Endi esa liniya haqida to’liqroq ma’lumot berib o’tsak. Kolbasa ishlab chiqarish liniyasi quyidagi bosqichlardan va uskunalardan iborat:
1.GO’SHT MAYDALASH USKUNASI
Go’sht maydalash uskunasi | |
Ish hajmi(kg) | 300-500kg/soat |
Umumiy quvvat | 5.5 kvt |
Tashqi o’lchamlari | 950*550*900mm |
Og’irligi | 190kg |
2. QIYMALASH USKUNASI
Ushbu uskunada maydalangan go’sht qaytadan qiymalanadi. Go’shtni maydalashning o’zi yetarli bo’lmaganli sababli, Ushbu bosqichda go’sht yana qiymalanadi va juda mayda qorishma holigan keladi.
Qiymalash uskunasi | |
Ish hajmi(kg) | 30 kg/bir vaqtda |
Umumiy quvvat | 4 kvt |
Qiymalagichlar soni | 3 dona |
Tashqi o’lchamlari | 1100*830*1080mm |
Og’irligi | 300kg |
3. ARALASHTIRISH USKUNASI
Bilamizki, Kolbasa mahsulotlari faqatgina go’shtdan tayyorlanmaydi. Unga qo’shimcha ravishda tuxum, sut mahsulotlari, ziravorlar kabi yordamchi mahsulotlar qo’shiladi. Ushbu uskunada ularning barchasi aralashtirilib, bir xil massaga keltiriladi.
Aralashtirish uskunasi | |
Ish hajmi(kg) | 100 kg/bir vaqtda |
Umumiy quvvat | 2.2 Kvt |
Tashqi o’lchamlari | 940*700*1160mm |
Og’irligi | 200 kg |
4. IKKI TOMONLAMA KOLBASA (SOSISKA) TO’LDIRIB BERISH USKUNASI
Tayyorlangan qorishma bunker orqali kolbasa qobig’iga to’ldiriladi. Bunda esa bizga yuqoridagi to’ldirish uskunasi yordam beradi.
Ikki tomonlama kolbasa to’ldirish uskunasi | |
Bunker sig’imi | 30L |
Umumiy quvvat | 2.2 Kvt |
Kolbasa(sosiska) to’ldirish diametri | 10-48mm |
Tashqi o’lchamlari | 1150*700*1680mm |
Ish hajmi(kg) | 200-300kg/soat |
5. KOLBASA (SOSISKA) BOG’LAB BERISH USKUNASI
Deyarli tayyor bo’lgan kolbasa va sosiska mahsulotlari Bog’lash uskunasi orqali maxsus iplar bilan bog’lanadi.
Kolbasa(sosiska)bog’lash uskunasi | |
Ish hajmi(kg) | 10-100 dasta/bir vaqtda |
Umumiy quvvat | 1 Kvt |
Kolbasa(sosiska) diametri | 9-40mm |
Tashqi o’lchamlari | 1080*520*980mm |
6. AVTOMATIK DUDLASH USKUNASI
Va nihoyat so’nggi bosqichda tayyor bo’lgan mahsulotlar dudlash uskunasiga solinadi va u yerda tutun berish orqali dudlanadi. Dudlash muhim jarayonlardan biri bo’lib, ushbu jarayonda mahsulot tarkibida bo’lishi mumkin bo’lgan mikro-organizmlar yo’qotiladi hamda dudlangan mahsulotlarning uzoqroq vaqt saqlanishiga xizmat qiladi.
Avtomatik dudlash uskunasi | |
Ish hajmi(kg) | 100 kg/bir vaqtda |
Umumiy quvvat | 5 Kvt |
Tashqi o’lchamlari | 1200*1120*2000mm |
Og’irligi | 400 kg |
Liniya narxlari | |
Go’sht maydalash uskunasi | 2 400$ |
Qiymalash uskunasi | 3 600$ |
Aralashtirish uskunasi | 2 900$ |
Kolbasa to’ldirish uskunasi | 3 900$ |
Bog’lash uskunasi | 3 700$ |
Avtomatik dudlash uskunasi | 8 700$ |
Jami uskunalar narxi(QQSsiz Toshkent shahriga yetib kelishi) | 25 200$ |
Hozircha izohlar yoq. Siz birinchi bo'lib izoh qoldiring!