mevali chipslar
Yagona natijani ko'rsatish
-
Oziq ovqat, Quritilgan mahsulotlar
Mevali chipslar ishlab chiqarish liniyasi AF-L001
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29-mart kuni «O‘zbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilikni jadal rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» farmonni imzoladi.
Unga ko‘ra, 2018-yilda har bir hududda 1-2 ta meva-sabzavot klasterlari tashkil etilib, 2019-yildan boshlab meva-sabzavot yetishtirishga ixtisoslashgan barcha tumanlarni qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini tashkil etishning klaster shakliga jalb qilinadi.
2018-yilning 1-yanvaridan meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiruvchi tashkilotlarga daromadga vositachi tashkilotlar uchun ko‘zda tutilgan stavka bo‘yicha soliq solgan holda mukofot summasidan yagona soliq to‘lovini to‘lash huquqi berildi.
2018-yilning 1-aprelidan bitta meva-sabzavot klasteri ichida sotiladigan mahsulotga qo‘shimcha qiymat solig‘i solinmaydi va davlatning maqsadli fondlariga majburiy ajratmalar undirilmaydi.
Shu munosabat bilan sizlarga muhim va serdaromad tadbirkorlik turi boʻlgan Meva va sabzavotlardan Chips ishlab chiqarish biznesini taklif qilmoqdamiz. Ushbu liniya yordamida siz bemalol oʻz biznesingizni boshlab, turli koʻrinishdagi meva va sabzavotlardan ishlab chiqarilgan va qadoqlangan chipslarni eksport uchun tayyorlash, shu bilan birga ichki bozorda oʻz oʻrningizni topish imkonini beradi. Liniya yuqori texnologik bosqichlarni oʻz ichiga olgan boʻlib xaridorlarning talab va istaklarini inobatga olgan holatda optimal qilib berishga harakat qildik. Xaridorlarimiz talablariga binoan ishlab chiqarish hajmini oshirish yoki kamaytirish imkoni bor
SKU: AF-L001