AFEX
Xizmat ko`rsatishTovar kodi: 60b0e6010bd70c70163405d2

Yengil va yuk avtomobil motor bloklarini yangilash uskunasi AF-B005

Zamonamiz rivojlangani sayin insonlar hayotini yengillashtiruvchi ko'plab qurilmalar ixtiro qilindi.

Individual taklif
Isitish quvvati
6w
Model
AX-6010DF
Asosiy mator quvvati
3,75kw/soat
Sig’imi
264L
Ultratovush kuchi
3000w
Ichki ish maydoni o’lchami
800*600*550(L*W*H)
Narx

Tavsif

Uskuna haqida

Zamonamiz rivojlangani sayin insonlar hayotini yengillashtiruvchi ko'plab qurilmalar ixtiro qilindi. Shulardan eng ommaboplaridan biri bu avtomobillardir. Ular yer yuzida harakat qiluvchi eng ko'p tarqalgan texnikadir. Yurtimizda ham bir biridan ajoyib ko'zni quvontiradigan yengil va yuk avtomobillari ishlab chiqarish toboro o'sib bormoqda. Hozirgi paytda «GM Uzbekistan» AJ ning 3 ta ishlab chiqarish maydonchasida «Shevrole» (Chevrolet) va «Ravon» (Ravon) brendlari ostida avtomobillarning 10 modeli ishlab chiqariladi, jumladan, Matiz, Spark (R2), Nexia (R3), Cobalt (R4), Lacetti (Gentra) modellari Asaka shahridagi asosiy ishlab chiqarish maydonida, Tracker, Malibu modellari Toshkent shahridagi filialda, Damas, Labo modellari Pitnak shahridagi filialda chiqariladi. YILLIK ISHLAB CHIQARISH QUVVATI: «GM Uzbekistan» AJ, Asaka shahri - 250 ming avtomobil. «GM Uzbekistan» AJ filiali, Pitnak shahri – 40 ming avtomobil; «GM Uzbekistan» AJ filial, Toshkent shahri – 10 ming avtomobil;

Yuqorida keltirilgan kichik statistikadan ham ko'rinib turibdiku bugungi kunda ko'chalarimiz avtomobillarga to'lib bormoqda. Shu o'rinda ularga texnik xizmat ko'rsatish nuqtalar soni ham kun sayin ko'paymoqda va bunga talab ham ancha yuqori. Xoxlaymizmi yo'qmi vaqt o'tishi bilan avtomobillarimizning yuragi sanalgan motorda texnik nosozliklar kuzatiladi. Albatta ushbu qism eng qimmat detallardan biri sanalganligi uchun har kim ham uni yangisiga almashtirib qo'yishga sharoiti ko'tarmaydi. Bizning AFEX-GROUP kompaniyamiz sizga serdaromad xizmat ko'rsatish servisini tashkil qilishda o'z bilim va tajribasini ayamaydi. Keling biz sizlarga hozir yengil va kichik hajmli yuk avtomobillar motor blogini sozlash uchun kerakli bo'lgan uskunalar bilan tanishtirib o'tsak. Hozirgi kunda ushbu keng tarqalmagan va ko'pchilik naznida qiyin va qimmat uskunalardan jamlangan servis degan mavhum tushunchalar mavjud. Bunga sabab esa xizmat ko'rsatishning yopiq holatda olib borilishi va mijozga imkon qadar ishni qanday qilinganligini sir tutishdir. Albatta bunday usulni biz tijorat siri deb atasak ham bo'ladi. Hozir biz sizlarga o'sha sirni oshkor etamiz.

