLAB CHIQARISH LINIYASIni taqdim etadi.
SKU: AF-L024 -
Xizmat ko`rsatish
Kimyoviy tozalash (ximchistka) liniyasi AF-L002
Hozirda ommalashib borayotgan xizmat koʻrsatish sohasidagi tadbirkorlik turlari koʻpchilik eʼtiborni tortmoqda, ammo xizmat koʻrsatish uchun sizning oʻz biznesingiz boʻlishi shart. Odatda xizmat koʻrsatish sohasidagi bizneslar insonlar ehtiyojidan kelib chiqqan holda vujudga keladi, aynan biz sizga namoyish qilmoqchi boʻlgan liniya aynan hozirda talabchan, bozori chaqqon xizmatlardan biridir. Bu kimyoviy tozalash (ximchistka)liniyasi.
Bilsangiz raqobat kuchayaveradi, yangidan-yangi texnologiyalar joriy qilinaveradi, lekin yangi texnologiya baribir yutuqqa erishaveradi. Quyida sizga tanishtirib oʻtadigan uskunalarimiz eng soʻnggi texnologiyada ishlab chiqilgan boʻlib, biznesingiz rivoji uchun koʻp yillar xizmat qiladi degan umiddamiz.
SKU: AF-L002 -
Qurilish uskunalari
Ko`pikli blok (penablok) ishlab chiqarish liniyasi AF-L014
Qurilish sanoati rivojlanishi bilan, devor materiallari bozorining katta qismi yengil beton bloklarni to’ldirdi. Bugungi kunda ularning ko’p xillari bor, lekin ularning eng mashhurlari ko’pikli bloklar va gazobloklardir. Ikkalasi ham iste’molchilar bilan juda mashhur. Shu fursatdan foydalanib “AFEX-GROUP” kompaniyasi sizlarga ko’pikli bloklar ishlab chiqarish liniyasini tavsiya etadi. Keling penoblokni boshqa turdagi qurilish g’ishtlari bilan solishtirganda qanday afzalliklarga ega ekanligini ko’rib chiqamiz.
SKU: AF-L014