1 / 8PET idish va polistiroldan Sintepon ishlab chiqarish liniyasi
Hozirgi Nou-hau lardan biri bo'lgan Sintepon ishlab chiqarish liniyasi ko'pchilik e'tiboriga sazovor bo'lgani va…
Tavsif
Uskuna haqida
Hozirgi Nou-hau lardan biri bo'lgan Sintepon ishlab chiqarish liniyasi ko'pchilik e'tiboriga sazovor bo'lgani va O'zbekistonda bunday turdagi liniyalar juda kam ekanligi va boshqa shu turdagi liniyalar esa juda ham qimmat bo'lgani sabab ushbu liniyani sizga taqdim qilmoqchimiz. "Afex-Group" kompaniyasi tomonidan taqdim etilayotgan bu liniya Xitoydagi hamkorlar zavodlarimiz tomonidan maxsus buyurtma asosida tayyorlanmoqda. Bu turdagi analog liniyalarning boshlang'ich narxi esa 600 000$ - 700 000$ ni tashkil qiladi. PET idishlar kundan-kunga hayotimizda keng foydalanilmoqda, va ushbu mahsulotlarning chiqindilarini ko'p uchratishimiz mumkin. Xomashyo narxi va tayyor mahsulot narxi o'rtasidagi tafovut 1KG uchun 8 000 - 10 000 so'mni tashkil etadi. Tasavvur qiling-a, ekologiyamizga foyda beruvchi ushbu liniya yordamida ko'plab global muammolarni hal qilishingiz va shu bilan birga mo'maygina daromad olishingiz mumkin. Ya'ni PET idishlardan olingan ipak kabi tolalarni issiqlik izolyatsiyalari, asfaltobeton qoplamalarda (geotekstil), yumshoq o'yinchoqlarda, sport qoplarida, issiq va maxsus kiyimlarda, suv va havo filtrlarida, neft mahsulotlarini sorbentlashda va eng keng tarqalgani bu yostiqlar va ko'rpa-to'shak mahsulotlarida keng foydalaniladi.
Ushbu illyustratsiyada PET idishdan Sintepon ishlab chiqarish liniyasining ishlash ketma-ketligi aks ettirilgan.

Liniyamiz quyidagi uskunalardan tashkil topgan:
1. PET idishlarni maydalash uskunasi va kompressor

2. PET Fiber 250 uskunasi

3. Qo'shimcha uskunalar

4. Sinteponni titib rulonlash uskunasi (tin-tin)

Sintepondan ishlab chiqarish mumkin bo'lgan mahsulotlardan namunalar


Eslatma! Tepada keltirilgan narxlar 04.11.2018 sanadagi narxlarga muvofiq ko'rsatilgan va ular o'zgarishi mumkin.
Toʻlovlarni milliy valyutamiz soʻmdagi hisob raqami, tadbirkorlarning korporativ kartalari, valyuta hisob raqami, xalqaro toʻlov kartalari orqali amalga oshirish mumkin.
Xaridorlar uskunalarini Toshkentdagi "Afex-Group" LLC omboridan qabul qilib oladi va kompaniyamiz uskuna va xomashyolaringizni Oʻzbekistonning istalgan hududiga bepul yetkazib berishni oʻz zimmasiga oladi.
(Oʻrnatib berish xarajatlari xaridor tomonidan alohida toʻlanadi)
Tezkor narx so‘rovi
Ismingiz va telefon raqamingizni qoldiring — qolganini mutaxassisimiz hal qiladi.
Ma’lumotlaringiz uchinchi shaxslarga berilmaydi
Video
Uskunaning ishlash jarayoni.
Yetkazib berish va ishga tushirish
Konsultatsiyadan ishga tushirishgacha — jarayon to‘rt bosqichda, shartnoma asosida.

Konsultatsiya
Ehtiyojingizni aniqlab, konfiguratsiya va tijorat taklifini tayyorlaymiz.

Shartnoma
Muddat, to‘lov tartibi va kafolat shartlari shartnomada qayd etiladi.

Yetkazib berish
Uskuna ishlab chiqaruvchidan ob’ektingizgacha yetkaziladi.

O‘rnatish va o‘qitish
Mutaxassislarimiz uskunani ishga tushiradi va operatorlarni o‘qitadi.
Ko‘p so‘raladigan savollar
Yetkazib berish, shartnoma va kuzatuv bo‘yicha eng ko‘p beriladigan savollar.
Buyurtmalarimni online kuzatib turish imkoni mavjudmi?
Yuklar qancha vaqtda yetqaziladi?
Yetqazib berishning qanday usullari mavjud?
Shartnoma tuzish uchun mendan nimalar talab etiladi?
Loyihangizni birga muhokama qilamiz
Uskuna tanlash, texnik yechimlar va takliflar bo‘yicha maslahat olish uchun biz bilan bog‘laning.
Bizni kuzatib boring
Yangi uskunalar, ishga tushirish va ishlab chiqarish jarayonlari — rasmiy kanallarimizda.
O‘xshash uskunalar

Uzum sharbat ishlab chiqarish liniyasi

Sim granulalash uskunasi JDP02

Sim granulalash uskunasi JDP10

Akril vannalarni ishlab chiqarish liniyasi

Butilka va uning qopqoqlarini saralash uskunasi

PET bankalar ishlab chiqarish liniyasi

Biologik parchalanadigan paketlarni ishlab chiqarish uskunasi