Dastavval avtomobil matori tuzatish holatiga kelganda bunga sabab bo'lgan omil aniqlanadi. Sabablar turlicha bo'lishi mumkin, avtomobil uchun yaroqli bo'lgan masofani bosib o'tganlik, sifatsiz moy ishlatilishi, vaqtida texnik ko'rikdan o'tmaslik, sifatsiz yoqilg'ilar va hakazo. Blokka nazar tashlar ekanmiz, undagi silindrlarga ko'zimiz tushadi, silindrlar esa porshenlarning bir tekisda harakatini ta'minlab beradi. Vaqt o'tishi bilan bizning blok silindrimizda qurumlar va qattiq qismlar hosil bo'ladi va oqibatda porshenlar harakati sekinlashadi. O'z o'zidan sizda moy sarfi ortadi, kerakli tezlikka chiqa olmaysiz, mashinada shovqin kuchayadi va yoqilg'i sarfi ham ortib boradi. Ba'zi hollarda avtomobil yurmay qolish darajasiga ham yetishi mumkin. Bunday vaziyatda siz yaxshi xizmat ko'rsatuvchi markazga murojaat qilishga majbur bo'lasiz. Keling xizmat ko'rsatish jarayonida foydalaniladigan uskunalar bilan birma-bir tanishtirib o'tsam.

01

Ultratovushli tozalash uskunasi

9 parametr
Ultratovushli tozalash uskunasi
Model
AX-6010DF
Sig’imi
264L
Ultratovush kuchi
3000w
Isitish quvvati
6w
Temperatura
0-80C
Boshqaruv
PLC raqamli boshqaruv
Ichki ish maydoni o’lchami
800*600*550(L*W*H)
Material
SUS 304
Chastota o’zgaruvchanligi
48-40KHz

Dastavval ehtiyot qismlar yoki motor blok ishlov berishdan avval yaxshilab tozalanishi lozim. Ko'pchilik bu jarayon qo'lda bajariladi deb hisoblaydilar va bu xato fikr sanaladi. Zamonaviy ultratovush signallari yordamida tozalash juda qulay va ishning sifatli bajarilishini ta'minlab beradi. Biz sizlarga tavsiya etadigan tozalash uskunasi eng zamonaviy bo'lib, yuvishda foydalaniladigan suyuqlik va suvni tejash maqsadida tozalash filtrlari o'rnatilgan. Filtrlar sizga mahsulotingiz ko'ngildagidek tozalanishini va yuvish vositalari tejalishiga olib keladi. Uskuna zamonaviy plc boshqaruv paneliga ega bo'lib unda yuvish vaqti, chastota, temperatura va tezlikni nazorat qilish mumkin.

02

Blok silindr yo’nish uskunasi

8 parametr
Blok silindr yo’nish uskunasi
Model
AX8018Z
Ishlov berish diametric
30-180mm oralig’ida
Maximal yo’nish chuqurligi
450mm
Shpindel ishlash tezligi
175,230,300,350,460,600r/min
Yo’nish qalinligi
0,05;0,1;0,2mm
Asosiy mator quvvati
3,75kw/soat
Uskuna o’lchami
2000*1250*1920mm
Og’irligi
2000kg

Blok yaxshilab tozlangach uni silindr ichki qismini dastlabki yo'nish uchun ushbu uskunaga qo'yiladi. Uskunaga silindr diametridan kelib chiqqan holda yo'nuvchi qism joylanadi. Diametr aniq bo'lgan yo'nish chuqurligi moslashtiriladi. Uskunaning texnik ko'rsatgichlarida siz minimum va maksimum chuqurliklari va diametrlar haqida ma'lumotlarni o'qib olishingiz mumkin. Uskuna shuningdek oxirgi bosqichda ham ishtirok etadi ya'ni blok yuzasini maxsus disk yordamida charxlab berish uchun xizmat qiladi. Uskuna Invertor mator yordamida harakatlanganligi bois, uni mator metalining turiga va ishlov berish qalinligini e'tiborga olan holda tezlikni o'zgartirish mumkin bo'ladi. Uskuna ishlatish uchun juda qulay, bunga sabab siz mator blogini joylashtirgach uni vertikal yo'nuvchi qismga ostki stolni harakatlantirish yordamida tekislab olishingiz mumkin bo'ladi.

