Umumiy ma`lumotlar
- Shlang diametri: 12mm-20mm
- Shlang qalinligi: 0.6mm-1.0mm
- Teshiklar oralig`i: 200mm-1500mm
- Ishlab chiqarish tezligi: 40-45m/minut
- Teshik hosil qilish tezligi: 300ta/minut
- Shlang ruloni uzunligi: 500m-1000m
- Ishlash quvvati: 65KW
- Maksimal ekstruder sig`imi: 120kg
- Elektron boshqaruv tizimi: PLC
- Butun liniyaning og`irligi: 6000kg
- Liniya o`lchamlari: 25m*3,5m*2,4m(uzunligi*kengligi*balandligi)
- Kerakli maydon: 90 metr kvadrat
- Ishchilar soni: 2ta
- Xom-ashyo: PE va ranglar
Uskunalar ro`yxati
Asosiy
- Teshik qismini to`g`irlovchi uskuna va konveyr
- Ekstruder va qoliplar
- Vakuum uskuna
- Suv sovutish qismi
- Teshik hosil qiluvchi uskuna
- Yetkazib beruvchi uskuna
- Ikki aylanali o`rovchi uskuna
Ixtiyoriy
- Gidravlik filtr uskunasi
- Rangli chiziq ekstruderi
- Lazer printer
- Kamera boshqaruv tizimi
- Chiller
- Mikser
- Havo kompressori
Demak, bizga kerakli barcha ma`lumotlar va uskunalar ro`yxati bilan batafsil tanishib oldik. Ana endi, ishlab chiqarish jarayonini bosqichma-bosqich ko`rib chiqsak ham bo`ladi.
Birinchi bosqichda teshikchalar uchun yopqich uskunani ishlatamiz
Yuqoridagi suratda ko`rishingiz mumkinki, yashil lentali konveyr oldindan tayyorlab qo`yilgan qismchlarni qozonchaga tashlab bermoqda. Ushbu qismlar qozoncha ichida keyingi uskunaga yetib borish uchun to`g`irlandi. Qisqa qilib aytganda ushbu teshik qismchalari ekstruder ichida shakl oladigan shlanglar ustiga qoplanadi.
Ikkinchi bosqichda ekstuder shlanglarga forma beradi
Ushbu ishlab chiqarish liniyasining eng asosiy uskunasi bu, albatta, ekstruder va qoliplardir. Avvalambor, uskuna xom-ashyoni eritadi. Keyin esa qoliplar yordamida talab qilingan qalinlikdagi va diametrdagi shlanglarni chiqaradi(texnik parametrlarni LCD ekran yordamida sozlash mumkin).
Oldin aytib o`tilganidek, xom-ashyoni eritishimiz kerak. Buning uchun bizga yuqoridagi uskuna kerak bo`ladi. Uskuna xom-ashyoni eritadi va erigan xom-ashyo pastki qismidan keyingi uskunaga yo`l oladi.
Erigan xom-ashyomiz ushbu qolip ichida kerakli o`lchamlarda formalanib chiqadi. Uskuna ichida teshik yopqichi ham o`rnatib chiqiladi. Qolipdan shakl olib chiqqan shlanglar o`sha zahotiyoq suv yordamida sovutiladi.
Uchinchi bosqichda shakl olgan shlanglarimiz vakuum uskunaga yo`l oladi
Qisqacha aytib o`tadigan bo`lsak, vakuum uskunani ishlatishdan asosiy maqsad-qolipdan chiqqan shlanglarning diametri o`zgarib ketmasligi. Chunki ekstruder va qolipdan keyin shlanglar qaynoq holatda bo`ladi va shakli o`zgarib ketishi mumkin. Shu sababli ham vakuum uskunani ishlatamiz.
To`rtinchi bosqichda suv yordamida shlanglarni sovutamiz
To`rtinchi bosqichda shlanglarni suv yordamida yana bir bor sovutib olamiz. Bundan yagona maqsad faqat va faqat shlanglarimizni qattiq holatga keltirib, sifatini oshirishdan iborat.
Beshinchi bosqichda shlanglarda teshik hosil qolinadi
Navbat shlangning eng asosiy xususiyatiga keldi. Boshqa shlanglardan farq qiladigan xususiyati ham aynan teshiklar borligidir. Buning uchun bizga ikki tomondan teshik hosil qilib beruvchi uskuna kerak bo`ladi.
Oltinchi bosqichda mahsulot yetkazib beruvchi uskunaga o`tadi
Bu bosqichda tayyor holga kelgan shlangimiz o`rab beruvchi uskunaga yetkazib berilishi kerak. Shuning uchun ham yuqoridagi uskuna bizga kerak bo`ladi. U shlangni to`g`irlab, tekislab yetkazib beradi.
Yettinchi bosqichda shlanglarni o`rab olamiz
Shlanglarni o`rash uchun biz ikkita aylanali o`rovchi uskunadan foydalanamiz. Va shu bilan barcha jarayonlar o`z nihoyasiga yetdi. Tomchilab sug`orishga mo`ljallangan shlanglarimiz sotuvga tayyor.
Quyida biz sizlarga ixtiyoriy uskunalarni ham taqdim etishga qaror qildik. Bu uskunalarsiz ham talab qilingan mahsulotni ishlab chiqara olasiz. Ushbu uskunalar orqali mahsulotingiz sifatini va ko`rinishini oshirishingiz mumkin. Keling, birma-bir tanishib chiqsak.
Gidravlik filtr uskunasi
Uskuna vazifasi quyidagicha: ba`zibir paytlarda qayta ishlangan xom-ashyodan foydalanish mumkin. Bu uskuna mana shu paytda as qotadi. Eski xom-ashyolarni tozalab beradi. Agar har doim yangi materiallardan foydalaniladigan bo`linsa, ushbu uskuna kerak bo`lmaydi.
Rangli chiziq chizuvchi uskuna
Uskuna 1ta, 2ta yoki 4ta rangli chiziqlar chiziq chizish qobiliyatiga ega.
Lazer printer
Uskuna shlanglar ustiga istalgan harf va so`zlar yozib berishi mumkin
Kamerali boshqaruv tizimi
Uskunaning vazifasi xatolik ro`y berganda, xabar berib turadi. Bu orqali ortiqcha
foydalanib bo`lmaydigan shlanglarni ishlab chiqarishning oldini oladi.
Chiller
Uskuna suv temperaturasini o`zgartirish uchun kerak bo`ladi. Chunki odatiy
temperaturadagi suv talab qilingan sifatdagi shlanglarni ishlab chiqarish uchun yetarli
bo`lmasligi mumkin. Uskuna, ayniqsa, yoz kunlarida kerak bo`ladi.
Mikser
Xom-ashyoni va ranglarni aralashtirish uchun kerak bo`ladi.
Havo kompressori
Uskunalar ishlab chiqarish sifatini va hajmini oshirishga yordam beradi. Uskunalar sifatli
ishlashi uchun ham yuqori bosimli havo kerak bo`ladi. Uskunaning vazifasi shundan
iborat.
Liniyani ishlash jarayonidan video lavha
Shu bilan sizga taqdim etmoqchi bo`lgan ma`lumotlarimiz o`z nihoyasiga yetdi. Ana endi,
uskuna narxlari bilan tanishib chiqsak ham bo`ladi.
Hozircha izohlar yoq. Siz birinchi bo'lib izoh qoldiring!