AFEX
Oziq ovqatTovar kodi: 60b1e9340bd70c69bb2bf5cc

Mevali chipslar ishlab chiqarish liniyasi AF-L001

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29-mart kuni «O‘zbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilikni…

Individual taklif
Narx

Tavsif

Uskuna haqida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29-mart kuni «O‘zbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilikni jadal rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» farmonni imzoladi. Unga ko‘ra, 2018-yilda har bir hududda 1-2 ta meva-sabzavot klasterlari tashkil etilib, 2019-yildan boshlab meva-sabzavot yetishtirishga ixtisoslashgan barcha tumanlarni qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini tashkil etishning klaster shakliga jalb qilinadi. 2018-yilning 1-yanvaridan meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiruvchi tashkilotlarga daromadga vositachi tashkilotlar uchun ko‘zda tutilgan stavka bo‘yicha soliq solgan holda mukofot summasidan yagona soliq to‘lovini to‘lash huquqi berildi. 2018-yilning 1-aprelidan bitta meva-sabzavot klasteri ichida sotiladigan mahsulotga qo‘shimcha qiymat solig‘i solinmaydi va davlatning maqsadli fondlariga majburiy ajratmalar undirilmaydi. Shu munosabat bilan sizlarga muhim va serdaromad tadbirkorlik turi boʻlgan Meva va sabzavotlardan Chips ishlab chiqarish biznesini taklif qilmoqdamiz. Ushbu liniya yordamida siz bemalol oʻz biznesingizni boshlab, turli koʻrinishdagi meva va sabzavotlardan ishlab chiqarilgan va qadoqlangan chipslarni eksport uchun tayyorlash, shu bilan birga ichki bozorda oʻz oʻrningizni topish imkonini beradi. Liniya yuqori texnologik bosqichlarni oʻz ichiga olgan boʻlib xaridorlarning talab va istaklarini inobatga olgan holatda optimal qilib berishga harakat qildik. Xaridorlarimiz talablariga binoan ishlab chiqarish hajmini oshirish yoki kamaytirish imkoni bor

Quyida sizni liniyaning ish faoliyati bosqichlari bilan tanishtirib oʻtamiz:

  1. Meva va sabzavotlarni saralash stoli. Ushbu etapda har qanday turdagi mevalar saralanadi. Yaʼni isteʼmolga yaroqsiz mevalar tashlab yuboriladi, mayda yoki yirikligiga qarab ajratiladi. Saralash qoʻl mehnati yordamida amalga oshiriladi.

2. Meva va sabzavotlarni yuvish uskunasi.

3. Yuvilgan meva va sabzavotlarni suvsizlantirish uskunasi

Ushbu uskuna yuvish uskunasi bilan ketma-ket tartibda ishlaydi. Yuvilgan sabzavotlar suvsizlantirish konveyer lentasiga tushib, yuvish jarayonida qolgan suvlar issiq havo berish ventilyatori bilan quritib yuboriladi.

5. Mevalarni (Olma, Nok, Behi, Mango, Kartoshka va boshqalar) poʻstidan ajratib oʻzagini olib berish uskunasi

5. Mevalarni kesib berish uskunasi.

6. Meva va sabzavotlar uchun issiq havo yordamida quritish shkafi.

7. Mevali chipslar uchun har-xil maza beruvchi uskuna

8. Quritilgan meva va sabzavotlarni paketlarga qadoqlash uskunasi

Quyida ushbu liniyaning 3D koʻrinishini havola qilamiz:

Toʻlovlarni milliy valyutamiz soʻmdagi hisob raqami, tadbirkorlarning korporativ kartalari, valyuta hisob raqami, xalqaro toʻlov kartalari orqali amalga oshirish mumkin.

Xaridorlar uskunalarini Toshkentdagi "Afex-Group" LLC omboridan qabul qilib oladi va kompaniyamiz uskuna va xomashyolaringizni Oʻzbekistonning istalgan hududiga bepul yetkazib berishni oʻz zimmasiga oladi.

