xitoydan
Showing 16–30 of 228 results
-
Qog`ozni qayta ishlash, Tayyor liniyalar
Salfetka ishlab chiqarish uskunasi avtomatik AF-7000A
Kundalik hayotimizda bir martalik mahsulotlarga bo’lgan talab ortsa ortmoqdaki, lekin kamaygani yo’q. Taom uchun, ichimlik uchun bir martalik idishlar, ayniqsa qog`ozdan ishlab chiqarilgan bir martalik salfetkalarni har birimiz deyarli har kuni ishlatamiz. Bir martalik qog’oz salfetkalar ovqatlanish shaxobchalari, kafelar, restoran va to`yxonalarda, hattoki uyda ham matodan yasalgan salfetkalar o`rnini to’liq egallamoqda. Chunki bu turdagi salfetkalar gigienik talablarga to’la javob berishidan tashqari ishlatish uchun ham juda qulay. Shuning uchun yurtimizda bu turdagi salfetkalarga bo`lgan talab yanada oshmoqda. Har bir ishni boshlashdan oldin har qanday tadbirkor boshlayotgan ishining kelajagi haqida qayg’uradi. Ushbu biznes bizning hududga tog’ri kelishining sabablarini quyida bayon qilib o’tmoqchimiz:
- Yurtimizda bu soha juda ommalashmaganligi bois bozorga o’z mahsulotingiz bilan kirish qiyin bo’lmaydi;
- Mahsulot uchun xomashyoni yurtimiz hududidan istalgan vaqtda va istalgan hajmda topish mmumkinligi
- Tayyor mahsulot hajmi ko’p joy egallaganligi sababli viloyatlarda ham ishlab chiqarish yaxshi samara berishi;
- Alohida malakali ishchiga zaerurat yo’qligi;
- Mahsulot xaridorga sotish vaqti cheklanmaganligi sababli siz uni oziq ovqat mahsulotlar singari muddati o’tib, aynib qolishidan qo’rqmasangiz ham bo’ladi.
SKU: n/a -
-
Qog`ozni qayta ishlash
Xojatxona qog`ozi ishlab chiqarish liniyasi (To`liq avtomat)
Har bir yangi tadbirkor o`z biznesini boshlayotganda, albatta, katta daromad ko`rishni maqsad qiladi. Biznesdan katta foyda ko`rish esa o`z navbatida bir qancha faktorlarga bog`liq bo`ladi. Bular: xom-ashyoning mavjudligi, mahsulotning narxi, mahsulotning mavsumiyligi, foydalanilgan texnologiya va aholi daromadi. Mana shu sanab o`tilgan omillarning barchasi tadbirkor ishlab chiqargan mahsulotda topilsa, albatta, mahsulotning sotuvi rivojlanadi.
SKU: n/a -
Qog`ozni qayta ishlash
Xojatxona qog`ozi ishlab chiqarish ixcham liniyasi
Hozirda bizga bo’lgan murojaatlarda ko’pchilik tadbirkorlarning xojatxona qog’ozlari ishlab chiqarish biznesiga qiziqishlari balandligini ko’rdik. Shuni inobatga olib ishlab chiqarish hajmi kichik tadbirkorlar uchun yetarli bo’lgan nisbatan kam joy egallaydigan ishlab chiqarish liniyasini tavsiya qilmoqchimiz. Ishlab chiqarish liniyasi quyidagi bosqichlardan iborat:
SKU: n/a -
Tibbiyot uskunalari
Spirtli dezinfiksion salfetkalar ishlab chiqarish uskunasi
Butun dunyoda gigiyenik toza bo`lgan mahsulotlarga bo`lgan talab kundan kunga oshib bormoqda. Bozor rastalarida va supermarketlarda ham shu turdagi mahsulotlarga bo`lgan talab kundan kunga oshib bormoqda. Bunga sabab qilib butun dunyoda tarqalgan virusni va karantin choralarini kuchaytirilishini ko`rsatishimiz mumkin. Shu sababli ham bu mahsulotlar bozorda o`z o`rnini mustahkamlab oldi.
