AFEX
Oziq ovqatTovar kodi: 60dc5e9b0bd70c13e9797720

Muzqaymoq ishlab chiqarish liniyasi

Har bir faslda o`ziga yarasha turli xil mahsulotlar ko`p sotiladi.

Individual taklif
Narx

Tavsif

Uskuna haqida

Har bir faslda o`ziga yarasha turli xil mahsulotlar ko`p sotiladi. Yurtimizda ham issiq kunlar boshlanganligi tufayli muzqaymoq biznesi jonlana boshlandi. Shu sababli ushbu postda AFEX-GROUP siz aziz mijozlarga ushbu turdagi kichik tadbirkorlikni boshlashingiz uchun o`z uskunalarini tavsiya qiladi. Ushbu uskunalar yordamida siz turli xildagi muzqaymoqlarni ishlab chiqarishingiz mumkin va eng asosiysi keng assortimentdagi qoliplar ham mavjud.

Ishlab chiqarish liniyasi tarkibi

Ishlab chiqarish liniyasi quyidagi uskunalardan iborat:
  1. Muzlatgich
  2. Qadoqlash uskunasi
  3. Qizitib berish uskunasi
  4. Mikser
  5. Pasterizatsiya uskunasi (sovutish funksiyasi bilan)

Umumiy ma`lumotlar

  1. Ishlab chiqarish hajmi: 120-2280 ta/soat (uskuna va qolipga bog`liq)
  2. Energiya manbai: Elektr
  3. Kuchlanish: 220V 50Hz
  4. Quvvati: 20KW
  5. Ishchilar soni: 2ta
  6. Kerakli maydon: 40 metr kvadrat
  7. Xom-ashyolar: muzqaymoq retseptidagi xom-ashyolar, glikozid/glikol/tuz/kaltsiy xlorid, suv, paketchalar, yog`och cho`paklar.
Keling endi uskunalarning ishlash prinsiplari va jarayonlari haqida to`xtalib o`tsak.

Muzlatgich

Demak, bizga kerakli eng birinchi uskuna bu - qolipli muzqaymoq muzlatgich uskunasi. Uskunaning vazifasi qoliplarga joylashtirib chiqilgan muzqaymoqlarni muzlatib berishdan iborat. Uskunaning turli xil modeldagi va o`lchamlardagi turlari bor. Biz sizlar bilan MAF-08 model ostidagi uskuna bilan yaqindan tanishib chiqamiz. Uskunaning texnik ko`rsatkichlari bilan quyidagi jadvalda tanishib chiqishingiz mumkin. Shu o`rinda bir ma`lumotni ta`kidlab o`tishimiz lozim. Uskuna uchun mo`ljallangan turli xil shakldagi qoliplar mavjud, jumladan mijozning talabiga binoan maxsus qoliplar yasattirib olib kelishimiz ham mumkin. Uskuna narxining ichida 8ta qolip ham kiritilgan. Bir dona qo`shimcha qolip narxi $400, bir dona maxsus yasattirilgan qolip narxi $550. Uskunani quyidagi tartibda ishlatamiz:
  1. Muzlatish moddasini tankerga solamiz.
  2. Uskunani ishga tushiramiz va boshqaruv panelida temperaturani -20 gradus qilib belgilaymiz. Birinchi marotabada bu haroratga erishish uchun 4 soat vaqt kerak bo`ladi.
  3. Harorat -20 gradusga yetib kelganda, aralashma solingan qoliplarni uskunaga joylashtiramiz.
  4. 15-20 daqiqadan so`ng qoliplarni ajratib olamiz va qoliplarni iliq suvga botirib olamiz. Bundan maqsad muzqaymoqlarimiz qoliplardan oson ajralib chiqishini ta`minlaydi.
Yuqorida aytib o`tilganidek uskunani ishlatish uchun sovutish moddasi kerak bo`ladi. Sovutish moddasi sifatida glikozid, kaltsiy xlorid yoki glikol/dengiz tuzidan foydalanishimiz mumkin. Odatda dengiz tuzidan foydalaniladi.  

Qizitib berish uskunasi

Uskunaga muzlatkichdan chiqqan qoliplarni solamiz. Uskunaning ichida suv qaynab turadi. Issiq suvga qoliplarni solish orqali muzqaymoqlarimizni ajratib olish osonlashadi.

Mikser

Ushbu uskuna bilan barcha xom-ashyolar aralashtiriladi. Yaxshi aralashtirilgan xom-ashyolar sifatli muzqaymoqlar ishlab chiqarishning asosi bo`lib xizmat qiladi.

