afex
Jami 58 natijadan 31–45
-
-
Qurilish uskunalari, Tayyor liniyalar
Rom uchun PVX profillar ishlab chiqarish liniyasi
Qurilish bozori kengaygani sari qurilish mollari reformasiyasi ham rivojlanib bormoqda. An’anaviy yog’och romlar o’rnini sekin astalik bilan alyumin romlar egallab bo’lganligi hech kimga sir emas. Ammo alyumin romlarni kattagina minus tomoni bor, bu ham bo’lsa ko’chadagi sovuq va issiq havoni qariyib 70% ni o’tkazib yuboradi. Bu esa qishda ham yozda ham xona haroratini bir me’yorda saqlashda katta elektr energiya sarfi talab etadi. Shuni inobatga olgan holda hozirgi bozor talabi PVX profillaridan ishlab chiqarilgan plastik romlardir.
SKU: n/a -
To'quv uskunalari, Yengil sanoat
Sochiq ishlab chiqarish liniyasi
Yurtimizda ishlab chiqariladigan tekstil mahsulotlari ichida yuqori eksport ko’rsatgichiga ega mahsulot sochiqlar hisoblanadi. Vodiy ahli bu borada boshqa hududlarimizga nisbatan ancha ilgarilab ketgan. Shuni alohida ta’kidlash joizki, sochiq ishlab chiqarishda boshqa davlatlarga qaraganda bizning mahsulotlarimizga chet elda talab yuqori. Bunga asosiy sabab bizning sochiqlarimiz 100% tabiiy paxtadan tayyorlangan bo’lib o’zidan allergik toksidlar va zararli moddalardan holidir. Sochiq ishlab chiqarish biznesini sizga AFEX-GROUP kompaniyasi yuqori likvidli tovar bo’lganligi, xomashyo yurtimizda mavjudligi va eng muhimi kompaniyamiz Xitoyning 20 yildan oshiq vaqt davomida faoliyat yuritayotgan zavod bilan yaqin hamkorlikni yo’lga qo’yganligidir. Sochiqlar kundalik hayotimizda eng ko’p ishlatiladigan va tez tez almashtiriladigan mahsulot hisoblanadi. O’zini ozodaligiga e’tiborli kishilar xonadonlarida har bir farzand va ota onalar uchun alohida 3-4 tadan sochiqlar bo’ladi. Shunday bo’lishiga qaramasdan yurtimizga Turkiya va Xitoy davlatlaridan ham sochiqlar import bo’lib kelmoqda. Bu shundan dalolatki ushbu biznes kelajakda yanada gullab yashnaydi. Yurtmizda sayyohlar uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida yiliga o’nlab yangi mehmonxonalar qad rostlamoqda, ushbu mehmonxonalar uchun ham katta hajmda sochiqlarga va gigiyenik vositalarga yuqori talab bo’ladi. Shuni hisobga olgan holda hozir ushbu biznesni ochish siz uchun ayni payti ekanligini eslatmoqchimiz.
SKU: n/a -
Tayyor liniyalar
Sovun ishlab chiqarish liniyasi
Barcha biznes turlarida yuqori daromad ko`rish mumkin. O`z o`rnida bunga sabab qilib bir necha omillarni keltirishimiz mumkin. Lekin ba`zi ishlab chiqarish biznes turlari borki, ular orqali tadbirkor qisqa muddat ichida yuqori foydaga erishish mumkin. Buning uchun mahsulot yuqori sifatli, hamyonbop va eng muhimi mavsum-tanlamas bo`lishi darkor. Shunday ishlab chiqarish turlaridan biri bu, albatta, sovun ishlab chiqarish liniyasi.
Barchamizga ma`lumki, yildan yilga gigiyenik mahsulotlarga bo`lgan talab oshsa oshayaptiki, aslo kamaymayapti. Yurtimizda sovunga bo`lgan talab juda ham yuqori. Har bir xonadonning ro`zgo`rida bu mahsulotning o`rni beqiyos. Shu sababli ham tadbirkorlar shu biznes orqali yuqori daromadga erisha oladi. Buning uchun AFEX-GROUP sizga yuqori sifatli uskunalarni ta`minlashga yordam beradi. Sizga taklif qiladigan ishlab chiqarish liniyamiz yordamida 2 xil turdagi sovunlarni ishlab chiqarishingiz mumkin: xo`jalik sovuni (xalq tilida “kir sovun”) va atir sovun. Uskunalar Xitoy Xalq Respublikasining bu sohada uzoq yillardan beri ishlab kelayotgan xalqaro zavod tomonidan ishlab chiqarilgan. Keling, ishlab chiqarish zavodi haqida batafsil ma`lumotga ega bo`lib olsak.
SKU: n/a