1 / 12Temir panjaralar (setkalar) ishlab chiqarish liniyasi
Assalomu alaykum, qadrli AFEX-GROUP kuzatuvchilari va mijozlari.
- Ishlab chiqarish hajmi
- 30-40m/min
- Sim diametric
- 3mm-6mm
- Asosiy motor
- 2,2KW
- Qo’shimcha motor
- 0l,75KW
- Maksimal kesish uzunligi
- 3m
Tavsif
Uskuna haqida
Assalomu alaykum, qadrli AFEX-GROUP kuzatuvchilari va mijozlari. Barchamizga ma`lumki, yurtimizda ishlab chiqarish sohasi tobora rivojlanib bormoqda va ishlab chiqarish mexanizmlari ham takomillashib bormoqda. Ushbu post esa qishloq va uy xo`jaligida, qolaversa qurilish sohasida keng qo`llaniladigan temir panjaralar (setkalar) ishlab chiqarish linyasi uskunalar to`plami haqida bo`ladi.
Umumiy ma`lumotlar
- Sim qalinligi: 3mm-6mm
- Simlar orasidagi masofa: 50-200mm
- Ishlash samaradorligi: 30-40m/min
- Panjaraning maksimal uzunligi: 30m
- Panjaraning maksimal kengligi: 2m
- Elektrodlar soni: 41ta
- Payvandlash tezligi: 0-80ta/min
- Kuchlanish: 380V 50Hz
- Quvvati: 125KVA
- Payvandlash vaqti: 10ms-1ooms
- Boshqatuv paneli: PLC sensorli ekran
- Liniyaning umumiy o`lchamlari: 5100*2800*1700mm
- Sovutish usuli: suv orqali (5,12m3/soat, 25-30C issiqlikda)
Ishlab chiqarish liniyamiz yordamida qanday temir setkalarni ishlab chiqara olishimizni bilib oldik. Ana endi ishlab chiqarish liniyamiz tarkibida qanday uskunalar borligi bilan ham tanishib chiqsak.
Uskunalar to`plami
- Avtomatik payvandlash uskunasi
- Simlarni yetkazib beruvchi uskuna
- Simlarni to`g`irlab-kesuvchi uskuna
- Simlarni tekislab beruvchi uskuna
- O`rab beruvchi uskuna
- Tayyor mahsulotni kesuvchi uskuna
- Suv bilan sovutish tizimi
Hamma kerakli uskunalar shulardan iborat. Endi ishlab chiqarish jarayonlariga ham o`tsak bo`ladi.
Birinchi bosqich - Simlarni tayyorlab olamiz
Ishlab chiqarishni boshlashdan oldin, avvalambor, xom-ashyolarni bizga kerakli bo`lgan holatga keltirib olishimiz kerak bo`ladi. Simlar rulon holatida bo`ladi. Ishlab chiqarish uchun esa to`g`ri sim kerak bo`ladi. Buning uchun bizga 4 xil uskuna kerak bo`ladi: gorizontal simlarni to`g`irlash uchun 2 xil uskuna, vertikal simlarni to`g`irlash uchun esa yana 2 xil uskuna.
Simlar dastavval rulon holatida bo`ladi. Bu ikkita uskunaning vazifasi shu rulon holatidagi simlarni tekislash va kerakli uzunlikda kesib berishdan iborat. E`tibor bering: Temir panjaralarimizning maksimal kengligi 2m bo`ladi. Birinchi uskunamiz bu rulon simlarni talab qilingan uzunlikda kesib beradi. Ikkinchi uskuna esa rulon simlarni uskunaga yetkazib berishdan iborat.

