afexuz
Showing 46–52 of 52 results
-
Plastikni qayta ishlash, Tayyor liniyalar
Polipropilen qoplar ishlab chiqarish liniyasi (15000 dona/sutkasiga)
Plastikni qayta ishlash, Tayyor liniyalarPolipropilen qoplar ishlab chiqarish liniyasi (15000 dona/sutkasiga)
Har qanday mahsulotlar bugungi kunda qadoqlanib sotilmoqda. Shu sababdan polipropilen qoplar qurilish mollari, un mahsulotlari, shakar mahsulotlari va hattoki poliz mahsulotlari uchun ham ajoyib qadoq mahsuloti bo’lib xizmat qilmoqda. Shu sababli AFEX-GROUP kompaniyasi ushbu daromadli biznesni siz azizlarga taqdim etishga qaror qildi. Ishlab chiqarish uchun eng avvalo zaruriy infratuzilmalar quyidagilar:
SKU: n/a -
Tayyor liniyalar, Tibbiyot uskunalari
Tibbiyot qo`lqoplari ishlab chiqarish liniyasi (Nitril/Latex)
Hech shubhasiz 2020-yil tibbiyot sohasi uchun ancha qiyin yil bo`ldi deb ayta olamiz. Covid-19 virusi tufayli yuzaga kelgan pandemiya butun dunyo aholisini moliyaviy va jismonan qiyin ahvolga solib qo`ydi. Virus qanchadan-qancha yaqin insonlarimizni bizning oramizdan olib ketdi va olib ketmoqda. Bunga sabab qilib tibbiyot uskunalari va vositalariga bo`lgan kutilmagan yuqori talabni ko`rsatishimiz mumkin. Shu sababli ham navbatdagi ishlab chiqarish liniyamiz orqali yuqori talabni oz bo`lsada kamaytirishga yordam berishni maqsad qilganmiz. Keling nitril qo`lqoplari haqida yetarlicha ma`lumotga ega bo`lib olaylik.
SKU: n/a -
Yog' moy uskunalari
Ekstraksiyali paxta yog`i ishlab chiqarish liniyasi (20Tonna/sutkasiga)
2020-yil butun dunyo uchun kutilmagan sinovlarga boy bo’ldi desak mbolag’a bo’lmaydi. Shu sababli barcha davlatlarda ishlab chiqarish ko’rsatgichlari pasaydi va oziq ovqat tovarlarining narxi sezilarli darjada oshdi. Bunga javoban yurtimizdagi ichki xomashyodan maksimal foydalanish va oziq ovqat narxlarini barqarorlashtirishga oid farmonlar imzolandi. Bulardan biri 2020-yil 27-oktabr kuni imzolangan PF-6094 sonli farmoni ham bu borada tub o’zgarishlar yasadi. Ya’ni endilikda yog’ ishlab chiqarish uchun aniq yo’nalishlar va qay ketma ketlikda ishlab chiqarish bo’yicha ko’rsatmalar berildi.
SKU: n/a -
Omborda mavjud uskunalar, Tayyor liniyalar
Parrandalar uchun yem ishlab chiqarish ixcham liniyasi (8-12T/sutkasiga)
Omborda mavjud uskunalar, Tayyor liniyalarParrandalar uchun yem ishlab chiqarish ixcham liniyasi (8-12T/sutkasiga)
Yurtimizda oziq ovqat xavfsizligi masalasi doim dolzarb hisoblanib kelgan. Shu munosabat bilan AFEX-GROUP kompaniyasi broyler va tuxum uchun mo’ljallangan tovuqlar, tuyaqush, g’oz va o’rdak yetishtiruvchilar uchun maxsus boyitilgan yem ishlab chiqarish ixcham liniyasini tavsiya qiladi. Bundan tashqari ushbu uskunaning maydalab berish qismini o’zgartirgan holda chorva mollari uchun ham granulangan yem ishlab chiqarish mumkin. Yem ishlab chiqarish jarayoni hamda ularni parrandaning boqish davriga qarab 3 xil o’lchamda bo’ladi. Ushbu 3 xil mahsulot faqat o’lcham bilan emas, mahsulot tarkibi bilan ham farqlanadi. Xalqimiz orasida Start, Rost hamda Finish nomlari bilan ataladi. Keling dastavval sizlar bilan mahsulot ishlab chiqarish bosqichlari va unda ishtirok etuvchi uskunalar bilan tanishib olsak.
SKU: n/a -
Tayyor liniyalar
Plastik paketlar ishlab chiqarish liniyasi AF-L022
Sizlarga AFEX-GROUP kompaniyasi hozirgi kunda keng ko’lamda foydalanilayotgan mahsulot uchun ishlatiladigan plastik paketlar ishlab chiqarishni tavsiya etadi. Hukumatimiz tomonidan jotiy qilingan qarorga ko’ra 2019 yilning 1 yanvaridan boshlab sotuvchilarga mahsulot sotib olgan xaridorlarga bepul polietilen paketlarni taqdim etish taqiqlandi. Bundan tashqari, sotib olinayotgan mahsulotlar narxiga paketlar qiymatini qoʻshish yoki ularni tannarxidan past narxlarda sotish ham taqiqlandi. Davlat ekologiya qoʻmitasiga manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birga xorij tajribasi va jamoatchilik muhokamasini hisobga olib, 2020 yilning 1 yanvariga qadar foydalanish xususiyatini yoʻqotganidan soʻng atrof-muhitga zarar yetkazadigan, ishlab chiqariladigan va import qilinadigan tovarlar guruhiga ekologik yigʻimni joriy qilish yuzasidan asoslangan takliflar kiritish vazifasi topshirilgan.
Shuningdek, mamlakat hududida qalinligi 40 mikrondan kam boʻlgan polimer plyonkadan paketlar ishlab chiqarish taqiqlanadi. Faqatgina biologik parchalanuvchi dastasiz polimer materiallardan tayyorlangan paketlar — mahsulotlarni qadoqlashning ajralmas qismi hisoblangan paketlar hamda turmushda foydalanish uchun sotiladigan oʻramlarga ruxsat berildi.
Yuqoridagi fikrlarni o’qib ko’pchilikda plastik paketlar yo’q bo’lish arafasida degan fikr kelgan bo’lishi mumkin, lekin bu unchalik ham to’g’ri emas. Hozirda plastik mahsulotlarni qayta ishlash keng tarzda avj olgan palla, hamda juda yupqa bo’lgan plastik paketlarni qayta ishlash birmuncha qiyin va ularni qayta ishlash o’zini oqlamaganligi bois qalinroq ya’ni 40 mikronli plastik paketlarni qayta aishlash birmuncha osonlashadi deyishimiz mumkin.
SKU: AF-L022








