ishlab chiqarish
Jami 172 natijadan 136–150
-
Tibbiyot uskunalari
Spirtli dezinfiksion salfetkalar ishlab chiqarish uskunasi
Butun dunyoda gigiyenik toza bo`lgan mahsulotlarga bo`lgan talab kundan kunga oshib bormoqda. Bozor rastalarida va supermarketlarda ham shu turdagi mahsulotlarga bo`lgan talab kundan kunga oshib bormoqda. Bunga sabab qilib butun dunyoda tarqalgan virusni va karantin choralarini kuchaytirilishini ko`rsatishimiz mumkin. Shu sababli ham bu mahsulotlar bozorda o`z o`rnini mustahkamlab oldi.
SKU: n/a -
Tayyor liniyalar
Spunbond ishlab chiqarish liniyasi
Mahsulot xaqida qisqacha:
Spunbond-bu to’quv bo’lmagan matolarni ishlab chiqarish texnologiyasi. Keyinchalik bu atama ushbu texnologiya yordamida ishlab chiqarilgan mato nomi bilan atala boshladi.Spunbond (Ingliz tilida spunbond,spunlaid) to’quv bo’lmagan matolar davrning boshlanishi yani birinchi ko’rinishi 1930-yillardan Evropada yaratilgan deb hisoblanadi.
SKU: n/a -
Tayyor liniyalar
Spunbond sumkalar ishlab chiqarish liniyasi
Eko sumkalar-ekologik toza noto’qima 100% polipropilendan (Spunbond) tayyorlangan rangli material. Kimyoviy jihatdan mutlaqo xavfsiz va shuning uchun atrof muhitga zararsizdir. Spunbond sumkalar 1-3 yil ichida butunlay parchalanadi, mahsulot yaroqlilik davrida bardoshli va qayta ishlatishga yaroqli, arzon va samarali reklama mahsuloti hisoblanadi.
SKU: n/a -
Yengil sanoat
Tekstil yorliqlari ishlab chiqarish liniyasi AF-L018
Tekstil yorliqlari hamma ham e’tibor bermaydigan lekin asosiy va foydali mahsulotlardan hisoblanadi. Chunki bunday yorliqlar asosiy mahsulot haqidagi ma’lumotlarni o’zida mujassam etadi. Boshqacha qilib aytganda ularni Tekstil mahsulotlarining tashrif qog’ozi deb atasak ham bo’laveradi. Yorliqsiz kiyimlar “boshsiz chavandoz”ga o’xshaydi, sababi kiyimning asosiy xususiyatlari, undan foydalanish usuli, qanday saqlash kerakligi va kiyim o’lchamlari aynan kiyimning yorlig’ida yozilgan bo’ladi. Yorliqsiz mahsulotlar esa iste’molchilar tomonidan to’liq ishonch bilan qabul qilinmaydi va ishlab chiqaruvchi haqidagi ijobiy taassurotni susaytiradi.
SKU: AF-L018 -
Qurilish uskunalari
Temir beton plitalar ishlab chiqarish liniyasi
Beton mahsulotlari ishlab chiqarish biznesi- ko’plab sohalarni qamrab olganligi sababli, daromadli faoliyatlardan biridir. ”AFEX -GROUP”- Beton mahsulotlaridan biri bo’lgan temir beton plitalar ishlab chiqarishda, zamonaviy texnologiyalarni taklif etadi.
SKU: n/a -
Tayyor liniyalar, To'quv uskunalari, Yengil sanoat
Tibbiyot dokasi ishlab chiqarish liniyasi (sterillanmagan) AF-L015
Tayyor liniyalar, To'quv uskunalari, Yengil sanoatTibbiyot dokasi ishlab chiqarish liniyasi (sterillanmagan) AF-L015
Tibbiyot sohasida va har birimiz biror dardga chalinganimizda eng ko’p foydalaniladigan mahsulot bu tibbiyot dokasi hisoblanadi. Tibbiyot dokasi ishlab chiqarish hozirda yuritimizda yo’lga qo’yilgan bizneslar qatorida. Nega unda sizlar bu liniyani taklif etmoqdasizlar degan fikrda bo’lishingiz tabiiy, ammo bizning kuzatuvchilarimiz yaxshi bilishadiki “AFEX-GROUP” LLC doim yangi va kamyob uskunalarni sizga taklif etamiz. Maqsadimiz aniq, sizga ko’p daromad keltiruvchi sohani taklif etish va daromadingiz oshishiga o’z hissamizni qo’shish.
