xitoydan
Jami 228 natijadan 46–60
-
Qog`ozni qayta ishlash
Gofra qutilar ishlab chiqarish liniyasi AF-L028
Har qanday mahsulotingizni xaridorga sifatli yetib borishini ta’minlash uchun asosan gofra qutilardan foydalaniladi. Ushbu biznes dunyo bo’ylab XXI asrda trend darajaga ko’tarildi desak yanglishmaymiz. Gofra qutilar mahsulot sifatiga ta’sir etmagan holda, ularni deformatsiyalanishdan saqlashda ishlatiladi. Gofra qutilar ishlatilish sohasiga ko’ra 2,3,5 va 7 qavatli bo’lishi mumkin. Eng keng tarqalgan turlari bu 2 va 3 qavatli turlari hisoblanadi. Quyida sizga taklif etadigan ishlab chiqarish liniyamizni ko’pchilik tadbirkorlar sotib olish imkoniyatlari mavjud bo’lishi uchun uni yarim avtomat ko’rinishini tavsiya etishga qaror qildik. Uskuna yordamida siz bir tomoni silliq yuzali gofra qutilar ishlab chiqara olasiz. Uskuna kengligi 1400mm bo’lgan kraft rulon bilan ishlash uchun mo’ljallangan. Ishlab chiqarishni yanada kengaytirmoqchi yoki katta hajmda ishlab chiqarishni tashkil etish istagida bo’lgan mijozlarimiz uchun to’liq avtomat ishlab chiqarish liniyalarini ham olib kelish imkoniyatimiz mavjud.
SKU: n/a -
Tayyor liniyalar
Ichimliklar uchun bir martalik naychalar ishlab chiqarish liniyasi AF-L019
Kundalik hayotimizda har doim ishlatiladigan, talab yuqori bo’lgan bir martalik mahsulotlarni ishlab chiqarish yaxshigina daromad keltirishi barchamizga ma’lum. “AFEX-GROUP” jamoasi e’tiboringizga havola qilayotgan ichimliklar uchun bir martalik naychalar ham talab yuqori mahsulotlar sirasiga kiradi. Bunday naychalardan kafelar, barlar, restoranlar, anyiqsa fast-food tarmoqlari va uy sharoitida ham keng ko’lamda foydalaniladi. Bunday naychalar ayniqsa onajonlarimiz uchun yaxshigina yordamchi hisoblanadi. Chunki bolajonlar uchun sut mahsulotlari va sharbatlarni bunday naychalarda iste’mol qilish ularning eng sevimli mashg’ulotlaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, sut mahsulotlari, sharbatlar va boshqa turdagi ichimliklarni ichishni rad etib xarxasha qilayotgan bolajonlarimizni ko’ndirishda onajonlarimizga har xil rangdagi bejirim, qulay va bolani e’tiborini tortadigan naychalar yordamga keladi.
SKU: AF-L019