Dastlab Spunbond matosini boshqa to’quv bo’lmagan matolardan farqlab olsak.Odatda bir-biriga o’xshash bu matolar,nomlanishi va ishlab chiqarish uslubida xam farq qiladi.To’quv bo’lmagan matolarni keng tarqaganlari Sellyuloza,Meltblovn,Spunbond turlaridir.Ko’rinish jihatdan ushbu rasmlarda farqlash mumkin.
Asosiy mavzuyimiz Spunbond matosi va ishlab chiqarish texnologiyalariga oid bo’lsada,Sellyuloza matosi va Meltblovn matosi xaqida qisqacha to’xtalib o’tamiz.Sababi ushbu mahsulotlarga bo’lgan talab xam yuqori xisoblanadi.
Sellyuloza matosi
Sellyuloza to’quv bo’lmagan mato; Xom ashyosi asosan PP+Qog’oz.Sifat darajasini yaxshilash maqsadida masalan;Viskon,paxta,PET va boshqa qo’shimcha kompazitlar qo’shish mumkin.
Qo’llanilishi;Asosan ko’proq bolalar tagliklari (Pampers), sanitariya(vlajniy)salfetkalarda ko’rishingiz mumkin. Kosmetalogiya,tibbiy xizmatlarda,kichik sochiqlar,salfetkalar,spirtli tamponlar va boshqalar soxalarda xam keng qo’llaniladi.
Meltblovn matosi
Meltblovn to’quv bo’lmagan mato- Eritilgan(eritishni puflash) – bu polipropilin(PP)eritmasi yuqori tezlikda issiq havo bilan puflanadigan,o’ralgan kichik shtutserlar orqali ekstraktsiya qilinadigan mikro va nanofiberlarni ishlab chiqarishning an’anaviy usuli.
Qo’llanilashi;Asosan neft maxsulotlari,suv,xavoni filtrlash,nafas yo’llarini himoyalash,tibbiy niqoblar,tibbiyot kiyimlari,bollar tagliglari,chang va bakteriyalarga qarshi antibakteriyal to’quv bo’lmagan mato xisoblanadi.
“AFEX GROUP” jamoasi mijozlari uchun Sellyuloza matosi va Meltblovn matolarini ishlab chiqarish uchun xam liniyalarni etkazib,malakali texnologlar yordamida o’rnatib berish xizmatlarini xam taklif etadi.
Spunbond matosini,boshqa to’quv bo’lmagan matolardan farqlab olish uchun,Spunbond va Meltblovn matolarni oson va oddiy testlar bilan aniqlab olamiz.
Meltblovn matolarni qog’oz kabi oson yirtiladi.Spunbond matolar esa yirtilishi qiyin, yirtilgandan so’ng paxta tolasi kabi titilib qolishini rasmda ko’rishingiz mumkin.
Meltblovn yonish jihatdan tez,kam chiqindi qoldiradi.Spunbond matolar esa yondirish vaqtida plastik chiqindiga aylanganini ko’rasiz.
Aniqlash va farqlashni yana bir oson yo’li tibbiy niqobdan(orginal) foydalanishingiz mumkin.
SPUNBOND matosini,boshqa to’quv bo’lmagan matolardan farqlab oldik.Endi esa Spunbond matosiga oid malumotlar,ishlab chiqarish texnologiyalari bilan tanishib chiqamiz.
SPUNBOND-Sintetik tolali birlashgan to’quv bo’lmagan mato.SPUNBOND dunyo jaxon bozorida to’qimachilik matolariga nisbatan o’sish sur’ati yuqoriligi bilan istiqbolli yurishida davom etmoqda.So’ngi 2020 yildan(covid-19 sababli xam) bu matoga bo’lgan talab yanada ortdi.
•Ekologik toza.
•Kimyoviy moddalar bilan birikmaydi.
•Xavfli moddalar chiqarmaydi.
•Yonuvchanligi past darajada.
•Harorat -55°C +120°C chidamli.
•Quruqlik va namlikni saqlaydi.
