Nam salfetka ishlab chiqarish liniyasi (10-120 donalik)

(1 mijozlar sharhi)
Mavjudligi:

Omborda qolmagan, buyurtma berish mumkin


Biznes yaxshi daromad keltirishida ishlab chiqarish turini tanlash juda muhim. Doimiy iste’moldagi mahsulotni ishlab chiqarish esa eng yaxshi tanlov degani. Hozirgi kunda to’liq iste’molga kirgan, boshqacha qilib aytganda eng ko’p foydalaniladigan mahsulotlardan biri nam salfetkalardir. Bu turdagi salfetkalar o’zining gigienik ustunligi va universalligi bilan kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylangan. Shuni hisobga olgan holda “AFEX-GROUP” LLC jamoasi sizlarga nam salfetkalar ishlab chiqaradigan avtomatik uskunani taqdim qiladi.

49,300$

Omborda qolmagan, buyurtma berish mumkin

Bir qaraganda kichkina bo’lib ko’ringan bu mahsulot aslida eng daromadli biznes turlaridan biri hisoblanadi. Chunki, undan foydalanuvchilar soni kundan kunga ortib bormoqda. Endi esa nima sababdan ushbu biznesni boshlash kerakligi haqida to’xtalib o’tamiz:

  • Onajonlar uchun yaqin ko’makchi, ya’ni katta hajmli nam salfetkalar asosan bolalar tagliklarini almashtirish uchun ishlatiladi.
  • Doim talabgir bo’lgan mahsulotlar mavsum tanlamaydi. Ularga bo’lgan talab yozda ham, qishda ham bir xil – yuqori. Nam salfetkalar shunday mahsulotlardan biridir.
  • Bu biznesni boshlash uchun yuqori tajribaga ega bo’lish shart emas. O’z biznesini endi boshlayotgan tadbirkorlar uchun esa bu ayni muddao.
  • Biz taklif qiladigan uskuna to’liq avtomatlashtirilgan bo’lib, sizdan ko’p harakat talab qilmaydi. Bu esa ishchi kuchini tejashingiz mumkin degani.
  • Mahsulotni sotish bozori chegaralanmagan. Ya’ni siz ularni katta do’konlarda, ovqatlanish joylarida va dorixonalarda ham sotishingiz mumkin.
  • Katta ovqatlanish restoranlari, fast-food shahobchalari va boshqa joylar bilan hamkorlik qilib, buyurtma asosida ishlashingiz ham mumkin.
  • Sizda buyurtmaga ko’ra OEM buyurtma asosida ya’ni buyurtmachining LOGO va nomini qo’yib bergan holda yetkazib berish imkoni mavjud. Bu bilan siz albatta doimiy buyurtmalarga ega bo’lishingiz mumkin.
  • Kosmetika va go’zallik salonlaridan ham har xil hajmlilari keng ishlatiladi.
  • Nam salfetkalarni alkagolli qilish orqali yuqori dezinfeksiyalash uchun ham ishlatiladi.

NAMLANTIRUVCHI VA HID BERUVCHI SUYUQLIK TAYYORLASH MAXSUS IDISHI

Avvalo mahsulot qo’llanilish sohasini, ya’ni siz chiqaradigan mahsulotingiz qadog’idagi soni, avtomobilda qo’llash uchunmi yoki ayollar uchunmi va boshqa holatlar uchunmi aniqlik kiritib oling. Shunga qarab siz ishlab chiqaradigan nam salfetkalar uchun hid va suyuqlik tarkibi tanlanadi. Agar mahsulotingiz asosan Antibakterial holatlar uchun bo’lsa ko’p hollarda spirtli eritmalar qo’shishga tog’ri keladi. Suyuqlik tayyorlash idishimiz hajmi sizning kunlik mahsulot ishlab chiqarish hajmiga mos keladi. Idishda ishlatilgandan ortiqcha qolgan suyuqlik maxsus nasos yordamida yana qaytib tushadi.

Suyuqlik tayyorlovchi idish 400L
Ishlab chiqarilgan Xitoy
Shahar Dongguan
Kuchlanish 380V50hz
Quvvat sarfi 4,5kw/soat
Mahsulot aralashtirish qismi Mavjud
Maxsus zanglamas metallic nasos Mavjud
Idish materiali Zanglamas metallss304
Mahsulot o’lchami 1100x1100x1500mm
Mahsulot og’irligi 230kg

 

NAM SALFETKA TAYYORLAB BERUVCHI QISM

Nam salfetka chiqarishdagi asosiy bosqichlardan biri formalab kesib beruvchi qismdir. Ushbu uskunamiz N+Cross shaklda formalaydi. Uskunamiz ishlatish jihatdan bir muncha qulay hamda sensorli ekranli boshqaruv paneli o’rnatilgan. Hozirda O’zbek tilinini o’rnatish ishlari allaqachon boshlab yuborilgan. Agarda siz uskunaga buyurtma beradigan bo’lsangiz, u holda aynan siz baxtli mijozlarimizdan biriga aylanishingiz mumkin. Kompaniyamiz uzoq muddatli izlanishlar va katta tajribaga ega zavodlardan olgan ma’lumotlari asosida sizga ushbu ixcham liniyani tavsiya qilmoqda. Liniyaning eng katta yutuqlaridan biri biz uni narx jihatdan qulay bo’lishiga erisha oldik. Ko’pgina mijozlarimiz bizga 10 donadan boshlab 120 donagacha uskuna so’rab murojaat qilishgan va afsuski uskunalarning narxi qimmatligi uchun ularning ko’pchiligi bu fikrdan qaytishgan. Biz uskunani imkon qadar universal qilishga harakat qilganligimiz bois, ularni barcha funksiyalarini avtomat qilishga imkon bo’lmadi. Shu sababli quyida tavsiya etadigan liniyamizga 2 nafar ishchi xodim kerak bo’ladi. Avvaldan sizga ma’lumki kompaniyamiz imkon qadar inson omili ish jarayonida ishtirok etmaslik tarafdori. Biz barcha mijolarimizga qo’l mehnati talab qilmaydigan bizneslar tavsiya etishga harakat qilamiz. Shunday mijozlarimiz uchun ham bizda yechim bor va narxi ozgina qimmatroq. Nam salfetka uskunasi ishlash jarayonida sozlamalar orqali siz har bir qadoqda qancha salfetka bo’lishi lozimligini belgilab olasiz va uskuna salfetkalarni kesish jarayonida buni hisoblab boradi. Siz kompaniyamizga buyurtma vaqtida nam salfetkaning qadoq ichida qanday o’lchamda bo’lishini aniqlab oling. Bu o’lchamlar sizga mahsulot ishlab chiqarish jarayonida xomashyo tanlashda kerak bo’ladi.

