AFEX

Sovun ishlab chiqarish liniyasi

Barcha biznes turlarida yuqori daromad ko`rish mumkin.

Individual taklif
Narx

Tavsif

Uskuna haqida

Barcha biznes turlarida yuqori daromad ko`rish mumkin. O`z o`rnida bunga sabab qilib bir necha omillarni keltirishimiz mumkin. Lekin ba`zi ishlab chiqarish biznes turlari borki, ular orqali tadbirkor qisqa muddat ichida yuqori foydaga erishish mumkin. Buning uchun mahsulot yuqori sifatli, hamyonbop va eng muhimi mavsum-tanlamas bo`lishi darkor. Shunday ishlab chiqarish turlaridan biri bu, albatta, sovun ishlab chiqarish liniyasi. Barchamizga ma`lumki, yildan yilga gigiyenik mahsulotlarga bo`lgan talab oshsa oshayaptiki, aslo kamaymayapti. Yurtimizda sovunga bo`lgan talab juda ham yuqori. Har bir xonadonning ro`zgo`rida bu mahsulotning o`rni beqiyos. Shu sababli ham tadbirkorlar shu biznes orqali yuqori daromadga erisha oladi. Buning uchun AFEX-GROUP sizga yuqori sifatli uskunalarni ta`minlashga yordam beradi. Sizga taklif qiladigan ishlab chiqarish liniyamiz yordamida 2 xil turdagi sovunlarni ishlab chiqarishingiz mumkin: xo`jalik sovuni (xalq tilida "kir sovun") va atir sovun. Uskunalar Xitoy Xalq Respublikasining bu sohada uzoq yillardan beri ishlab kelayotgan xalqaro zavod tomonidan ishlab chiqarilgan. Keling, ishlab chiqarish zavodi haqida batafsil ma`lumotga ega bo`lib olsak.

Umumiy ma`lumotlar

Ishlab chiqarish hajmi: 100-300kg/soat Ishchilar soni: 6ta Kerakli maydon o`lchami: 22*8*3,5m (uzunligi*kengligi*balandligi) Quvvati: 30kw/soat Maxsus talablar: kanalizatsiya tizimi, ventilyatsiya tizimi, 3 faza elektr toki, gigiyeniga talablariga javob beradigan maydon.

Ishlab chiqarish jarayoni

Ishlab chiqarish jarayoni murakkab bosqichlardan iborat emas. Bunda foydalanuvchidan yuqori texnik bilim va ko`nikmalar talab etilmaydi. Bizning tajribali texnologlarimiz sizga uskunalarni o`rnatib berishga amaliy yordam beradi.

Birinchi bosqich - xom ashyolarni tayyorlaymiz

Eng avvalgi bosqichda biz xom-ashyolarni tayyorlab olishimiz darkor. Xom-ashyolar tarkibi sovun turlari (xo`jalik sovuni va atir sovun)ga qarab o`zgaradi. Uskunalarimiz yordamida barcha turdagi sovunlarni ishlab chiqarishingiz mumkin. Buning uchun bizga mikser kerak bo`ladi. Mikser bizga barcha xom-ashyolarni sifatli mahsulot chiqarish uchun tayyorlab beradi.

Ikkinchi bosqich - xom ashyolarni maydalaymiz

Navbatdagi bosqichda aralashtirilgan xom-ashyolarni yaxshi birikishi uchun maydalab olamiz.

Uchinchi bosqich - ekstruderdan chiqaramiz

Ushbu bosqichda ishlab chiqarishimizning eng asosiy jarayonini o`tkazamiz. Maydalangan yarim tayyor xom-ashyolarni ekstruderlarga konveyor orqali o`tkazamiz. Ishlab chiqarish liniyasidagi eng muhim uskuna, albatta, ekstruder uskunasi. Ekstruder uskunasi yuqori sifatli uskuna bo`lib, sovunlarni kuchli bosim (press) ostida ishlab chiqaradi.