(Oʻrnatib berish xarajatlari xaridor tomonidan alohida toʻlanadi)

AFEX · KONSULTATSIYA
Operatorlar onlayn

Tezkor narx so‘rovi

Ismingiz va telefon raqamingizni qoldiring — qolganini mutaxassisimiz hal qiladi.

UskunaMevali chipslar ishlab chiqarish liniyasi AF-L001

Ma’lumotlaringiz uchinchi shaxslarga berilmaydi

Yetkazib berish va ishga tushirish

Konsultatsiyadan ishga tushirishgacha — jarayon to‘rt bosqichda, shartnoma asosida.

  1. 1

    Konsultatsiya

    Ehtiyojingizni aniqlab, konfiguratsiya va tijorat taklifini tayyorlaymiz.

  2. 2

    Shartnoma

    Muddat, to‘lov tartibi va kafolat shartlari shartnomada qayd etiladi.

  3. 3

    Yetkazib berish

    Uskuna ishlab chiqaruvchidan ob’ektingizgacha yetkaziladi.

  4. 4

    O‘rnatish va o‘qitish

    Mutaxassislarimiz uskunani ishga tushiradi va operatorlarni o‘qitadi.

Ko‘p so‘raladigan savollar

Yetkazib berish, shartnoma va kuzatuv bo‘yicha eng ko‘p beriladigan savollar.

Buyurtmalarimni online kuzatib turish imkoni mavjudmi?
Buyurtmalarni online kuzatish imkoniga egasiz. O'zbekistonda birinchilardan bo'lib GPS tizimi orqali yuklarni nazorat qilish, ularni joylashuvini aniqlab, yetib kelish vaqtini taxminiy hisoblovchi mexanizm ishlab chiqildi. Siz faqat shartnoma raqamini kiritgan holda bu ma'lumotlarni qo'lga kirita olasiz.
Yuklar qancha vaqtda yetqaziladi?
Yuklar yetkazib berish muddati ko'p hollarda ishlab chiqaruvchiga bog'liq bo'ladi. Aksariyat katta hajmli ishlab chiqarish uskunalarini yetqazish muddati oddiy uskunalarga nisbatan 2-3 marta ortiqroq vaqt talab etadi. Agar tayyor uskunalar bo'lgan taqdirda, yetqazib berish muddati 30 kundan boshlanadi.  Uskunalarni O'zbekiston hududida bojxona rasmiylashtiruv ishlari, Sertifikatlashtirish jarayonlariga ketadigan vaqt bundan mustasno.
Yetqazib berishning qanday usullari mavjud?
Chet ldan tovar turi va buyurtma olingan muddatga ko'ra yuklar O'zbekiston hududiga quyidagi asosda yetqaziladi: Havo yo'llari orqali Temir yo'l orqali Quruqlik transporti orqali Aralash transport orqali
Shartnoma tuzish uchun mendan nimalar talab etiladi?
Kompaniyamiz mijoziga aylanishingiz uchun sizdan: Tadbirkorlik sub'ektini tasdiqlovchi GUVOHNOMA; Bank rekvizitlari; STIR raqami; Rahbarning passport nusxasi; Shartnomani tasdiqlash uchun korxona muhri
Konsultatsiya

Loyihangizni birga muhokama qilamiz

Uskuna tanlash, texnik yechimlar va takliflar bo‘yicha maslahat olish uchun biz bilan bog‘laning.

Qo‘ng‘iroq qiling+998 93 381 6699Dush–Shan: 9:00 – 18:00
AFEX · IJTIMOIY TARMOQLAR

Bizni kuzatib boring

Yangi uskunalar, ishga tushirish va ishlab chiqarish jarayonlari — rasmiy kanallarimizda.

O‘xshash uskunalar

Barchasini ko‘rish