SKU: n/a -
-
Oziq ovqat
Oqqand ishlab chiqarish liniyasi
Shakar uzoq vaqtdan buyon inson hayotida ishlatilib kelinadi va asosiy ahamiyatga ega bo’lgan mahsulotga aylandi. Hozirgi kunda shakar deyarli hamma joyda qo’llaniladi va ko’pchilik bu shirin mahsulotsiz hayotini tasavvur qila olmaydi. Shuningdek aynan shakar mahsulotidan tayyorlanadigan ixcham, qo’llanilishi qulay bo’lgan, kubik shaklida presslangan bizning tilimizda oqqand deb ataladigan mahsulot dasturxonlarimizdan keng joy olmoqda va mahalliy oziq-ovqat bozorlarimizda bozori chaqqon mahsulotlaridan biri hisoblanadi. Oqqand ishlab chiqarish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi.
SKU: n/a -
Plastikni qayta ishlash
Avtomatik plastik paketlar ishlab chiqarish liniyasi
Hukumatimiz tomonidan joriy qilingan qarorga ko’ra 2019 yilning 1 yanvaridan boshlab sotuvchilarga mahsulot sotib olgan xaridorlarga bepul polietilen paketlarni taqdim etish taqiqlandi. Bundan tashqari, sotib olinayotgan mahsulotlar narxiga paketlar qiymatini qoʻshish yoki ularni tannarxidan past narxlarda sotish ham taqiqlandi. Davlat ekologiya qoʻmitasiga manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birga xorij tajribasi va jamoatchilik muhokamasini hisobga olib, 2020 yilning 1 yanvariga qadar foydalanish xususiyatini yoʻqotganidan soʻng atrof-muhitga zarar yetkazadigan, ishlab chiqariladigan va import qilinadigan tovarlar guruhiga ekologik yigʻimni joriy qilish yuzasidan asoslangan takliflar kiritish vazifasi topshirilgan.
Shuningdek, mamlakat hududida qalinligi 40 mikrondan kam boʻlgan polimer plyonkadan paketlar ishlab chiqarish taqiqlanadi. Faqatgina biologik parchalanuvchi dastasiz polimer materiallardan tayyorlangan paketlar — mahsulotlarni qadoqlashning ajralmas qismi hisoblangan paketlar hamda turmushda foydalaniladigan paketlar sotiladigan oʻramlarga ruxsat berildi. Yuqoridagi fikrlarni o’qib ko’pchilikda plastik paketlar yo’q bo’lish arafasida degan fikr kelgan bo’lishi mumkin, lekin bu unchalik ham to’g’ri emas. Hozirda plastik mahsulotlarni qayta ishlash keng tarzda avj olgan palla, hamda juda yupqa bo’lgan plastik paketlarni qayta ishlash birmuncha qiyin va ularni qayta ishlash o’zini oqlamaganligi bois qalinroq ya’ni 40 mikronli plastik paketlarni qayta ishlash birmuncha osonlashadi deyishimiz mumkin.
SKU: n/a -
Oziq ovqat, Suv mahsulotlari
Ozon generator
Ozon oksidlovchi dezinfektsiyalashda xlorga qaraganda ancha kuchli. U nafaqat yaxshilab sterilizatsiya va dezinfektsiyalashi mumkin, balki suv tarkibidagi zararli tarkibiy qismlarni zararsizlantirishi, temir, marganets, sulfid, benzol, fenol, organofosfor, organoxlorin, siyanid va boshqalar kabi og’ir metal ionlarini va boshqa aralashmalarni oli b tashlashi mumkin. Xlorli dezinfektsiyalash va ultrabinafsha zararsizlantirishdan ko’ra germitsidning samaradorligi yaxshiroqdir. Xlordan farqli o’laroq, qoldiq ozon kislorodga parchalanishi mumkin va ikkinchi marta ifloslanishiga olib kelmaydi. Ozonli qayta ishlashdan so’ng, suv rangsiz va hidsiz, ta’mi yaxshi bo’ladi. Bu ichimlik suvining sifatini belgilab beruvchi asosiy me’zonlardan biridir.
