1 / 9Avtomatik, metall lentalar tayyorlash liniyasi
Dunyoning barcha mamlakatlari qatorida, yurtimizda xam metallurgiya sohasi barqaror o'sishda davom etmoqda.
- Quvvat manbai
- 380V,50Hz,3 faza
- Umumiy o’rnatish quvvati
- 150 KW
- Rulonni maksimal og’irligi
- 15 000kg
- Kesish qalinligi
- 0,5-3mm
- Kesish eni
- 300-1600mm
- Kesish hajmi 0.3-1,0 mm
- 25 ta lenta
Tavsif
Uskuna haqida
Dunyoning barcha mamlakatlari qatorida, yurtimizda xam metallurgiya sohasi barqaror o'sishda davom etmoqda. Albatta bularni barchasi aholi va istemolchilar soni bilan bog'liq jarayonlardir. Yurtimizda ishlab chiqarish imkoniyati bor bo'lgan lekin import bo'lishda davom etayotgan bazi mahsulotlar kishini ajablantiradi. Biz shunday mahsulotlardan biri yani metal lentalar ishlab chiqarishga oid ma'lumotlar va texnologiyalari bilan tanishtirib chiqamiz.
Kerakli xom ashyo:
Kengligi 1600mm gacha va qalinligi 0.5-3 mm gacha bo'lgan metal rulonlar.
Metalni qalinlik darajasi turlicha, masalan gipsakarton profili ishlab chiqarish uchun qattiqlik va qalinlik darajasi uncha yuqori bo'lmagan metal lentadan foydalaniladi. Truba va profilga qattiqlik va qalinlik darajasi yuqori bo'lgan metal lentadan foydalanish maqsadga muvofiq. Uskunalarda metallarga ishlov berish jarayonida qanchalik qattiqlik darajasi yuqori bo'lsa, sinish ehtimoli shuncha yuqori bo'ladi.
Kerakli maydon:
Mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun liniyani barcha uskunalarni 225 (25x9) kvadrat metr maydonga joylashtirilishi mumkin.Bundan tashqari xom ashyolar saqlash va yuk mashinalari kirib-chiqish yo'laklari mavjud bo'lishi kerak.Binoning shift balandligi kamida 6 metrdan yuqori bo'lishi kerak.binoning yuqori qismida ko'tarish moslamasi (TAL) bo'lishi talab etiladi.
Kerakli Ta'minot:
Sanoat ob'ekti infratuzilmasining elementlari elektr energiyasi ta'minoti bilan ta'minlanishi kerak. •Liniya elektr quvvati -150 KW/380V,50HZ. •Talab etiladigan transformator-200KW/380V, 50HZ dan yuqori.Liniya takibidagi uskunalar:
• Rulonni yuklash qurilmasi • Rulonni yechish uskunasi • Tekislash uskunasi • Yon tomondan yo'naltirish qurilmasi • Lentalarga kesish uskunasi • Ortiqcha lentani o'rash (ikki tarafda) qurilmasi • Looper qurilmasi • Ajratuvchi va tortish uskunasi • O'rash uskunasi • O'rash uskunasi uchun tushirish qurilmasi • Gidravlik tizimi • Pnevmatik tizim • Elektron boshqaruv tizimi
Ishlab chiqarish bo'qichlari xaqida, quyidagi rasmda ko'rishingiz mumkin.
Avtomatik metal lentalarni tayyorlash liniyasini ishlash mexanizimini, uskunalar rasmlari yordamida yoritib beramiz.
Metal ruloni yechish uskunasi
Ushbu uskunaga metal rulonlarni,rulon yuklab beruvchi qurilma yordamida yuklab olamiz.Uskunaga ichki diametri Ф508 rulondan foydalaniladi, agar ichki diametri katta bo'lsa kauchuk qistirma orqali joylanadi. Gidravlik slinder kengayish diapazoni: F460 - F510mm, to'xtash tizimi pnevmatik bosim bilan, maksimal rulon kengligi 1600mm.Tekislash
O'lchamlarda kesishdan oldin,metal rulonni vallar orqali bir tekisda, tekislab olish talab etiladi.
Aniq o'lchamlarda kesuvchi uskuna
Kesuvchi disklarni diametri Φ180.Disklarni 1600 мм kenglikda o'rnatish mumkin. Kesish tezligi ≤80m / min. 0.3-1.0 mm hajmli kesilganda 25 qatorli, 1.0-1.9 mm hajmli kesilganda 15 qatorli, 2-3 mm hajmli kesilganda 8 qatorli, lentalar hosil bo'ladi.Ortiqcha lentani o'rash qurilmasi
Uskuna kesish jarayonida, kerakli hajmlarda kesilgan metal lentalardan tashqari, rulonni chetlaridan ortgan ortiqcha lentalarni, uskunani faolyatiga tasir qilmasligi uchun metalni o'rab oladi.
Lentalarni taranglashtiruvchi
Ushbu uskuna lentalarni ajratib, tarang qilib beradi, bu jarayon kesuvchi uskundagi lentalarni kesilishini osolashtiradi. Bu uskunaga (Looper) chuquriligi 3 metr, kengligi 2 metr va uzunligi 3 metr bo'lga joy kerak bo'ladi, lentalar kegingi jarayonga o'tishda halqa hosil qiladi.Lentani o'rash
Looperdan o'tgan,tayyor metal lentalar halqa simon bo'lib, bir tekisda o'raladi.O'rash qurilmasidan mahsulotlar, tushirish qurilmasi yordamida tushirib olinadi.Elektr shkaf
Elektr boshqaruv kabinetini va Ikkita manipulyatsiya paneli mavjud, PLC tizimi orqali uskunani boshqariladi. Bosim: 16Mp Power: 7.5KW-4 dona Yog' idishining hajmi: 450LUmumiy ko‘rsatkichlar