To`rtinchi bosqich - shakl beramiz

Ekstruderdan ishlab chiqarilgan sovunlarga qolipli val yordamida turli xil yozuvlar va naqshlar tushirishimiz mumkin. Bunda biz har bir mijoz bilan alohida ishlaymiz. Eslatib o`tamiz ushbu turdagi ishlab chiqarish liniyamiz orqali 2 turdagi sovunlarni ishlab chiqarishingiz mumkin: atir sovun va xo`jalik sovuni. Ishlab chiqarish jarayoni shu paytgacha bir xil bosqichlardan o`tdi. Faqatgina shu yerda farq qiladi. Xo`jalik sovuni, odatda, to`rtburchak shaklda bo`ladi. Shuning uchun unga faqatgina kesish uskunasining o`zi yetadi. Atir sovunlar esa dumaloq yoki oval. Shuning uchun ham bizga qo`shimcha uskuna kerak bo`ladi. Buning uchun bizga sovunni shtamplash mashinasi va maxsus qolip kerak bo`ladi.   Uskunalardan chiqqan sovunlarimiz konveyorga sotuvga tayyor holda tushadi. Konveyordan ularni olib, qadoqlab sotaversak ham bo`ladi. Qanday qadoqlamoqchiligingizga qarab turli xil uskunalar taklif etishimiz mumkin: paketchaga, qutichaga yoki ikki qavatli qog`ozli qadoqlash. Biz sizga gorizontal qadoqlash uskunasini taklif qilamiz.
AFEX · KONSULTATSIYA
Operatorlar onlayn

Tezkor narx so‘rovi

Ismingiz va telefon raqamingizni qoldiring — qolganini mutaxassisimiz hal qiladi.

UskunaSovun ishlab chiqarish liniyasi

Ma’lumotlaringiz uchinchi shaxslarga berilmaydi

Video

Uskunaning ishlash jarayoni.

Yetkazib berish va ishga tushirish

Konsultatsiyadan ishga tushirishgacha — jarayon to‘rt bosqichda, shartnoma asosida.

  1. 1

    Konsultatsiya

    Ehtiyojingizni aniqlab, konfiguratsiya va tijorat taklifini tayyorlaymiz.

  2. 2

    Shartnoma

    Muddat, to‘lov tartibi va kafolat shartlari shartnomada qayd etiladi.

  3. 3

    Yetkazib berish

    Uskuna ishlab chiqaruvchidan ob’ektingizgacha yetkaziladi.

  4. 4

    O‘rnatish va o‘qitish

    Mutaxassislarimiz uskunani ishga tushiradi va operatorlarni o‘qitadi.

Ko‘p so‘raladigan savollar

Yetkazib berish, shartnoma va kuzatuv bo‘yicha eng ko‘p beriladigan savollar.

Buyurtmalarimni online kuzatib turish imkoni mavjudmi?
Buyurtmalarni online kuzatish imkoniga egasiz. O'zbekistonda birinchilardan bo'lib GPS tizimi orqali yuklarni nazorat qilish, ularni joylashuvini aniqlab, yetib kelish vaqtini taxminiy hisoblovchi mexanizm ishlab chiqildi. Siz faqat shartnoma raqamini kiritgan holda bu ma'lumotlarni qo'lga kirita olasiz.
Yuklar qancha vaqtda yetqaziladi?
Yuklar yetkazib berish muddati ko'p hollarda ishlab chiqaruvchiga bog'liq bo'ladi. Aksariyat katta hajmli ishlab chiqarish uskunalarini yetqazish muddati oddiy uskunalarga nisbatan 2-3 marta ortiqroq vaqt talab etadi. Agar tayyor uskunalar bo'lgan taqdirda, yetqazib berish muddati 30 kundan boshlanadi.  Uskunalarni O'zbekiston hududida bojxona rasmiylashtiruv ishlari, Sertifikatlashtirish jarayonlariga ketadigan vaqt bundan mustasno.
Yetqazib berishning qanday usullari mavjud?
Chet ldan tovar turi va buyurtma olingan muddatga ko'ra yuklar O'zbekiston hududiga quyidagi asosda yetqaziladi: Havo yo'llari orqali Temir yo'l orqali Quruqlik transporti orqali Aralash transport orqali
Shartnoma tuzish uchun mendan nimalar talab etiladi?
Kompaniyamiz mijoziga aylanishingiz uchun sizdan: Tadbirkorlik sub'ektini tasdiqlovchi GUVOHNOMA; Bank rekvizitlari; STIR raqami; Rahbarning passport nusxasi; Shartnomani tasdiqlash uchun korxona muhri
Konsultatsiya

Loyihangizni birga muhokama qilamiz

Uskuna tanlash, texnik yechimlar va takliflar bo‘yicha maslahat olish uchun biz bilan bog‘laning.

Qo‘ng‘iroq qiling+998 93 381 6699Dush–Shan: 9:00 – 18:00
AFEX · IJTIMOIY TARMOQLAR

Bizni kuzatib boring

Yangi uskunalar, ishga tushirish va ishlab chiqarish jarayonlari — rasmiy kanallarimizda.

O‘xshash uskunalar

Barchasini ko‘rish