Shop
Jami 667 natijadan 46–60
-
-
Oziq ovqat
Avtomatik muzqaymoq ishlab chiqarish liniyasi
Muzqaymoq butun dunyo bo`ylab keng tarqalgan mahsulotlardan biri hisoblanadi. Yer sharining istalgan qismida ushbu mahsulotning turli xil turlarini topish mumkin. Misol uchun 2021-yilning birinchi yarmida yurtimizga 643,9 tonna muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlari 11ta mamlakatdan import qilingan. Shu statistikaning o`zigina O`zbekistondagi talab yuqori ekanligini ko`rsatadi.
AFEX-GROUP kompaniyasi O`zbekistondagi tadbirkorlarga yuqori daromadli bizneslardan biri bo`lgan – avtomatik muzqaymoq ishlab chiqarish liniyasini taklif qiladi. Liniya yordamida turli xil muzqaymoqlarni – shokoladli, 3 qavatli, mevali va boshqa ko`plab turdagi muzqaymoqlarni chiqarsangiz bo`ladi. Quyida ushbu ishlab chiqarish liniyasi haqida umumiy ma`lumotlar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
SKU: n/a -
Plastikni qayta ishlash
Avtomatik plastik paketlar ishlab chiqarish liniyasi
Hukumatimiz tomonidan joriy qilingan qarorga ko’ra 2019 yilning 1 yanvaridan boshlab sotuvchilarga mahsulot sotib olgan xaridorlarga bepul polietilen paketlarni taqdim etish taqiqlandi. Bundan tashqari, sotib olinayotgan mahsulotlar narxiga paketlar qiymatini qoʻshish yoki ularni tannarxidan past narxlarda sotish ham taqiqlandi. Davlat ekologiya qoʻmitasiga manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birga xorij tajribasi va jamoatchilik muhokamasini hisobga olib, 2020 yilning 1 yanvariga qadar foydalanish xususiyatini yoʻqotganidan soʻng atrof-muhitga zarar yetkazadigan, ishlab chiqariladigan va import qilinadigan tovarlar guruhiga ekologik yigʻimni joriy qilish yuzasidan asoslangan takliflar kiritish vazifasi topshirilgan.
Shuningdek, mamlakat hududida qalinligi 40 mikrondan kam boʻlgan polimer plyonkadan paketlar ishlab chiqarish taqiqlanadi. Faqatgina biologik parchalanuvchi dastasiz polimer materiallardan tayyorlangan paketlar — mahsulotlarni qadoqlashning ajralmas qismi hisoblangan paketlar hamda turmushda foydalaniladigan paketlar sotiladigan oʻramlarga ruxsat berildi. Yuqoridagi fikrlarni o’qib ko’pchilikda plastik paketlar yo’q bo’lish arafasida degan fikr kelgan bo’lishi mumkin, lekin bu unchalik ham to’g’ri emas. Hozirda plastik mahsulotlarni qayta ishlash keng tarzda avj olgan palla, hamda juda yupqa bo’lgan plastik paketlarni qayta ishlash birmuncha qiyin va ularni qayta ishlash o’zini oqlamaganligi bois qalinroq ya’ni 40 mikronli plastik paketlarni qayta ishlash birmuncha osonlashadi deyishimiz mumkin.
SKU: n/a -
Omborda mavjud uskunalar, Qog`ozni qayta ishlash
Avtomatik qog`oz salfetka ishlab chiqarish uskunasi (Sensorli boshqaruv panelli) AF-B002
Omborda mavjud uskunalar, Qog`ozni qayta ishlashAvtomatik qog`oz salfetka ishlab chiqarish uskunasi (Sensorli boshqaruv panelli) AF-B002
Kundalik hayotimizda bir martalik mahsulotlarga bo’lgan talab ortsa ortmoqdaki, lekin kamaygani yo’q. Taom uchun, ichimlik uchun bir martalik idishlar, ayniqsa qog`ozdan ishlab chiqarilgan bir martalik salfetkalarni har birimiz deyarli har kuni ishlatamiz. Bir martalik qog’oz salfetkalar ovqatlanish shaxobchalari, kafelar, restoran va to`yxonalarda, hattoki uyda ham matodan yasalgan salfetkalar o`rnini to’liq egallamoqda. Chunki bu turdagi salfetkalar gigienik talablarga to’la javob berishidan tashqari ishlatish uchun ham juda qulay. Shuning uchun yurtimizda bu turdagi salfetkalarga bo`lgan talab yanada oshmoqda. Har bir ishni boshlashdan oldin har qanday tadbirkor boshlayotgan ishining kelajagi haqida qayg’uradi. Ushbu biznes bizning hududga tog’ri kelishining sabablarini quyida bayon qilib o’tmoqchimiz:
- Yurtimizda bu soha juda ommalashmaganligi bois bozorga o’z mahsulotingiz bilan kirish qiyin bo’lmaydi;
- Mahsulot uchun xomashyoni yurtimiz hududidan istalgan vaqtda va istalgan hajmda topish mmumkinligi
- Tayyor mahsulot hajmi ko’p joy egallaganligi sababli viloyatlarda ham ishlab chiqarish yaxshi samara berishi;
- Alohida malakali ishchiga zaerurat yo’qligi;
- Mahsulot xaridorga sotish vaqti cheklanmaganligi sababli siz uni oziq ovqat mahsulotlar singari muddati o’tib, aynib qolishidan qo’rqmasangiz ham bo’ladi.
SKU: AF-B002 -
Yengil sanoat
Avtomatik rulon shaklida ko’rpa-choyshab qavish liniyasi
“AFEX-GROUP”- Ko’rpa-choyshab, adyol, matras, kiyim-kechak, kiyim-kechak astarliklari va boshqa mahsulotlar ishalab chiqarishda zamonaviy, kompyuterlashtirilgan ko’p igna bilan tikuchi, avtomatlashtirilgan liniyani taklif etadi.
SKU: n/a -
-
Oziq ovqat
Avtomatik zefir shirinligini ishlab chiqarish liniyasi
Ushbu mahsulot butun dunyo bo`ylab keng yoyilgan bo`lib, turli xil shakllarda, ranglarda, o`lchamlarda ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarish uchun ko`p xom-ashyo ishlatilmasligi tufayli ham jarayon ancha tez va oson kechadi. Jarayon so`ngida esa assortimentni kengaytirish uchun tayyor mahsulotni shokolad va qo`shimcha shirinliklar bilan qoplash mumkin.
SKU: n/a -
Avtoservis uskunalari
Avtomobil disklarini yo’nuvchi mobil qurilma AF-SD11
Tormoz disklarni o’z vaqtida qarab ularni texnik ko’rikdan o’tqazish har bir haydovchining salomatligi uchun juda muhim omil sanaladi. chunki aynan disklardagi nosozlik sabab ko’plab yo’l transport hodisalariga olib kelishi mumkin. O’z vaqtida texnik xizmat ko’rsatilishi haydovchilarimizni ortiqcha harajatlardan ham asrab qolgan bo’ladi.
SKU: AF-SD11