xitoy
Jami 186 natijadan 166–180
-
To'quv uskunalari, Yengil sanoat
Ultratovushli qavish va tikuv uskunalari AF-L020
Zamonamiz rivojlangani sayin har bir sohaga yangiliklar shiddat bilan kirib kelmoqda. Shu jumladan tekstil sohasida ham birmuncha tejamkor va qulay yechimli yangiliklar hayotimizdan o’rin egallamoqda. Bugun AFEX-GROUP LLC sizlarga tavsiya etadigan uskuna 3-4 yildan buyon import mahsulotlarimizni turli shakllar bilan bezatilib, xaridorgir bo’lishiga xizmat qilayotgan ultratovushli qavish uskunasidir. Ushbu uskuna o’zining bir qator yengilliklari bilan o’zidan avvalgi avlod uskunalaridan farqlanadi. Hozirda qavilgan mahsulotlar yurtimizda va dunyoda ancha urfga kirgan. Ushbu qavilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun ananaviy qavish dastgohlari va zamonaviy qavish dastgohlaridan foydalaniladi. Ananaviy dastgohlar qavishni ip yordamida bajaradi va bunday ishlab chiqarish jarayoni ayrim kamchiliklardan holi emas. quyida sizlarga yangi ultratovushli va ananaviy ip bilan qavishni o’zaro taqqoslab ko’ramiz.
SKU: AF-L020 -
Oziq ovqat
Un ishlab chiqarish comfort liniyasi (un tegrimon)
O’zbek xalqi va boshqa O’rta Osiyo xalqlarining birinchi darajali oziq ovqat mahsuloti bu shubhasiz nondir. Shu sababli ekin maydonlarimizning katta qismiga bug’doy yetishtiriladi. Bundan tashqari yurtimizga Qozog’istondan ham kattagina miqdorda bug’doy import bo’ladi. Agarda sizda serdaromad va ixcham un ishlab chiqarish biznesini ochish istagi paydo bo’lgan bo’lsa AFEX-GROUP kompaniyasi bu borada sizlarga yaqindan ko’mak berishga tayyor.
SKU: n/a -
Tayyor liniyalar
Usb, Hdmi, Aux va boshqa turdagi kabellar ishlab chiqarish liniyasi
Yurtimizga asosan import mahsulotlar hisoblangan turli xildagi qisqa uzatmali kabellar mavjud. Ular ichida eng xaridorgirlari telefonlar uchun USB, Printer kompyuterni bog’lovchi USB, HDMI komyuter va monitorlar uchun, AUX (asosan musiqa va boshqa ma’lumotlar uchun) hamda elektr tarmog’iga ulanish uchun kabellar ham bor. Uskunalar narxlari juda qimmat bo’lmaganligi uchun yosh tadbirkorlar ham ushbu biznesni yo’lga qo’ya oladilar deb o’ylaymiz. USB kabellarning o’zi eng ommaboplarini tanlab, yo’lga qo’ygan taqdirda ham yaxshigina auditoriyaga ega xaridorlar topish mumkin. Sizga shuni ta’kidlashimiz lozimni, kompaniyamiz sizlar uchun kerakli barcha ehtiyot qismlar bilan ta’minlashga yordam beradi. Siz bizning yordamimiz bilan istaldag sifatdagi USB kabellar ishlab chiqara olasiz. USB kabellar sifati tezda buzilmaslik uchun biz sizlarga ikki bosqichli qolipli quyishni va qoliplarni tavsiya qilamiz. Ishni boshlanishiga siz dastavval type C, Android va Iphone uchun USB kabellar ishlab chiqarganingiz ma’qul. Keyinchalik mijozlarga qarab turlarini ko’paytirish mumkin bo’ladi.
SKU: n/a -
Omborda mavjud uskunalar, Yengil sanoat
Xo’jalik qo’lqoplari ishlab chiqarish liniyasi AF-L009
Yurtmizda bunyodkorlik ishlari tobora keng quloch yoymoqda. Yangi binolar, ko’p qavatli turar-joylar madaniy-maishiy obyektlar qad rostlamoqda, tekis-ravon yo’llar, muxtasham va ko’rkam ko’priklar jadal sur’atlarda ko’paymoqda. Albatta bu bunyodkorlik ishlari yurtimizdagi mehnatkash ustalarimizning mashaqqatli mehnatlari evaziga barpo bo’lmoqda. Qish-u, yozda davom etayotgan qurilish ishlarida xo’jalik qo’lqoplari ustalarning eng zarur ximoya vositalaridan biri hisoblanadi. Shuningdek ish qo’lqoplaridan nafaqat qurilish ishlarida, balki xo’jalikning boshqa yumushlarida ham keng foydalanilmoqda. Shuning uchun xo’jalik qo’lqoplariga talab borgan sari ortib bormoqda.
SKU: AF-L009 -
Omborda mavjud uskunalar, Qog`ozni qayta ishlash
Xojatxona qog’ozi va qog’oz sochiqchalar ishlab chiqarish liniyasi AF-L016
Omborda mavjud uskunalar, Qog`ozni qayta ishlashXojatxona qog’ozi va qog’oz sochiqchalar ishlab chiqarish liniyasi AF-L016
Kundan kun sanitar gigiyenik vositalar savdosi gullab yashnamoqda. Hozirda ko’p mijozlarimiz bizga maklaturadan tualet qog’ozi ishlab chiqarish liniyasini so’rab murojaat etishadi. Albatta bu liniya ham bizda bor va uni sizlarga yetqazib bera olamiz, lekin hozir sizlarga tavsiya etayotgan liniyamiz maklaturadan emas selyuloza rulondan mahsulot chiqarish uchun mo’ljallangan. AFEX-GROUP LLC sizlarga biror bir uskunani tavsiya etishdan avval rivojlangan davlatlar tajribasiga tayanishini yana bir eslatib o’tmoqchimiz. Hozirda bizning ichki bozorimiz uchun kerakli bo’lgan xojatxona qog’ozini maklaturadan ishlab chiqaruvchilar xomashyoni chet davlatlardan olib kelish darajasiga borib yetdi. Asosan Rossiya maklatura bilan ta’minlovchi bo’lib turibdi, lekin aqlli tadbirkor o’ziga o’zi savol berishi lozim bo’ladi, ya’ni nega Rossiya davlatining o’zi ularni qayta ishlamaydi degan savol tug’iladi. Buning javobi aniq, Rossiya fuqarolari 100% selyulozadan ishlab chiqarilgan xojatxona qog’ozlarini ma’qul ko’rishmoqda. Hozir bizda ikkilamchi xomashyodan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning xaridorlari asosan viloyat markazidan chetroqda joylashgan aholi vakillari tashkil etadi. Lekin yildan yilga ichki bozorimizda xaridorlar orasida selyulozalik salfetka, xojatxona qog’ozi va qog’oz sochiqchalarga talab ortib bormoqda. Kelajak 3-4 yil ichida bizning 90% aholimiz ushbu mahsulotlardan foydalana boshlaydi. Aholi daromadlari ortishi bilan xaridorlar sifatga qarab harakatlanishi oddiy iqtisodiyot qonuni sanaladi. Keling biz sizlarga yuqori daromadli sohani tanishtirib o’tamiz.
SKU: AF-L016