VERTIKAL HONING USKUNASI

Blok silindrlari birlamchi yo'nish ishi yakunlangach unga ikkinchi bosqichda ham tig'li ham charxli bo'lgan yo'nish uskunasida ishlov beriladi. Bu bosqichda ichki sirt qatlam silliqlik darajasi o'ta aniq holatga keltiriladi. Bunday jarayonda ishlash oson bo'lishi uchun maxsus moy yordamida amalga oshiriladi. Moyning vazifasi ishlov beriladigan qismga ishlov berishni osonlashtirish va sovutib turishdan iborat. Ichki qismga honing uskunasining ishlov berish jarayoni tugagach vertikal blok yo'nish uskunasiga joylanib blok tepa qism yuzasi maxsus diskda yaxshilab sayqallanadi.

Uskuna asosan avtomobil, mototsikl, yuk mashina va traktorlar dvigatel hamda v-dvigatellar honlama uchun ishlatiladi.

1. Mashina stoli moslama o'zgarish darajasi 0° , 30° va 45 ° siljitish mumkin .

2. Mashina stol osonlik yuqoriga va pastga tushadi qo'lda 0-180mm masofagacha

3. Aniqlik darajasi 0,04mm

4. 0-30m/min yuqoriga va pastga harakatlanish tezligi.

03

Vertikal honing uskunasi

9 parametr
Vertikal honing uskunasi
Silindr yo’nish ichki diametric
F35-F170mm
Maksimal yo’nish chuqurligi
320mm
Shpindel tezligi( 4 bosqichda)
120,160,225,290mm
Stork(3 bosqichda)
35,44,65s/min
Asosiy mator quvvati
1,5kw/soat
Sovutish nasosi
0,125kw/soat
Ichki ish maydoni o’lchami
1400x870mm
Uskuna o’lchami
1640x1670x1920mm
Og’irligi
1000kg

O'ylaymizki ushbu biznesni yo'lga qo'yish orqali siz o'z daromadlaringiz oshishiga erishasiz. Aholi turmush darajasi o'sgani sayin avtomobillar soni keskin oshib boradi. O'z o'zidan ularga xizmat ko'rsatish sohasi ham kengayadi. Ushbu biznesni boshlash uchun hozir ayni payti, sababi hozircha bizning bozorimiz bu kabi servislarga to'yinmagan va bu siz uchun yaxshi imkoniyat bo'lishi mumkin.

AFEX · KONSULTATSIYA
Operatorlar onlayn

Tezkor narx so‘rovi

Ismingiz va telefon raqamingizni qoldiring — qolganini mutaxassisimiz hal qiladi.

UskunaYengil va yuk avtomobil motor bloklarini yangilash uskunasi AF-B005

Ma’lumotlaringiz uchinchi shaxslarga berilmaydi

Texnik xususiyatlar

Ma’lumotlar ishlab chiqaruvchi tomonidan taqdim etilgan; konfiguratsiya buyurtmaga qarab o‘zgarishi mumkin.

Ultratovushli tozalash uskunasi

9 parametr
Model
AX-6010DF
Sig’imi
264L
Ultratovush kuchi
3000w
Isitish quvvati
6w
Temperatura
0-80C
Boshqaruv
PLC raqamli boshqaruv
Ichki ish maydoni o’lchami
800*600*550(L*W*H)
Material
SUS 304
Chastota o’zgaruvchanligi
48-40KHz

Blok silindr yo’nish uskunasi

8 parametr
Model
AX8018Z
Ishlov berish diametric
30-180mm oralig’ida
Maximal yo’nish chuqurligi
450mm
Shpindel ishlash tezligi
175,230,300,350,460,600r/min
Yo’nish qalinligi
0,05;0,1;0,2mm
Asosiy mator quvvati
3,75kw/soat
Uskuna o’lchami
2000*1250*1920mm
Og’irligi
2000kg

Vertikal honing uskunasi

9 parametr
Silindr yo’nish ichki diametric
F35-F170mm
Maksimal yo’nish chuqurligi
320mm
Shpindel tezligi( 4 bosqichda)
120,160,225,290mm
Stork(3 bosqichda)
35,44,65s/min
Asosiy mator quvvati
1,5kw/soat
Sovutish nasosi
0,125kw/soat
Ichki ish maydoni o’lchami
1400x870mm
Uskuna o’lchami
1640x1670x1920mm
Og’irligi
1000kg

Komplektatsiya

Uskuna tarkibiga kiruvchi jihozlar. Har birining texnik ko‘rsatkichlari yuqoridagi bo‘limda.