SKU: AF-L015 -
Tayyor liniyalar, Tibbiyot uskunalari
Tibbiyot qo`lqoplari ishlab chiqarish liniyasi (Nitril/Latex)
Hech shubhasiz 2020-yil tibbiyot sohasi uchun ancha qiyin yil bo`ldi deb ayta olamiz. Covid-19 virusi tufayli yuzaga kelgan pandemiya butun dunyo aholisini moliyaviy va jismonan qiyin ahvolga solib qo`ydi. Virus qanchadan-qancha yaqin insonlarimizni bizning oramizdan olib ketdi va olib ketmoqda. Bunga sabab qilib tibbiyot uskunalari va vositalariga bo`lgan kutilmagan yuqori talabni ko`rsatishimiz mumkin. Shu sababli ham navbatdagi ishlab chiqarish liniyamiz orqali yuqori talabni oz bo`lsada kamaytirishga yordam berishni maqsad qilganmiz. Keling nitril qo`lqoplari haqida yetarlicha ma`lumotga ega bo`lib olaylik.
SKU: n/a -
To'quv uskunalari, Yengil sanoat
To’quv (Jemfer, palto, bolalar kiyimlari va boshqalar) ishlab chiqarish liniyasi AF-L023
To'quv uskunalari, Yengil sanoatTo’quv (Jemfer, palto, bolalar kiyimlari va boshqalar) ishlab chiqarish liniyasi AF-L023
Bugungi kunda O’zbekistonda yengil sanoat milliy iqtisodiyotning strategik muhim va jadal rivojlanayotgan tarmoqlaridan biridir. Yangi ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy etish, samarali boshqarish bilan birga yuqori samarali, zamonaviy asbob-uskunalar foydalanish, sanoat ishlab chiqarish sanoati korxonalari yuksak mehnat unumdorligini, o’sishini ta’minlaydi. Respublikamiz uzoq vaqt faqat paxta tolasi eksport qilish bilangina cheklangan edi, hozir nafaqat paxta tolasi yetkazib beruvchi sifatida, balki to’qimachilik mahsulotlari, ayniqsa, tayyor mahsulot eksportchisi sifatida global to’qimachilik bozorining yetakchi o’rnini olish uchun cheksiz imkoniyatlar bor. Bugungi kunda respublikamiz hududida to’qilgan mahsulotlarga ichki bozorda ham talab juda yuqori. Shunday ekan so’nggi yillarda yurtimiz hududiga chetdan (Turkiya, Xitoy, Rossiya) to’qilgan mahsulotlar importi oshganligini ko’rishimiz mumkin. Buning asl sababi sifatida biz yurtimiz tadbirkorlari orasida ushbu soha keng tarqalmaganligida deb bildik. AFEX-GROUP kompaniyasi siz azizlarga hozirda juda serdaromad sohalardan biri bo’lgan tayyor mahsulot to’quvchi uskunalar e’tiboringizga havola etishdan mamnunmiz. Siz tadbirkorligingizni boshlash uchun talab etiladigan ba’zi kuzatishlar bor.
SKU: AF-L023 -
Tayyor liniyalar
Tomchilab sug`orish shlanglarini ishlab chiqarish liniyasi
Yurtimizda olib borilayotgan izchil islohotlar natijasi o`laroq har bir sohaga alohida e`tibor berilyapti. Misol qilib ta`lim-tarbiya, tibbiyot, oziq-ovqat va boshqa sohalarni keltirishimiz mumkin. Shunday sohalardan biri- bu albatta qishloq xo`jaligi.
Ushbu postda sizlarga taqdim etmoqchi bo`lgan liniyamiz ham qishloq xo`jaligi sohasida kundan kunga dolzarbligi oshib bormoqda. Chunki aholining tobora oshib borayotgan oziq-ovqatga bo`lgan talabini qondirish uchun ko`proq dehqonchilikka alohida e`tibor berilmoqda. Hech qanday shubha yo`qki, dehqonchilikda eng muhimi bu ekinlarga suv yetkazib berishdir. Shu o`rinda suvni tejash ham muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ham fermerlar tomchilab sug`orish usuliga o`tmoqdalar. Umid qilamizki, ushbu ishlab chiqarish liniyamiz orqali qishloq xo`jaligi sohasi rivojiga yetarli hissa qo`sha olasiz.
SKU: n/a