Qo’llanilishi:
Spunbond-Tibbiy niqoblar,maxsus tibbiy kiyimlar,sumkalar,poyabzal,mahsulotlarni qadoqlash,mebelchilikda,yo’l qurilishida,qishloq xo’jalikda,bog’dorchilik mahsulotlarini quyosh nurlaridan himoyalashda,qurilishda va boshqa turli sohalardan keng qo’llaniladigan mahsulotlardan biri hisoblanadi.
Kerakli xom ashyolar:
1)Polipropilen(PP) – prolilenning termoplastik polimeri.
2)Polietilen tereftalet- temoplastik poliestrlar.
3)Poliamidlar- sintetik birikmalarga asoslangan plastmassalar.
Spunbond matolar ishlab chiqarish uchun xom ashyo sifatida asosan Polipropilen(PP) ishlatiladi.Chunki birlashtirilgan sintetik tolaning eng zich taqsimlanishini va har bir kilogramm xom ashyo uchun yuqori sifatli tola ishlab chiqarishni ta’minlaydi.
Mahsulot zichlik turlari:
Mahsulot zichligi 15 g/m² dan 600 g/m² gacha o’zgarib turadi. Ushbu parametr kerakli maqsadlarga qarab belgilanadi. Zichligi 15 g/m² bo’lgan spunbond bir martali ishlatiladigan kiyimlar va boshqa mahsulotlar tikishda, 120g /m²dan esa turli soxalar va agrotekstil mato sifatida ishlatiladi.
Bozorda siz ushbu tovar belgisi turlaridagi mahsulotlarni ko’rishingiz mumkin.
•S- Spunbond
•SS- Spunbond+Spunbond
•SMS- Spunbond+Meltblovn+Spunbond
•SSS- Spunbond+Spunbond+Spunbond
Bu tovar belgilari matolarni qatlamini belgilaydi.
Sotuv:
Dunyo jaxon bozori va Yurtimiz bozorlarida xam to’quv bo’lmagan matoga bo’lgan talab ortib bormoqda. Tovarlarni muhim qismini ulgurji savdo korxonalari va tikiv fabrikalari sotib oladi.Qolgan qismlarini qishloq xo’jaligi va yo’llarni tamirlash uchun foydalanishda sotib oladilar.Mijozlar talabini qondirish maqsadida zichligi,rangi,naqshinkor kabi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarib bozorda o’z o’rnini topib olishingiz mumkin.
Biznes reja:
Ishlab chiqarilgan SPUNBOND matosidan siz quyidagi tayyor mahsulotlardan ishlab chiqarishingiz mumkin.
• Tibbiyot maxsus kiyimlari
• Kiyimlar sumkasi
• Bir marttalik oyoq kiyim
• Odyol va choyshablar sumkasi
• Maxsus qoplar
Kerakli maydon:
Uskunalar umumiy xajmi 30×12 metr.Shiftning balandligi 12 metrda kam bo’lmasligi kerak.Uskunalar,xom ashyo va tayyor maxsulotlarni joylashtirish uchun kamida 1500 kvadrat metr maydonga ega bino bo’lish kerak.Binoda shuningdek kran(TAL) uskunalari va Yengil yuk avtomobillari kirib-chiqish yo’llari bo’lishi kerak.
Kerakli ta’minot:
Sanoat ob’ekti infratuzilmasining barcha elementlari – elektr energiyasi,suv ta’minoti,(gaz)bilan ta’minlanishi kerak.
•Liniya elektr quvvati -250 KW/380V,50HZ.
•Talab etiladigan transformator-400KW/380V, 50HZ dan yuqori.
•1tonna mahsulot uchun – 400 KW energiya sarfi.
•Suv aylanishi miqdori-100m3 /soat.
•Suvni to’ldirish miqdori 0,5 m3 /soat.
•Ishchilar soni 5-8 kishini talab etadi.
Ishlab chiqarish mexanizimi:
Sintetik tolani (S liniya)shakllantirish jarayoni quyidagi asosiy bosqichlarni o’z ichiga oladi:
1)Polimer xomashyosini tayyorlash va eritish moslamasiga etkazib berish.
