Texnik xususiyatlar
| Parametr | Qiymat |
| Elektr ta’minoti | 220V/50Hz; 110V/60Hz; 2 KVt |
| Ishlatiladigan siqilgan havo bosimi | 0.5-0.8 Mpa |
| Gaz sarfi | 0.3 m³/min |
| Optimal to’ldirish diapazoni | 50-2000 ml |
| To’ldirish tezligi | 15-30 paket/daqiqa (to’ldirish hajmiga bog’liq) |
| Uskunaning to’ldirish aniqligi | ± 0.5-1% |
| Mashina o’lchami | Uzunlik 800 * 600 * 700 mm; Og’irligi: 60 KG |
Uskunaning ishlash printsipi va tuzilishi
- Plastik idish yoki paket joylashtirish usuli: Qo’lda Plastik idishyoki paket ilib qo’yish
- To’ldirish usuli: Servo magnit tishli nasos yordamida aniq miqdorda (dozalab) to’ldirish, o’zi so’ruvchi (self-priming) tizim
- Qopqoq yopish usuli: Vibratsion disk orqali qopqoq avtomatik tushiriladi, disk balandligi sozlanadi (qopqoq o’lchamiga qarab moslashtiriladi)
- Xomashyo yuklash usuli: O’zi so’ruvchi tizim yoki nasos/feeder orqali (ixtiyoriy) — turli o’lchamdagi idishlar uchun aylanma stol yoki qopqoq yo’lagini almashtirish talab etiladi
Uskunaning asosiy afzalliklari:
- Ko’p qirrali qo’llanilishi: Kimyoviy-maishiy va oziq-ovqat sohasidagi idishlar uchun mos — masalan: suv, kir yuvish vositasi, shampun, jele, sharbat, moy, sut, ziravorlar, tomat sousi va boshqalar. Paket va plastik idish (baklajka) uchun to’g’ri keladi.
- Foydalanish qulayligi: Parametrlarni saqlash funksiyasi mavjud — bir marta sozlab saqlangach, keyingi safar faqat hajmni o’zgartirish kifoya
- Yuqori samaradorlik: Tez to’ldirish tezligi, yuqori barqarorlik — har bir to’ldirish hajmi brendli servo motorlar orqali alohida boshqariladi, natijada aniqlik yuqori bo’ladi
- Tozalash qulayligi: Tishli nasos, saqlash idishi va to’ldirish boshi klammer (qisqich) orqali biriktirilgan — asboblarsiz qismlarni ajratib tozalash mumkin; boshqaruv paneli avtomatik tozalash tugmasi bilan jihozlangan







There are no reviews yet.