1 / 6Jo'xori qalamchalari (kukuruz) ishlab chiqarish liniyasi AF-L005
Bolajonlar sevib isteʼmol qiluvchi Joʻxori qalamchalari bozori chaqqon mahsulotlardan biri ekanligini hammamiz yaxshi…
Tavsif
Uskuna haqida
Bolajonlar sevib isteʼmol qiluvchi Joʻxori qalamchalari bozori chaqqon mahsulotlardan biri ekanligini hammamiz yaxshi bilamiz. Bor yoʻgʻi 4ta uskuna va xomashyo yordamida biznesingiz gullab ketishi hech gap emas. Xaridorgir mahsulotlarimizdan biri boʻlgan Joʻxori qalamchalari (kukuruz) ishlab chiqarish liniyasini sizlarga taqdim qilamiz. Bu liniyaning afzalliklaridan biri shundaki, har bir hududda isteʼmolchilari topilishi, uzoq masofalarga yetkazishdagi noqulayliklar tufayli har bir hududning oʻzida ishlab chiqarishni tashkil etgan maqsadga muvofiq. Sababi hududlarga yetkazilishi jarayonida yengil ammo hajmi katta boʻlgan Shirin Makkajoʻxori qalamchalari transportda koʻp joy egallashi va buning natijasida mahsulot narxining ishlab chiqarishdan uzoq hududlarda keskin farq qilishiga olib keladi. Mahsulot ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan uskunalarimiz yuqori texnologik bosqichlar asosida ishlab chiqarilgan boʻlib - avtomatlashgan boshqaruv tizimi, barcha qismlarda zanglamas metalldan foydalanilganligi uni tadbirkorlarimizga koʻp yillar xizmat qilishini kafolatlaydi. Bu biznesni boshlashga undashimizga asosiy sabab - mahsulot ishlab chiqarish uchun kerakli xomashyolarning barchasini mahalliy bozorlarimizdan topish imkoniyati mavjudligidadir. Oʻrta hisobda 1kg joʻxoridan oʻrtacha 20 qadoq atrofida mahsulot ishlab chiqarish mumkin. Shuning oʻzi ham bu soha naqadar serdaromad ekanligini isbotlab turibdi.



Eslatma! Tepada keltirilgan narxlar 06.11.2018 sanadagi narxlarga muvofiq ko'rsatilgan va ular o'zgarishi mumkin.
Toʻlovlarni milliy valyutamiz soʻmdagi hisob raqami, tadbirkorlarning korporativ kartalari, valyuta hisob raqami, xalqaro toʻlov kartalari orqali amalga oshirish mumkin.
Xaridorlar uskunalarini Toshkentdagi "Afex-Group" LLC omboridan qabul qilib oladi va kompaniyamiz uskuna va xomashyolaringizni Oʻzbekistonning istalgan hududiga bepul yetkazib berishni oʻz zimmasiga oladi.
(Oʻrnatib berish xarajatlari xaridor tomonidan alohida toʻlanadi)
Tezkor narx so‘rovi
Ismingiz va telefon raqamingizni qoldiring — qolganini mutaxassisimiz hal qiladi.
Ma’lumotlaringiz uchinchi shaxslarga berilmaydi
Yetkazib berish va ishga tushirish
Konsultatsiyadan ishga tushirishgacha — jarayon to‘rt bosqichda, shartnoma asosida.

Konsultatsiya
Ehtiyojingizni aniqlab, konfiguratsiya va tijorat taklifini tayyorlaymiz.

Shartnoma
Muddat, to‘lov tartibi va kafolat shartlari shartnomada qayd etiladi.

Yetkazib berish
Uskuna ishlab chiqaruvchidan ob’ektingizgacha yetkaziladi.

O‘rnatish va o‘qitish
Mutaxassislarimiz uskunani ishga tushiradi va operatorlarni o‘qitadi.
Ko‘p so‘raladigan savollar
Yetkazib berish, shartnoma va kuzatuv bo‘yicha eng ko‘p beriladigan savollar.
Buyurtmalarimni online kuzatib turish imkoni mavjudmi?
Yuklar qancha vaqtda yetqaziladi?
Yetqazib berishning qanday usullari mavjud?
Shartnoma tuzish uchun mendan nimalar talab etiladi?
Loyihangizni birga muhokama qilamiz
Uskuna tanlash, texnik yechimlar va takliflar bo‘yicha maslahat olish uchun biz bilan bog‘laning.
Bizni kuzatib boring
Yangi uskunalar, ishga tushirish va ishlab chiqarish jarayonlari — rasmiy kanallarimizda.
O‘xshash uskunalar

Uzum sharbat ishlab chiqarish liniyasi

Amerikancha popkorn ishlab chiqarish uskunasi

Sarimsoq po'stlog'ini tozalash uskunasi

Go'sht va suyakni maydalash uskunasi

Gorizontal tort kesish uskunasi

Vakuumli ikki o‘qli sanoat mikseri

AF-300FY – Elektr isitishli makkajo‘xori qizdirish uskunasi


