1 / 4Metall gubka ishlab chiqarish uskunasi AF-B006
Uy bekalarimizning xo'jalik ishlarida asqotadigan asosiy vositalaridan biri bu metall gubkalar hisoblanadi.
- Quvvati
- 1,5kw/soat
- Model
- AF-130C
- Kuchlanish
- 380/220V50/60Hz
- Silindrlar diametric
- 130mm
- Uskuna o’lchami
- 1700x900x1500mm
- Og’irligi
- 450kg
Tavsif
Uskuna haqida
Uy bekalarimizning xo'jalik ishlarida asqotadigan asosiy vositalaridan biri bu metall gubkalar hisoblanadi. Chunki mochalkali gubkalar ketkaza olmagan idishlarimizdagi kirlarni tozalashda metall gubkalar bizga yordamga keladi va idishlarimizning toza yuvilishida bunday turdagi gubkalarning xizmati beqiyosdir. Metall gubkalar yordamida qozonlar, choynaklar, tova (skovorodka)lar, metall kastryullar, gaz plitalar, elektr plitalar, rakovinalar, grill, steyk pishiradigan uskunalar, sixlar va boshqa shu turdagi metalldan yasalgan idishlardagi ketishi qiyin bo'lgan kirlarni osonlik bilan ketkazish mumkin. Zamonaviy davrimizning eng foydali ixtirolaridan biri hisoblangan bunday gubkalar metalldan yasalgan bo'lib, juda ham mustahkam hisoblanadi. Bu esa yuqorida aytib o'tganimizdek, tozalash qiyin bo'lgan idishlarni chinnidek qilib tozalashda bizga yaqindan yordam beradi.
"AFEX-GROUP" jamoasi sizlarga xuddi shunday metall gubkalarni ishlab chiqarish uskunasini taqdim etadi. Metall gubka ishlab chiqarish biznesini yo'lga qo'yib siz yaxshigina daromad olishingiz mumkin.
Uskunani joylashtirish uchun sizga eng kamida 3x3 m o'lchamdagi, 380 V elektr kuchlanishli xona kifoya qiladi.
Metall gubka ishlab chiqarish uskunasi

- Ishlab chiqarilgan
- Xitoy
- Ishlab chiqarilgan yil
- 2019
- Model
- AF-130C
- Kuchlanish
- 380/220V50/60Hz
- Quvvati
- 1,5kw/soat
- Silindrlar soni
- 2ta
- Silindrlar diametric
- 130mm
- Ishla chiqarish hajmi
- 8 kg/soat
- Uskuna o’lchami
- 1700x900x1500mm
- Og’irligi
- 450kg
- uskunani ishlatish juda oson bo'lib, buning uchun alohida bilim va ko'nikma talab qilinmaydi, bizning texnologimiz sizga uskunani o`rnatib, ishlatib, ko`rsatib barcha ko'nikmalarni sizga o`rgatadi (texnolog xizmat uskuna narxiga kiritilmagan)
- Mahsulot uchun xomashyo sifatida SS 410 simi ishlatilib, biz sizga ushbu simni topishda yordam beramiz
- Uskunaning asosiy qismlariga 1 yil kafolat beriladi.
- Siz uskunani kun davomida 20 soatgacha, 10 yil davomida bemalol ishlatishingiz mumkin.
- Uskuna xomashyoni mahsulotga aylatirishda eng minimal darajada (deyarli umuman yo'q) chiqim (otxod) chiqaradi. Bu esa sizga ko'proq mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradi.
- Uskunaga avtomatik sanash va elektron tarozi o`rnatilgan bo'lib bu sizga o'ta aniqlikni ta'minlab beradi.

