Plastic recycling
Showing all 15 results
-
-
Plastikni qayta ishlash
Avtomatik plastik paketlar ishlab chiqarish liniyasi
Hukumatimiz tomonidan joriy qilingan qarorga ko’ra 2019 yilning 1 yanvaridan boshlab sotuvchilarga mahsulot sotib olgan xaridorlarga bepul polietilen paketlarni taqdim etish taqiqlandi. Bundan tashqari, sotib olinayotgan mahsulotlar narxiga paketlar qiymatini qoʻshish yoki ularni tannarxidan past narxlarda sotish ham taqiqlandi. Davlat ekologiya qoʻmitasiga manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birga xorij tajribasi va jamoatchilik muhokamasini hisobga olib, 2020 yilning 1 yanvariga qadar foydalanish xususiyatini yoʻqotganidan soʻng atrof-muhitga zarar yetkazadigan, ishlab chiqariladigan va import qilinadigan tovarlar guruhiga ekologik yigʻimni joriy qilish yuzasidan asoslangan takliflar kiritish vazifasi topshirilgan.
Shuningdek, mamlakat hududida qalinligi 40 mikrondan kam boʻlgan polimer plyonkadan paketlar ishlab chiqarish taqiqlanadi. Faqatgina biologik parchalanuvchi dastasiz polimer materiallardan tayyorlangan paketlar — mahsulotlarni qadoqlashning ajralmas qismi hisoblangan paketlar hamda turmushda foydalaniladigan paketlar sotiladigan oʻramlarga ruxsat berildi. Yuqoridagi fikrlarni o’qib ko’pchilikda plastik paketlar yo’q bo’lish arafasida degan fikr kelgan bo’lishi mumkin, lekin bu unchalik ham to’g’ri emas. Hozirda plastik mahsulotlarni qayta ishlash keng tarzda avj olgan palla, hamda juda yupqa bo’lgan plastik paketlarni qayta ishlash birmuncha qiyin va ularni qayta ishlash o’zini oqlamaganligi bois qalinroq ya’ni 40 mikronli plastik paketlarni qayta ishlash birmuncha osonlashadi deyishimiz mumkin.
SKU: n/a -
Plastikni qayta ishlash, Qadoqlash
Oziq-Ovqat mahsulotlari uchun plastik idishlar tayyorlash uskunasi (avtomatik)
Plastikni qayta ishlash, QadoqlashOziq-Ovqat mahsulotlari uchun plastik idishlar tayyorlash uskunasi (avtomatik)
Plastik idishlar, mahsulotlarni saqlashda asosan bir marttalik mahsulot sifada foydalinadi.Bu o’z navbatida ishlab chiqarilgan mahsulotlaringiz sotuvi uzluksiz bo’lishini ta’minlaydi.Bu mahsulot har doim xaridorga ega bo’ladi. Ammo uni ishlab chiqarish daromadli bo’ladimi? Bu savol sizni qiynayongan bo’lsa, bugungi kunda bozorda bir marta ishlatiladigan plastik idishlardan foydalinayotgan soxalarni ko’rib chiqaylik:
SKU: n/a -
Plastikni qayta ishlash, Qayta ishlash
PE / PP chiqindi mahsulotlarini qayta ishlash liniyasi
Zamonaviy dunyoda ishlab chiqarish sohasi rivojlanib borar ekan, undan ortgan chiqindilarni qayta ishlash sohasiga ham e`tibor tobora kuchayib bormoqda. Hozirda barcha rivojlangan mamlakatlarda qayta ishlash sohasi mamlakat ekologik iqtisodiyotida salmoqli o`rin egallaydi va xalqaro hamjamiyatlar ham shuni ta`lab qilmoqda.
Shu o`rinda yurtimizda ham so`nggi yillarda ushbu sohaga investitsiyalar miqdori oshib bormoqda. Shu sababli ham AFEX-GROUP kompaniyasi a`zolari tadbirkorlarga yurtimiz iqtisodiyoti va ekologiyasiga o`z hissasini qo`shishga yordam berish maqsadida, turli xil qayta ishlab chiqarish uskunalarini taklif qilishda favom etamiz. Navbat esa polietilen va polipropilen selofan mahsulotlarni qayta ishlashga mo`ljallangan uskunalarimizga.
SKU: n/a -
-
Plastikni qayta ishlash
Plastik paketlar uchun 2 xil rangli rotogravyur printerli ekstruder
Biz sizga quyida tavsiya etadigan liniya yordamida siz qalinligi 200 mikrongacha bo’lgan paketlar ishlab chiqarishingiz mumkin. Uskuna eng zamonaviy texnologiyalar asosida ishlangan bo’lib, unda PLC boshqaruv tizimi o’rnatilgan va TOUCH SCREEN panel orqali hammasi o’z nazoratingiz ostida bo’ladi. Biz uskunaga online 2 xil rangli rotogravyur printer o’rnatdik, bu esa sizga ish jarayonida paketlarga kerakli logotiplarni chop etish imkonini beradi. Paket uchun rotogravyur va Flexo printerlardan foydalaniladi, hamda ularni chop etish sifati ham turlicha bo’ladi. Masalan Flexo printerga tasvirni rezina valga tushirish orqali ishlaydi va bunda kichik hajmli detallar va yozuvlar ko’rinmay qolish yoki xiralashish holatlari mavjud. Rotogravyur printerlar esa so’nggi avlod metall valga lazerda tasvir tushirish yo’li bilan chop etadi. Bu jarayonda tasvir aniqligi, unda kichik shriftli yozuvlar ham aniq ko’rinishi ta’minlanadi.