- Kesish qalinligi
- 0,5-3mm
- Kesish eni
- 300-1600mm
- Kesish hajmi 0.3-1,0 mm
- 25 ta lenta
- Kesish hajmi 1-1,9mm
- 15 ta lenta
- Kesish hajmi 2-3 mm
- 8 ta lenta
- Kesish tezligi
- Maks 80m/min
- Quvvat manbai
- 380V,50Hz,3 faza
- Umumiy o’rnatish quvvati
- 150 KW
- Rulonni maksimal og’irligi
- 15 000kg
Ishlab chiqarish jarayonidan video lavha
Tezkor narx so‘rovi
Ismingiz va telefon raqamingizni qoldiring — qolganini mutaxassisimiz hal qiladi.
Ma’lumotlaringiz uchinchi shaxslarga berilmaydi
Texnik xususiyatlar
Ma’lumotlar ishlab chiqaruvchi tomonidan taqdim etilgan; konfiguratsiya buyurtmaga qarab o‘zgarishi mumkin.
Umumiy ko‘rsatkichlar
9 parametr- Kesish qalinligi
- 0,5-3mm
- Kesish eni
- 300-1600mm
- Kesish hajmi 0.3-1,0 mm
- 25 ta lenta
- Kesish hajmi 1-1,9mm
- 15 ta lenta
- Kesish hajmi 2-3 mm
- 8 ta lenta
- Kesish tezligi
- Maks 80m/min
- Quvvat manbai
- 380V,50Hz,3 faza
- Umumiy o’rnatish quvvati
- 150 KW
- Rulonni maksimal og’irligi
- 15 000kg
Video
Uskunaning ishlash jarayoni.
Yetkazib berish va ishga tushirish
Konsultatsiyadan ishga tushirishgacha — jarayon to‘rt bosqichda, shartnoma asosida.

Konsultatsiya
Ehtiyojingizni aniqlab, konfiguratsiya va tijorat taklifini tayyorlaymiz.

Shartnoma
Muddat, to‘lov tartibi va kafolat shartlari shartnomada qayd etiladi.

Yetkazib berish
Uskuna ishlab chiqaruvchidan ob’ektingizgacha yetkaziladi.