2)Polimer eritish va eritmalar filtrlash.
3)Eritmani yigiruv to’plamga berish.
4)Tola shakllantirish.
5)Aerodinamik chizish va tolalarni havo bilan sovutish.
6)Sintetik mato xosil qilish uchun konveyerga tola yotqizish.
7)Xosil bo’lgan sintetik matoni kalendrlash va o’rash.
Ishlab chiqarish mexanizimi va kerakli barcha malumotlar bilan xam tanishib chiqdik.Endi esa linya takibidagi uskuna va qurilmalarga oid malumotlar bilan tanishtirib chiqamiz.
Linya takibidagi uskuna va qurilmalar
I. Asosiy qurilmalar.
1)Avtomatik pitatel.
2)Asosiy ekstruder.
3)Yordamchi ekstruder.
4)Filtr.
5)Yigiruvchi nasos.
6)Tola shakllantirish qurilmasi.
7)Sovitish tizimi.
8)Cho’zish qurilmasi.
9)Sochish qurilmasi.
10)Veb shakllantirish(maxsus konveyr).
11)Kalendr
12)O’rab berish uskunasi.
II.Yordamchi qurilmalar
1)Yog’ pechkasi.
2)Shamollatish(ventilyasiya) bo’limi.
3)Havoni qabul qilish qurilmasi.
4)Sovitish minorasi.
5)Sovitgich.
6)Suv nasos.
7)Kalsinator.
8)Ultra tovush tozalash.
9)Yog’ baki.
10)Mato uchun arava.
11)Platforma.
12)Elektr shkaf.
•Liniya imkoniyatlari eni 1600mm, 15 gramdan-200 gramgacha/m2 zichligdagi mahsulotlar ishlab chiqaradi.Ishlab chiqarish tezligi bir minut davomida 150-180metr/15 gram zichlikdagi mahsulot uchun.
Linya takibidagi uskuna va qurilmalar texnik ko’rsatkichlariga oid kerakli malumotlar.
Avtomatik pitatel yordamida Polipropilin mahsulotini maxsus idishdan tortib oladi va eritish uchun ekstruderga etarli xom ashyo bilan taminlab beradi.Ekstruder 250 gradusgacha bo’lgan issiqlikda xom ashyoni eritib filtrlash uchun yuboradi.
Yordamchi ekstruder bu qurilma ishlab chiqarishda nuqsonli va sifatsiz bo’lgan mahsulotlarni qayta ishlash uchun xizmat qiladi.Mahsulotlarni sifatli ishlab chiqarishda filtrlash qurilmasi muhim bo’limlardan biri xisoblanadi.
Eritilgan xom ashyo filtrlash qurilmasidan so’ng yigiruvchi nasos yordamida ip kabi yigirilib beriladi.Xom ashyo yigirilgandan so’ng tola shakllantirish qurilmasidagi plitalar orqali tola shakliga o’tadi.
Shakllangan plastik tolalar sovitish tizimida sovuq xavo bilan sovitiladi.Sovitilgan tolalarni cho’zish qurilmasiga yuboriladi.
Cho’zish qurilmasi sovitilgan tolalarni ingichka uzun xolatga solib,bir-biriga zichlashtirib beradi.Zichlashgan 1600mm o’lchamdagi tolalarni sochish qurilmasi yordamida veb shakllantirish yani maxsus konveyrga uzluksiz joylab beradi.
Shakllangan tolalarni maxsus konveyr orqali kalendrlash uskunasida isitilgan yog’ 200 gradusdagi haroratda rolliklar yordamida maxsus shakllar beriladi.Va nixoyat o’rash qurilmasi yordamida mahsulotlar tayyor xolatiga keladi.
Yog’ pechkasi kalendr uskuna uchun yog’ni 200 gradus issiqlikda qizdirib beradi.Shamollatish bo’limidagi asosiy motorlar.
Sovitgish bu qurilma tola shakllantirishdagi sovitish tizimiga sovuq havo yetkazib beradi.Suv aylanishi miqdori-100m3 /soat.
Hozircha izohlar yoq. Siz birinchi bo'lib izoh qoldiring!