Pasterizatsiya uskunasi

Pasterizatsiyalash jarayonini bir so`z bilan ham ifodalash mumkin- sterillash. Pasterizatsiya uskunasi sutni turli xil bakteriyalar, mikroblar va zararli moddalardan tozalaydi. Isitish temperaturasi 85-100 gradusgacha ko`tariladi. Uskuna zanglamas metall SUS304 materialidan tayyorlangan. Ushbu sut pasterizatori aralashtirgichga ega, shuning uchun sutni bir tekis qizdirish yoki sovutish mumkin. Sutni yuqori haroratda qizitish va qisqa vaqt ichida sovutish sutdagi zararli moddalardan tozalaydi. Pasterizatsiya paytida haroratni ko'rsatadigan termometr mavjud. Uskunaning ichki qismiga gomogenizatsiya vazifasini bajaruvchi parraklar ham joylashtirilgan. Shu yo`l orqali mahsulotimizning sifati va birligini oshirishimiz mumkin. Gomogenizatsiya bosqichidan o`tgan sutdan tayyorlangan mahsulotlar yaxshi ta`mga ega bo`ladi va uzoq muddat saqlash mumkin bo`ladi.

Qadoqlash uskunasi

Ishlab chiqarish jarayonimizning so`ngida tayyor muzqaymoqlarimizni qadoqlab olishimiz darkor. Shu bilan ishlab chiqarish jarayonimiz o`z nihoyasiga yetdi.    
AFEX · KONSULTATSIYA
Operatorlar onlayn

Tezkor narx so‘rovi

Ismingiz va telefon raqamingizni qoldiring — qolganini mutaxassisimiz hal qiladi.

UskunaMuzqaymoq ishlab chiqarish liniyasi

Ma’lumotlaringiz uchinchi shaxslarga berilmaydi

Video

Uskunaning ishlash jarayoni.

Yetkazib berish va ishga tushirish

Konsultatsiyadan ishga tushirishgacha — jarayon to‘rt bosqichda, shartnoma asosida.

  1. 1

    Konsultatsiya

    Ehtiyojingizni aniqlab, konfiguratsiya va tijorat taklifini tayyorlaymiz.

  2. 2

    Shartnoma

    Muddat, to‘lov tartibi va kafolat shartlari shartnomada qayd etiladi.

  3. 3

    Yetkazib berish

    Uskuna ishlab chiqaruvchidan ob’ektingizgacha yetkaziladi.

  4. 4

    O‘rnatish va o‘qitish

    Mutaxassislarimiz uskunani ishga tushiradi va operatorlarni o‘qitadi.

Ko‘p so‘raladigan savollar

Yetkazib berish, shartnoma va kuzatuv bo‘yicha eng ko‘p beriladigan savollar.

Buyurtmalarimni online kuzatib turish imkoni mavjudmi?
Buyurtmalarni online kuzatish imkoniga egasiz. O'zbekistonda birinchilardan bo'lib GPS tizimi orqali yuklarni nazorat qilish, ularni joylashuvini aniqlab, yetib kelish vaqtini taxminiy hisoblovchi mexanizm ishlab chiqildi. Siz faqat shartnoma raqamini kiritgan holda bu ma'lumotlarni qo'lga kirita olasiz.
Yuklar qancha vaqtda yetqaziladi?
Yuklar yetkazib berish muddati ko'p hollarda ishlab chiqaruvchiga bog'liq bo'ladi. Aksariyat katta hajmli ishlab chiqarish uskunalarini yetqazish muddati oddiy uskunalarga nisbatan 2-3 marta ortiqroq vaqt talab etadi. Agar tayyor uskunalar bo'lgan taqdirda, yetqazib berish muddati 30 kundan boshlanadi.  Uskunalarni O'zbekiston hududida bojxona rasmiylashtiruv ishlari, Sertifikatlashtirish jarayonlariga ketadigan vaqt bundan mustasno.
Yetqazib berishning qanday usullari mavjud?
Chet ldan tovar turi va buyurtma olingan muddatga ko'ra yuklar O'zbekiston hududiga quyidagi asosda yetqaziladi: Havo yo'llari orqali Temir yo'l orqali Quruqlik transporti orqali Aralash transport orqali
Shartnoma tuzish uchun mendan nimalar talab etiladi?
Kompaniyamiz mijoziga aylanishingiz uchun sizdan: Tadbirkorlik sub'ektini tasdiqlovchi GUVOHNOMA; Bank rekvizitlari; STIR raqami; Rahbarning passport nusxasi; Shartnomani tasdiqlash uchun korxona muhri
Konsultatsiya

Loyihangizni birga muhokama qilamiz

Uskuna tanlash, texnik yechimlar va takliflar bo‘yicha maslahat olish uchun biz bilan bog‘laning.

Qo‘ng‘iroq qiling+998 93 381 6699Dush–Shan: 9:00 – 18:00
AFEX · IJTIMOIY TARMOQLAR

Bizni kuzatib boring

Yangi uskunalar, ishga tushirish va ishlab chiqarish jarayonlari — rasmiy kanallarimizda.

O‘xshash uskunalar

Barchasini ko‘rish