To’g’irlab kesib beruvchi uskunalar

- Sim diametric
- 3mm-6mm
- Maksimal kesish uzunligi
- 3m
- Asosiy motor
- 2,2KW
- Qo’shimcha motor
- 0l,75KW
- Ishlab chiqarish hajmi
- 30-40m/min
Vertikal simlar uchun to`g`irlab beruvchi uskunalar
Navbat keyingi uskunalarga keldi. Bu bosqichda esa simlar kesilmaydi. Simlar tayyor rulondan ajratib olinadi va payvandlash uskunasidan oldin tekislanadi. Bu jarayonda ham 2 xil uskunalar qatnashadi: sim yetkazib beruvchi uskuna va to`g`irlab beruvchi uskuna. Uskuna umumiy hisobda 41ta elektrodlardan tashkil topgan.
Ikkinchi bosqich - Simlar payvandlanadi
Ishlab chiqarish jarayonimizning ham eng asosiy bosqichiga yetib keldik. Bu bosqichda tayyorlab olgan simlarimizni vertikal va gorizontal holda birlashtirib payvandlab olamiz. Uskunamiz daqiqasiga 80 marotaba payvandlash quvvatiga ega va 41ta elektroddan iborat. Uskunaning ishlash prinsipi quyidagicha: Uskunaning yuqori qismiga birinchi bosqichda kesib olgan simlarimizni joylashtirib turamiz. Ikkinchi qismiga esa doimiy simlarni yetkazib beruvchi uskuna bilan ulaymiz. Payvand uskuna shu simlarni gorizontal va vertikal payvandlab beradi. Quyida keltirilgan video orqali ishning borish jarayoni ko`rishingiz mumkin.
Uchinchi bosqich - Simlar rulon qilib o`rab qo`yiladi
Payvandlash bosqichi nihoyasiga yetgandan so`ng, temir panjaralar maxsus kesish uskunasi yordamida kiritilgan uzunlikni o`lchab kesib oladi. Temir setkaning uzunligi maksimal 30 metr bo`lishi mumkin. Payvandlash uskunasidan chiqqan setkalar avtomatik ravishda o`rab beruvchi uskunaga yo`l oladi. Temir panjaralarimiz o`ralgandan so`ng ular sotuvga tayyor!!!
Tezkor narx so‘rovi
Ismingiz va telefon raqamingizni qoldiring — qolganini mutaxassisimiz hal qiladi.
Ma’lumotlaringiz uchinchi shaxslarga berilmaydi
Texnik xususiyatlar
Ma’lumotlar ishlab chiqaruvchi tomonidan taqdim etilgan; konfiguratsiya buyurtmaga qarab o‘zgarishi mumkin.
To’g’irlab kesib beruvchi uskunalar
5 parametr- Sim diametric
- 3mm-6mm
- Maksimal kesish uzunligi
- 3m
- Asosiy motor
- 2,2KW
- Qo’shimcha motor
- 0l,75KW
- Ishlab chiqarish hajmi
- 30-40m/min
Video
Uskunaning ishlash jarayoni.
Yetkazib berish va ishga tushirish
Konsultatsiyadan ishga tushirishgacha — jarayon to‘rt bosqichda, shartnoma asosida.

Konsultatsiya
Ehtiyojingizni aniqlab, konfiguratsiya va tijorat taklifini tayyorlaymiz.

Shartnoma
Muddat, to‘lov tartibi va kafolat shartlari shartnomada qayd etiladi.

Yetkazib berish
Uskuna ishlab chiqaruvchidan ob’ektingizgacha yetkaziladi.

O‘rnatish va o‘qitish
Mutaxassislarimiz uskunani ishga tushiradi va operatorlarni o‘qitadi.
Ko‘p so‘raladigan savollar
Yetkazib berish, shartnoma va kuzatuv bo‘yicha eng ko‘p beriladigan savollar.
Buyurtmalarimni online kuzatib turish imkoni mavjudmi?
Yuklar qancha vaqtda yetqaziladi?
Yetqazib berishning qanday usullari mavjud?
Shartnoma tuzish uchun mendan nimalar talab etiladi?
Loyihangizni birga muhokama qilamiz
Uskuna tanlash, texnik yechimlar va takliflar bo‘yicha maslahat olish uchun biz bilan bog‘laning.
Bizni kuzatib boring
Yangi uskunalar, ishga tushirish va ishlab chiqarish jarayonlari — rasmiy kanallarimizda.
O‘xshash uskunalar

Uzum sharbat ishlab chiqarish liniyasi

Homut(shlang qisqichi) yig‘ish liniyasi

Lazerli kesish uskunasi AFX-6015 6000W

Lazerli kesish uskunasi AFX-6015 3000W

Pnevmatik list bukish uskunasi AFL-1250e

AFEX portativ metall markirovka uskunasi

Qovushqoq (quyuq) mahsulotlar uchun dozator 50-5000ml