  • Ultratovushli tozalash uskunasi01

    Ultratovushli tozalash uskunasi

    9 parametr

    • Model: AX-6010DF
    • Sig’imi: 264L
    Ko‘rsatkichlar
  • Blok silindr yo’nish uskunasi02

    Blok silindr yo’nish uskunasi

    8 parametr

    • Model: AX8018Z
    • Ishlov berish diametric: 30-180mm oralig’ida
    Ko‘rsatkichlar
  • Vertikal honing uskunasi03

    Vertikal honing uskunasi

    9 parametr

    • Silindr yo’nish ichki diametric: F35-F170mm
    • Maksimal yo’nish chuqurligi: 320mm
    Ko‘rsatkichlar

Yetkazib berish va ishga tushirish

Konsultatsiyadan ishga tushirishgacha — jarayon to‘rt bosqichda, shartnoma asosida.

  1. 1

    Konsultatsiya

    Ehtiyojingizni aniqlab, konfiguratsiya va tijorat taklifini tayyorlaymiz.

  2. 2

    Shartnoma

    Muddat, to‘lov tartibi va kafolat shartlari shartnomada qayd etiladi.

  3. 3

    Yetkazib berish

    Uskuna ishlab chiqaruvchidan ob’ektingizgacha yetkaziladi.

  4. 4

    O‘rnatish va o‘qitish

    Mutaxassislarimiz uskunani ishga tushiradi va operatorlarni o‘qitadi.

Ko‘p so‘raladigan savollar

Yetkazib berish, shartnoma va kuzatuv bo‘yicha eng ko‘p beriladigan savollar.

Buyurtmalarimni online kuzatib turish imkoni mavjudmi?
Buyurtmalarni online kuzatish imkoniga egasiz. O'zbekistonda birinchilardan bo'lib GPS tizimi orqali yuklarni nazorat qilish, ularni joylashuvini aniqlab, yetib kelish vaqtini taxminiy hisoblovchi mexanizm ishlab chiqildi. Siz faqat shartnoma raqamini kiritgan holda bu ma'lumotlarni qo'lga kirita olasiz.
Yuklar qancha vaqtda yetqaziladi?
Yuklar yetkazib berish muddati ko'p hollarda ishlab chiqaruvchiga bog'liq bo'ladi. Aksariyat katta hajmli ishlab chiqarish uskunalarini yetqazish muddati oddiy uskunalarga nisbatan 2-3 marta ortiqroq vaqt talab etadi. Agar tayyor uskunalar bo'lgan taqdirda, yetqazib berish muddati 30 kundan boshlanadi.  Uskunalarni O'zbekiston hududida bojxona rasmiylashtiruv ishlari, Sertifikatlashtirish jarayonlariga ketadigan vaqt bundan mustasno.
Yetqazib berishning qanday usullari mavjud?
Chet ldan tovar turi va buyurtma olingan muddatga ko'ra yuklar O'zbekiston hududiga quyidagi asosda yetqaziladi: Havo yo'llari orqali Temir yo'l orqali Quruqlik transporti orqali Aralash transport orqali
Shartnoma tuzish uchun mendan nimalar talab etiladi?
Kompaniyamiz mijoziga aylanishingiz uchun sizdan: Tadbirkorlik sub'ektini tasdiqlovchi GUVOHNOMA; Bank rekvizitlari; STIR raqami; Rahbarning passport nusxasi; Shartnomani tasdiqlash uchun korxona muhri
Konsultatsiya

Loyihangizni birga muhokama qilamiz

Uskuna tanlash, texnik yechimlar va takliflar bo‘yicha maslahat olish uchun biz bilan bog‘laning.

Qo‘ng‘iroq qiling+998 93 381 6699Dush–Shan: 9:00 – 18:00
AFEX · IJTIMOIY TARMOQLAR

Bizni kuzatib boring

Yangi uskunalar, ishga tushirish va ishlab chiqarish jarayonlari — rasmiy kanallarimizda.

O‘xshash uskunalar

Barchasini ko‘rish