Nam salfetka tayyorlab beruvchi uskuna
Ishlab chiqarilgan xitoy
Shahar Dongguan
Kuchlanish 380v50hz(xaridor talabi bilan 220v)
Quvvat sarfi 3,5kw/soat
Xomashyo Spunlace noto’qima mato
Xomashyo qlainligi 40-80g/m2
Material Zanglamas metal ss304
Uskuna o’lchami 1100x1100x1500mm
Mahsulot og’irligi 1100kg
Mahsulot bukish usuli N Cross
Xomashyo kengligi 200mm
Nam salfetka o’lchami 100x70mm(xaridor talabi bilan o’zgartirish mumkin)
Uskuna o’lchami 4500x1200x1650mm
Mahsulot chiqarish tezligi 300-650dona/min

 

QADOQLASH USKUNASI

Qadoqlash jarayoni mahsulot ishlab chiqarishda yakunlovchi bosqich hisoblanadi. Qadoqlash uskunasi yuqori injenerlik mahorati yordamida yaratilgan bo’lib, qadoqlovchi materil ichiga mahsulot joylanadi, avval qadoqda salfetkani olish uchun teshikchalar ochiladi, teshik o’rni ustiga maxsus yopishqoq plyonka yopishtiriladi va shu tarzda qadoqlash davom etadi. Uskuna yordamida har xil o’lchamli mahsulotlar tayyorlash mumkin. Uskunamiz qadoqlangan mahsulot dizayni chiroyli bo’lishi uchun Brick Type Gusset usuli yordamida qadoqlaydi. Ushbu qadoqlash turining avzalligi mahsulot yon tomoni ham to’rtburchak ko’rinishda bo’ladi. Pastdagi rasmda farqi tushuntirilgan. Biz liniyamiz narxi qimmatlab ketmasligi uchun plastik qismli ochib yopiladigan qismlarni kleylashni ishchilarga qoldiramiz. Sababi ushbu qism uchun robot boshqaruvli uskuna zarur bo’lib, narxi boshlang’ich tadbirkorlar uchun qimmatlik qilishi mumkin.

Ushbu uskunaning avzalliklaridan biri to’liq servo boshqaruvga ega bo’lganligi uchun siz qadoq o’lchamini o’zgartirsangiz teshik ochish va yorliq yopishtirish qismlari avtomatik qadoq makraziga sozlanadi.

 

Mahsulot tayyorlash uchun kerakli barcha xomashyolarni AFEX-GROUP kompaniyasi taqdim etadi. Bular hid beruvchi va dezinfeksiyalovchi suvga qo’shiladigan qo’shimchalar, 70% spunlace va 30% viscose tarkibli noto’qima mato, qadoqlash uchun etiketkalar, o’zi yopishqoq yorliq,plastik ochib yopish qismi va boshqalar. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, ushbu biznes pandemiya davrida yanada kuchaydi. O’zbekistonda ishlab chiqarish quvvatlari ichki bozorga yetarli bo’lmaganligi tufayli bizga Rossiya, Qozog’iston va boshqa davlatlardan ham import bo’lib kirib kelmoqda. Ushbu biznes tikkan pulingizni 12 oyda o’zini oqlashiga ishonamiz va bunga asoslarimiz yetarli.

Ishlab chiqarilgan Xitoy
Shahar Dengguan
Kuchlanish 220v50hz
Quvvat sarfi 3,5kw/soat
Xomashyo BOP,OPP,PE,HDPE,LDPE
Qadoq material kengligi MAX 430mm
Tayyor qadoq o’lchami MAX Kengligi 170mm,uzunligi 280mm,balandligi 80mm
Uskuna o’lchami 4000x1100x1800mm
Uskuna og’irligi 750kg
Mahsulot bukish usuli N Cross
Funksiyalari Qadoqlash sanasini qo’yadi,salfetka qadog’iga olish uchun teshik ochadi,yopishqoq yorliq yopishtiradi
Uskuna o’lchami 4500x1200x1650mm
Mahsulot qadoqlash tezligi 20-70 dona/min

NARXLAR

Narxlar
Suyuqlik tayyorlovchi idish 400L 2400$
Nam salfetka tayyorlab beruvchi qism 25500$
Qadoqlash uskunasi 21400$
Jami(CIP Tashkent) 49900$

 

 

1 Izoh qoldirilgan

5.0 umumiy reyting
1
0
0
0
0

Izoh qoldiring

  1. Alisher

    Arzon ekan sizlarda, biza ancha qimmatga olibmiz

    Alisher

chek qog’ozlar salfetka ishlab chiqarish