SKU: n/a -
Oziq ovqat, Suv mahsulotlari
8 bosqichli teskari osmosli membranali suvni filtrlash uskunasi
Teskari osmos, suvning maxsus yarim o’tkazuvchan membranadan o’tishi va uni eritmadan ajratish uchun osmotik bosimdan yuqori bo’lgan eritmani qo’llashdir. Ushbu jarayon osmosga qarama-qarshi bo’lgani uchun, u teskari osmos deb ataladi. Turli materiallarning turli osmotik bosimiga ko’ra eritmani ajratish, chiqarib olish, tozalash va konsentratsiyalash maqsadiga erishish uchun ishlatilishi mumkin. Bu bakteriyalar, zahar, issiqlik manbai, va hokazo kabi, ion kichik qator va filtrat past molekulyar og’irligi bilan organik moddalarni chiqarish mumkin. Teskari osmos qurilmasi asosan eritmadagi ionlar oralig’ini ajratadi. Bu isitishni talab qilmaydi va o’zgarishlar o’tish jarayoni yo’q, shuning uchun an’anaviy usullardan kamroq energiya iste’mol qiladi. Teskari osmos qurilmasi kichik va ishlatish uchun qulay, shuningdek, keng ko’lamdagi dasturlarga ega. Teskari osmos qurilmasi sanoat suvini ko’p miqdorda kislota va gidroksidi iste’mol qilmasdan tozalash uchun ishlatiladi, ikkilamchi ifloslanishsiz va uning operatsion xarajatlari nisbatan past bo’ladi. Teskari osmos usuli bilan ishlov berilgan suv yuqori tozalikka ega. Faqatgina ion diapazonidagi kirlarni olib tashlash bilan birga, boshqa usullar bilan olib tashlanishi qiyin bo’lgan organik ifloslantiruvchi moddalar, mikroorganizmlar, viruslar va pirogenlarni ham olib tashlash mumkin.
SKU: n/a -
Oziq ovqat, Suv mahsulotlari
19 Litrli filtrlangan gazsiz ichimlik suvi ishlab chiqarish liniyasi (Ofis va xonadonlar uchun)
Oziq ovqat, Suv mahsulotlari19 Litrli filtrlangan gazsiz ichimlik suvi ishlab chiqarish liniyasi (Ofis va xonadonlar uchun)
Butun dunyoda toza ichimlik suviga talab oshib bormoqda. Shu jumladan yurtimizda ham yildan yilga toza ichimlik suviga talab chekka hududlarda ham oshib bormoqda. Yuqori texnologik filtlardan o’tib, barcha bakteriyalardan xolos bo’lgan suvlar uchun talab yirik shaharlarda ham oshib bormoqda. Bunga sabab suv yetkazib berish tizimida metall quvurlar ishlatilgan bo’lib. ular suvda karroziya hosil qiladi. Bundan tashqari suvning yumshoqlik darajasi ham maxsus filtrlar yordamida yumshatiladi. Ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun quyidagi minimal talablarga e’tiborli bo’ling:
SKU: n/a -
Oziq ovqat
Muzqaymoq ishlab chiqarish liniyasi
Har bir faslda o`ziga yarasha turli xil mahsulotlar ko`p sotiladi. Yurtimizda ham issiq kunlar boshlanganligi tufayli muzqaymoq biznesi jonlana boshlandi. Shu sababli ushbu postda AFEX-GROUP siz aziz mijozlarga ushbu turdagi kichik tadbirkorlikni boshlashingiz uchun o`z uskunalarini tavsiya qiladi. Ushbu uskunalar yordamida siz turli xildagi muzqaymoqlarni ishlab chiqarishingiz mumkin va eng asosiysi keng assortimentdagi qoliplar ham mavjud.
SKU: n/a

