Keling endi barchamiz uchun eng qiziqarli bo'lgan qismga o'tamiz, ya'ni ushbu bizni yo'lga qo'yib qancha daromad ko`rish mumkinligini taxminiy hisob-kitob qilib ko'ramiz.
Mahsulot uchun ishlatiladigan xomashyo SS 410 simlarining bir kilosi 20 ming so'm (narx o'zgarishi mumkin) atrofida turadi. Agar sizning metal gubkangiz 10 gramm bo'lgan taqdirda bir kilogram xomashyodan siz taxminan 100 dona metal gubka ishlab chiqarasiz. Uskuna bir soatda 8 kggacha mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega. Demak siz bir soatda 800 dona metal gubka ishlab chiqarishingiz mumkin. Agar uskunani 8 soat davomida ishlatsangiz bir kunda 6400 tagacha metall gubka ishlab chiqarishingiz mumkin.
Demak 8 soat davomida siz 64 kg xomashyo ishlatasiz.
Uskuna 1 soatda 1,5 kilovatt elektr energiya sarflaydi. Bino yoritish uchun va boshqa maqsadlarda soatiga 2 kilovatt elektr energiya sarflagan taqdirda 10 soat davomida 20 kilovatt elektr energiya sarflanadi.
Hozirda do'konlardan bunday metall gubkalarning bir donasini 500 dan 1000 so'mgacha harid qilishingiz mumkin. Siz do'konlarga o'z mahsulotingizni ulgurji narxda ya'ni 300 (bu narxdan qimmat ham bo'lishi mumkin) so'mdan sotgan taqdiringizda bir kunda 400 000 so'mni atrofida sof foyda olishingiz mumkin.
Buning uchun siz faqatgina tadbirkorlik qobiliyatingizni ishga solib ishlab chiqargan mahsulotlaringizni sotsangiz kifoya.
Tezkor narx so‘rovi
Ismingiz va telefon raqamingizni qoldiring — qolganini mutaxassisimiz hal qiladi.
Ma’lumotlaringiz uchinchi shaxslarga berilmaydi
Texnik xususiyatlar
Ma’lumotlar ishlab chiqaruvchi tomonidan taqdim etilgan; konfiguratsiya buyurtmaga qarab o‘zgarishi mumkin.
Metall gubka ishlab chiqarish uskunasi
10 parametr- Ishlab chiqarilgan
- Xitoy
- Ishlab chiqarilgan yil
- 2019
- Model
- AF-130C
- Kuchlanish
- 380/220V50/60Hz
- Quvvati
- 1,5kw/soat
- Silindrlar soni
- 2ta
- Silindrlar diametric
- 130mm
- Ishla chiqarish hajmi
- 8 kg/soat
- Uskuna o’lchami
- 1700x900x1500mm
- Og’irligi
- 450kg
Yetkazib berish va ishga tushirish
Konsultatsiyadan ishga tushirishgacha — jarayon to‘rt bosqichda, shartnoma asosida.

Konsultatsiya
Ehtiyojingizni aniqlab, konfiguratsiya va tijorat taklifini tayyorlaymiz.

Shartnoma
Muddat, to‘lov tartibi va kafolat shartlari shartnomada qayd etiladi.

Yetkazib berish
Uskuna ishlab chiqaruvchidan ob’ektingizgacha yetkaziladi.

O‘rnatish va o‘qitish
Mutaxassislarimiz uskunani ishga tushiradi va operatorlarni o‘qitadi.
Ko‘p so‘raladigan savollar
Yetkazib berish, shartnoma va kuzatuv bo‘yicha eng ko‘p beriladigan savollar.
Buyurtmalarimni online kuzatib turish imkoni mavjudmi?
Yuklar qancha vaqtda yetqaziladi?
Yetqazib berishning qanday usullari mavjud?
Shartnoma tuzish uchun mendan nimalar talab etiladi?
Loyihangizni birga muhokama qilamiz
Uskuna tanlash, texnik yechimlar va takliflar bo‘yicha maslahat olish uchun biz bilan bog‘laning.
Bizni kuzatib boring
Yangi uskunalar, ishga tushirish va ishlab chiqarish jarayonlari — rasmiy kanallarimizda.
O‘xshash uskunalar

Homut(shlang qisqichi) yig‘ish liniyasi

Lazerli kesish uskunasi AFX-6015 6000W

Lazerli kesish uskunasi AFX-6015 3000W

Pnevmatik list bukish uskunasi AFL-1250e

AFEX portativ metall markirovka uskunasi

Qovushqoq (quyuq) mahsulotlar uchun dozator 50-5000ml

AFEX metall yuzalarini markirovka qilish uskunasi


