1 / 12Parrandalar uchun yem ishlab chiqarish ixcham liniyasi (8-12T/sutkasiga)
Yurtimizda oziq ovqat xavfsizligi masalasi doim dolzarb hisoblanib kelgan.
Tavsif
Uskuna haqida
Yurtimizda oziq ovqat xavfsizligi masalasi doim dolzarb hisoblanib kelgan. Shu munosabat bilan AFEX-GROUP kompaniyasi broyler va tuxum uchun mo'ljallangan tovuqlar, tuyaqush, g'oz va o'rdak yetishtiruvchilar uchun maxsus boyitilgan yem ishlab chiqarish ixcham liniyasini tavsiya qiladi. Bundan tashqari ushbu uskunaning maydalab berish qismini o'zgartirgan holda chorva mollari uchun ham granulangan yem ishlab chiqarish mumkin. Yem ishlab chiqarish jarayoni hamda ularni parrandaning boqish davriga qarab 3 xil o'lchamda bo'ladi. Ushbu 3 xil mahsulot faqat o'lcham bilan emas, mahsulot tarkibi bilan ham farqlanadi. Xalqimiz orasida Start, Rost hamda Finish nomlari bilan ataladi. Keling dastavval sizlar bilan mahsulot ishlab chiqarish bosqichlari va unda ishtirok etuvchi uskunalar bilan tanishib olsak.
DONLI MAHSULOTLARNI MAYDALASH HAMDA ARALASHTIRIB BERISH USKUNASI 1000L hajmli (MIKSER)
Maydalagich o'rnatilgan mikser uskunasi sizga donli mahsulotlarni maydalab ularni bir vaqtning o'zida aralashtirib berish bo'lmasiga yuboradi. Shuningdek ushbu uskunaga siz qo'shimcha bunker orqali maydalash shart bo'lmagan mahsulotlarni qo'shish istdagi mahsulotni tepaga olib chiqib, so'ngra uni aralashtiradi. Shu sababdan mahsulot bir xil proporsiyada aralashishiga erishiladi.
MAHSULOT KO'TARIB BERUVCHI SHNEKLI TRANSPORTYOR
Granulyator uskunasi bir muncha baland bo'lganligi sababli, unga mahsulotni ko'tarib solish ozgina qiyinchilik tug'diradi va shu bilan bir qatorda qo'shimcha ishchi kuchi talab etiladi. Biz bu muammoni yechish uchun sizlarga shnekli transportyor uskunasini tavsiya qilamiz. Bu mikserda tayyor bo'lgan mahsulotni granulyator uskunasiga solish uchun qo'llaniladi. Uskunani ishatish qo'shimcha bilim talab qilmaydi va u avtomatik tarzda ishlaydi.
GRANULYATOR USKUNASI
Granulyator uskunasi ishlab chiqarish bosqichida asosiy ahamiyat kasb etuvchi qism bo'lib, u tashlangan yarim tayyor kukunsimon mahsulotni granula shakliga keltirib beradi. Kompaniyamiz tomonidan tavsiya etilayotgan granulyator so'nggi texnalogiya bo'lib xomashyoni par yordamida namlantirish funksiyasi mavjud. Par berish jarayoni muhim bo'lib, ushbu jarayonda mahsulot dezinfeksiya qilinadi va yuqori haroratda zararli bakteriyalar o'ladi. Parrandalar tabiatan tez kasallanuvchi jonzotlar bo'lganligi sababli hozirda par bilan ishlov berilmagan yemni xaridorlar olishni xoxlashmayapti. Uskuna sizga uzoq vaqt xizmat qilishi uchun uning qoliplari va shnek gilzalari zanglamas metalldan ishlangan.
Siz oziqlantiruvchi parranda turi va yoshiga qarab kerakli bo'lgan o'lchamdagi granulalar tanlanadi. Kompaniyamiz sizga istalgan o'lchamdagi 2 ta o'lchamdagi qoliplarni bepul taqdim qiladi. Qo'shimcha qoliplar uchun esa 480$ dan to'lov qilishingiz lozim.
PAROGENERATOR
Yuqori bosimda par berish uskunasi mahsulot uchun eng zaruriy unsur hisoblanadi. Mijozlaringining jo'jalari sog'lom o'sishi uchun ham par bilan ishlov berish o'ta zarur hisoblanadi. Mijolar talabiga ko'ra ushbu parogenerator ekektr tokida ishlaydi, buyurtmaga ko'ra tabiiy gazda ishlaydigan variantlar ham mavjud. Par berish uskunasi PLC control tizimida boshqarilganligi sababli uni kerakli darajada va hajmda sozlash imkoni bor. Uskuna hatto boshqaruv tizimi moslashuvchan bo'lmagan holatlarda ham, bosim belgilangan bosimdan oshib ketganda, xavfsizlik xavfi haddan tashqari bosim tufayli qozon portlashining oldini olish uchun avtomatik ravishda ochiladi. 2, mahsulot suvni past darajada himoya qilish bilan jihozlangan, suv ta'minoti to'xtatilganda, qozon avtomatik ravishda ishini to'xtatadi, qozonning elektr elektr isitish elementi shikastlanishiga yo'l qo'ymaydi. 3, mahsulot qochqinlarni himoya qilishni o'z ichiga oladi, hatto qozonning noto'g'ri ishlashidan kelib chiqadigan qisqa tutashuv bo'lsa ham, qozon avtomatik ravishda o'z-o'zini o'chirib qo'yadi, o'z vaqtida yaxshi nazorat qilish ta'minlangan.
GRANULA UCHUN MAXSUS ELASH USKUNASI
Elab berish uskunasi granulani ezilib qolgan kukun holiga kelib qolgan bo'laklardan saralab beradi. Shu bilan bir qatorda granulani qoplashdan oldin sovutish uchun ham xizmat qiladi. Mijozlarimiz talabiga ko'ra elak mikronlarini boshq aolchamda buyurtma berishlari mumkin.
Yuqorida berilgan uskunalar yordamida siz bemalol o'z biznesingizni boshlashingiz mumkin. Kompaniyamiz tomonida qoplarni tikib berish moslamasi BEPUL taqdim etiladi. Qo'shimcha ravishda o'zingizga qulay bo'lgan tarozi sotib olishingiz maqsadga muvofiq.Tezkor narx so‘rovi
Ismingiz va telefon raqamingizni qoldiring — qolganini mutaxassisimiz hal qiladi.
Ma’lumotlaringiz uchinchi shaxslarga berilmaydi
Video
Uskunaning ishlash jarayoni.
Yetkazib berish va ishga tushirish
Konsultatsiyadan ishga tushirishgacha — jarayon to‘rt bosqichda, shartnoma asosida.