O‘rnatish va o‘qitish
Mutaxassislarimiz uskunani ishga tushiradi va operatorlarni o‘qitadi.
Ko‘p so‘raladigan savollar
Yetkazib berish, shartnoma va kuzatuv bo‘yicha eng ko‘p beriladigan savollar.
Buyurtmalarimni online kuzatib turish imkoni mavjudmi?
Yuklar qancha vaqtda yetqaziladi?
Yetqazib berishning qanday usullari mavjud?
Shartnoma tuzish uchun mendan nimalar talab etiladi?
Loyihangizni birga muhokama qilamiz
Uskuna tanlash, texnik yechimlar va takliflar bo‘yicha maslahat olish uchun biz bilan bog‘laning.
Bizni kuzatib boring
Yangi uskunalar, ishga tushirish va ishlab chiqarish jarayonlari — rasmiy kanallarimizda.
O‘xshash uskunalar
Omborda mavjudShisha idishlar uchun qopqoq yopish uskunasi
Omborda mavjudCo2 lazer markalash uskunasi (konveyerda ishlatish uchun)

3D xrustiklar ishlab chiqarish liniyasi.(Avtomatik liniya)

Asfalt ishlab chiqarish zavodi

Burchak profil (перфоугол) Ishlab chiqarish uskunasi

AF-M6 Metall trubalarga naqshinkor iz tushirish uskunasi

Homut(shlang qisqichi) yig‘ish liniyasi

Lazerli kesish uskunasi AFX-6015 6000W
Shu uskunalar bilan biznes g‘oyalari
Boltlar, gaykalar va boshqa metall mahsulotlar ishlab chiqarish liniyasiBoltlar, gaykalar va boshqa metall mahsulotlar ishlab chiqarish liniyasi — po‘lat simni tozalash va kalibrlash, sovuq holda kallak hosil qilish, rezba yumalatish va kesish, termik ishlov berish hamda qoplash orqali mahkamlash detallarini tayyorlash uchun mo‘ljallangan. Qurilish, mashinasozlik, mebel va avtomobil sanoati uchun standart va maxsus boltlar, gaykalar, vintlar, shayba va shuruplar ishlab chiqarish imkonini beradi.Batafsil
Zanglamas metalldan xo‘jalik buyumlari ishlab chiqarish liniyasiZanglamas metalldan xo‘jalik buyumlari ishlab chiqarish liniyasi — po‘lat rulonni yechish, tekislash va zagotovka kesish, gidravlik presslarda chuqur cho‘zib shtamplash, chetini qayirish, jilolash hamda dastalarni o‘rnatish orqali kastryul, qozon va boshqa idishlar tayyorlash uchun mo‘ljallangan. Uy-ro‘zg‘or, restoran va oshxonalar uchun gigiyenik va uzoq xizmat qiladigan idish-tovoq ishlab chiqarish imkonini beradi.Batafsil
Zanglamas metalldan oshxona anjomlari ishlab chiqarish liniyasiZanglamas metalldan oshxona anjomlari ishlab chiqarish liniyasi — po‘lat tasmadan zagotovka kesish, valiklarda prokatlab cho‘zish, shtamplab shakl berish, robotlashtirilgan silliqlash va jilolash hamda dasta o‘rnatish orqali qoshiq, sanchqi va pichoqlar tayyorlash uchun mo‘ljallangan. Uy-ro‘zg‘or, restoran va mehmonxonalar uchun gigiyenik, zangga chidamli va uzoq xizmat qiladigan oshxona anjomlari ishlab chiqarish imkonini beradi.Batafsil
Metall konstruksiyalar ishlab chiqarish liniyasiMetall konstruksiyalar ishlab chiqarish liniyasi — po‘lat listlarni drob purkab tozalash va CNC uskunalarida kesish, H- va I-simon to‘sinlarni yig‘ish va avtomatik payvandlash, tokchalarini to‘g‘rilash va bo‘yash orqali bino karkaslari uchun tayyor po‘lat elementlar ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan. Ombor, sex, angar va savdo majmualari karkaslarini zavod sharoitida tayyorlab, qurilish maydonida tez yig‘ish imkonini beradi.Batafsil