quti
Yagona natijani ko'rsatish
-
Qog`ozni qayta ishlash
Gofra qutilar ishlab chiqarish liniyasi AF-L028
Har qanday mahsulotingizni xaridorga sifatli yetib borishini ta’minlash uchun asosan gofra qutilardan foydalaniladi. Ushbu biznes dunyo bo’ylab XXI asrda trend darajaga ko’tarildi desak yanglishmaymiz. Gofra qutilar mahsulot sifatiga ta’sir etmagan holda, ularni deformatsiyalanishdan saqlashda ishlatiladi. Gofra qutilar ishlatilish sohasiga ko’ra 2,3,5 va 7 qavatli bo’lishi mumkin. Eng keng tarqalgan turlari bu 2 va 3 qavatli turlari hisoblanadi. Quyida sizga taklif etadigan ishlab chiqarish liniyamizni ko’pchilik tadbirkorlar sotib olish imkoniyatlari mavjud bo’lishi uchun uni yarim avtomat ko’rinishini tavsiya etishga qaror qildik. Uskuna yordamida siz bir tomoni silliq yuzali gofra qutilar ishlab chiqara olasiz. Uskuna kengligi 1400mm bo’lgan kraft rulon bilan ishlash uchun mo’ljallangan. Ishlab chiqarishni yanada kengaytirmoqchi yoki katta hajmda ishlab chiqarishni tashkil etish istagida bo’lgan mijozlarimiz uchun to’liq avtomat ishlab chiqarish liniyalarini ham olib kelish imkoniyatimiz mavjud.
SKU: n/a