SKU: n/a -
Plastikni qayta ishlash, Tayyor liniyalar
Polipropilen qoplar ishlab chiqarish liniyasi (15000 dona/sutkasiga)
Plastikni qayta ishlash, Tayyor liniyalarPolipropilen qoplar ishlab chiqarish liniyasi (15000 dona/sutkasiga)
Har qanday mahsulotlar bugungi kunda qadoqlanib sotilmoqda. Shu sababdan polipropilen qoplar qurilish mollari, un mahsulotlari, shakar mahsulotlari va hattoki poliz mahsulotlari uchun ham ajoyib qadoq mahsuloti bo’lib xizmat qilmoqda. Shu sababli AFEX-GROUP kompaniyasi ushbu daromadli biznesni siz azizlarga taqdim etishga qaror qildi. Ishlab chiqarish uchun eng avvalo zaruriy infratuzilmalar quyidagilar:
SKU: n/a -
Plastikni qayta ishlash
PP, PS plyonkalar ishlab chiqarish liniyasi
So’nggi o’n yil ichida qadoqlashga bo’lgan talablarning oshishi, yirik chakana sotuvchilarning paydo bo’lishi, turli xil tarkibi va xususiyatlariga ega yangi turdagi plyonkalarni ishlab chiqarishni talab etadi. Polimer plyonkalarning ko’p turlari mavjud, har yili qadoqlash bozori yaxshilangan xususiyatlarga ega yangi modifikatsiyalarni taklif qiladi.
SKU: n/a -
Plastikni qayta ishlash
PVX dekor panellar ishlab chiqarish liniyasi
Kerakli uskunalar ro’yhati:
- Yetkazib berish uskunasi 3 dona
- PVX mikser
- Vibratsion elak
- Portativ bunker (silos) 2 dona
- Ekstruder uskunasi
- Vakuum kalibrlash uskunasi
- PVX panellarni tog’irlash va keyingi bosqichga yetkazish uskunasi
- Laminatlash va shtamplash uskunasi
- Kesish uskunasi
- Tayyor mahsulotni yig’uvchi uskuna
- PVX plyonkalarni kesish uskunasi
- PVX maydalash drobilka uskunasi
- PVX uchun maxsus pulverizator (tegirmon)
- Qoliplar
SKU: n/a -
Plastikni qayta ishlash
PVX uchun maxsus mikser
Yuqori ishlash talablari, xom ashyoning yangi xususiyatlari, texnologik jarayonlar ketma – ketligi yoki ortib borayotgan sifat talablari-ishlab chiqarish liniyasining parametrlarini sozlash uchun ko’plab sabablar mavjud. Ko’pincha, materialni texnologik zanjirdagi birinchi qadamni sifatli tayyorlash to’g’ri ko’rib chiqilmaydi. Biroq, yaxshi optimallashtirilgan aralashma yuqori darajadagi takrorlanadigan natijaning asosidir. Ushbu mikserlarning vazifasi stabilizator, kinyoviy yog’li materiallarni va modifikatorlarning bir xil va teng taqsimlanishini ta’minlashdan iborat. Ushbu mikser aralashmani changsiz, quruq holatga aylantiradi.
Isitish mikseri materialni va barcha qismlarni 5-8 daqiqa davomida 110 C dan 130 C gacha bo’lgan haroratga qizdirib aralashtirish uchun mo’ljallangan. Ushbu jarayon barcha birikmalarni material zarralari bilan bog’laydi. Biroq, bu haroratda, birlashtiruvchi mumlar hali ham biroz yopishqoq va kompozitsion bosim ostida siqilmaslikka moyildir. Shuning uchun aralashma isitish mikseridan sovutish mikseriga tushiriladi, u yerda taxminan 40 C ga qadar sovutiladi. Shundan so’ng aralashma material vertikal sovutish mikserida sovutiladi. Keyingi bosqichda aralash materialni siloslash va keying ishlov jarayonlari jumladan ekstruziyalash uychun ishlatish mumkin.
SKU: n/a -
Plastikni qayta ishlash
PVX uchun maxsus pulverizator (tegirmon)
PVX pulverizatsiya uskunasi ya’ni buni boshqacha nom bilan tegirmon ham deb atash mumkin. Qattiq va granula ko’rishidagi plastic va boshqa mahsulotlarni maydalash uchun ishlatiladi Vibratsiyali yetkazib berish qismi orqali xomashyo maydalash qismiga yetkazib beriladi. Yuqori tezlikda ishlochi tegirmon mahsulotni maydalaydi va undan chiqqan mahsulot maxsus so’ruvchi qism orqali keyingi bosqichga yo’naltiriladi. Mahsulotlar kerakli dozada qo’shilganda ular tegirmonda maydalanib, bir xil kukun shakliga keltiriladi. Elakdan o’tmagan kattaroq bo’laklar qaytadan tegirmonga tashlanib, jarayon yana takrorlanadi. Ushbu uskuna asosan LDPE, LLDPE, RPVC, HDPE, UPVC, PC va boshqa plastic markalarini maydalash uchun ishlatiladi. Plastik bilan ishlovchi ekstruziya liniyalarida deyarli barchasida ushbu uskuna xizmatidan foydalaniladi.
SKU: n/a -
Plastikni qayta ishlash
Yopishqoq lentali paketlar chiqarish uskunasi
Ishlab chiqarish sohasi rivojlangan sari O`zbekiston bozorida ham mahsulotlar ko`lami kengayib bormoqda. Shu xususida plastik paketlarga bo`lgan talab ham ortib bormoqda.
Quyidagi ishlab chiqarish uskunamiz yordamida, asosan, kiyim-kechaklar uchun ishlatiladigan yopishqoq lentali paketlarni ishlab chiqarsangiz bo`ladi.
SKU: n/a