Konsultatsiya
Ehtiyojingizni aniqlab, konfiguratsiya va tijorat taklifini tayyorlaymiz.

Shartnoma
Muddat, to‘lov tartibi va kafolat shartlari shartnomada qayd etiladi.

Yetkazib berish
Uskuna ishlab chiqaruvchidan ob’ektingizgacha yetkaziladi.

O‘rnatish va o‘qitish
Mutaxassislarimiz uskunani ishga tushiradi va operatorlarni o‘qitadi.
Ko‘p so‘raladigan savollar
Yetkazib berish, shartnoma va kuzatuv bo‘yicha eng ko‘p beriladigan savollar.
Buyurtmalarimni online kuzatib turish imkoni mavjudmi?
Yuklar qancha vaqtda yetqaziladi?
Yetqazib berishning qanday usullari mavjud?
Shartnoma tuzish uchun mendan nimalar talab etiladi?
Loyihangizni birga muhokama qilamiz
Uskuna tanlash, texnik yechimlar va takliflar bo‘yicha maslahat olish uchun biz bilan bog‘laning.
Bizni kuzatib boring
Yangi uskunalar, ishga tushirish va ishlab chiqarish jarayonlari — rasmiy kanallarimizda.
O‘xshash uskunalar

Uzum sharbat ishlab chiqarish liniyasi

Akril vannalarni ishlab chiqarish liniyasi

Kartoshka kraxmalidan kraker ishlab chiqaradigan liniya

Sabzavotlarni tozalab ularni quritadigan yagona liniya AF-500T
Omborda mavjudVertikal shnekli kukunli mahsulotlarni qadoqlash uskunasi (3 tomonlama)
Omborda mavjudDozator Bunkerli (mikser va qizdirish fuksiyasi) (100-1000ml)
Omborda mavjudPlastik stakan tepasiga plyonka va folga yopish uskunasi
Omborda mavjud
