AFEX

Polipropilen qoplar ishlab chiqarish liniyasi (15000 dona/sutkasiga)

Har qanday mahsulotlar bugungi kunda qadoqlanib sotilmoqda.

Individual taklif
Narx

Tavsif

Uskuna haqida

Har qanday mahsulotlar bugungi kunda qadoqlanib sotilmoqda. Shu sababdan polipropilen qoplar qurilish mollari, un mahsulotlari, shakar mahsulotlari va hattoki poliz mahsulotlari uchun ham ajoyib qadoq mahsuloti bo'lib xizmat qilmoqda. Shu sababli AFEX-GROUP kompaniyasi ushbu daromadli biznesni siz azizlarga taqdim etishga qaror qildi. Ishlab chiqarish uchun eng avvalo zaruriy infratuzilmalar quyidagilar:

  • Bino: 1300 m2 dan kam bo'lmagan ishlab chiqarish uchun joy;
  • Elektr manbai: 380v 50 hz kuchlanishli elektr toki va 500kw/soat quvvatga ega transformator;
  • Sovutish uchun texnik suv;
  • Ishchi kuchi: 12 nafar
  • Binoda ventilyatsiya tizimi bo'lishi lozim

MIKSER

Ishlab chiqarishni boshlash avvalo Mikserda mahsulotlarni aralashtirishdan boshlanadi. Asosiy xomashyo PP (polipropilen) bo'lib unga kam miqdorda Masterbatch va boshqa polimerlar qo'shiladi.

EKSTRUDER LINIYASI

Ekstruder-ishlab chiqarishda asosiy ahamiyat kasb etuvchi qismlardan biri sanaladi. Ekstruder siz olinadigan to'quv uskunalarining soniga qarab ishlab chiqarish quvvati tanlanadi. Ekstruder granuladan qop to'qish uchun ip holiga keltirib beruvchi qism sanaladi. Qoplar turiga qarab uning qalinligi va kengligini o'zgartirish mumkin bo'ladi. Uskuna polipropilen va yuqori zichlikka ega polietilenni qizitish yo`li orqali lentalar(iplar) chiqaradi. Bu iplar keyinchalik g`altakka o`rab beruvchi uskuna tomon yo`l oladi. Uskuna 100% qayta ishlangan PP(polipropilen) va PE(polietilen), kukun yoki granula shaklidagi PP va yuqori zichlikdagi PE larni xom-ashyo sifatida foydalana oladi. Ekstruder shnegi va silindri 38CrMoA1A qotishma po`latidan yasalgan. Agar uskunaga azot bilan ishlov berilsa, uning mustahkamligi yanada oshadi. Uskuna roliklari qattiq Cr(xrom) moddasi bilan qoplangan.

IPLARNI G'ALTAKKA O'RAB BERISH QISMI

Bu qismda tayyor iplar maxsus g'altaklarga o'raladi. O'rash jarayoni kompyuterlashtirilgan tizim orqali nazorat qilinadi. Bu qism ham nechta dona to'quv uskunasi olinishiga qarab g'altakka o'rab berish qism hajmi tanlanadi. Ushbu uskuna so`nggi texnologiyalar yordamida energiya-tejamkorlikni oshirish uchun 2,2/3 kw motor bilan jihozlangan. Uskunadagi qismlar oson almashtiriladi, shu tufayli ham ehtiyot qismlar kamroq eskiradi, barqaror harakatlanadi va tekis o'raladi.

QOP TO'QISH USKUNASI

To'quv uskunasi siz ishlab chiqaradigan mahsulot diametri va uning zichligiga qarab turlicha bo'ladi. Bizda keng foydalaniladigan qoplar uchun to'quv uskunalari 4G va 6G modellar hisoblanadi. Agar siz Big bag ya'ni 1 tonnalik mahsulotlar uchun mo'njallangan qoplar chiqarish niyatida bo'lsangiz, u holda sizga 10G-12G modellar tog'ri keladi. Qoplar diametrini o'zgartirish uchun siz maxsus silindr uchun qoliplar qo'shib olishingiz lozim. Eski modellar bilan solishtirib ko`radigan bo`lsak, bu uskuna ko`proq va yaxshiroq qulayliklarga ega. Misol uchun, uskunaning ishlash prinsipi osonroq va barqaror, maxsus moy kerak bo`lmaydi, 82 DB(detsibel)dan kamroq tovush chiqaradi.

QOPLARNI KESIB BERISH, TIKISH VA 4 RANGLI PRINTER USKUNASI

Ushbu uskuna avvalgi modellar va ishlab chiqarish jarayonlarini ortda qoldirib, qop ishlab chiqarish tezligidagi samarasini birmuncha tezlashtirib yubordi. Qoplarni qo'l mehnati yordamida kesib ularni ostki qismini tikish ko'p ishchi kuchi va mehnat talab qiladigan jarayondir. Shu sababli ushbu qismni avtomatik uskunalarga ishonib topshirish maqsadga muvofiq. Uskuna xususiyatlari 1) Uskuna to`liq avtomatlashtirilganligi tufayli bir dona ishchi uskunadagi barcha jarayonlarni boshqara oladi. 2) Butun uskuna Q235 temiridan yasalganligi uchun tezroq va barqaror ishlaydi. 3) Bitta uskunaning o`zida ham issiq kesuvchi ham sovuq kesuvchini o`rnatish mumkin. Kesuvchi pichoqlarni almashtirish uchun bittagina tugmani bosish yetarli. 4)Tutunni yutish funksiyasi mavjudligi tufayli atrof-muhitga kamroq zarar yetkaziladi. 5) Printerga siyohlar avtomatik quyiladi. 6)Ikki qavatli quritish tizimi mavjud. Bu qoplar tezroq qurishiga yordam beradi.

YAROQSIZ QOPLARNI QAYTA ISHLASH GRANULYATORI

Xohlaymizmi yo'qmi har bir ishda bo'lgani kabi qop ishlab chiqarish biznesida ham ba'zi hollarda chiqindi qoplar chiqadi. Shu sababli standartdan o'tmagan ayrim qoplarni granula holiga keltirib, qaytadan ip ishlab chiqarish va yangi qoplar uchun ishlatish maqsadga muvofiq.

TAYYOR QOPLARNI GIDRAVLIK PRESSLASH USKUNASI

Tayyor qoplar mijozga yetkazish davomida transport xarajatlarini minimallashtirish uchun ular 60T kuch bilan presslanadi. Ushbu qadoqlash jarayoni birmuncha sodda ish bo'lib unga alohida malakali kadrlar talab etilmaydi. Qop ishlab chiqarish bosqichlari shu qismlardan iborat edi. Sizlarga ushbu ishlab chiqarish hajmidan kattaroq yoki kichikroq turlari bo'yicha ma'lumot kerak bo'lsa ofislarimizga murojaat qilishingiz mumkin.
AFEX · KONSULTATSIYA
Operatorlar onlayn

Tezkor narx so‘rovi

Ismingiz va telefon raqamingizni qoldiring — qolganini mutaxassisimiz hal qiladi.

UskunaPolipropilen qoplar ishlab chiqarish liniyasi (15000 dona/sutkasiga)

Ma’lumotlaringiz uchinchi shaxslarga berilmaydi

Komplektatsiya

Uskuna tarkibiga kiruvchi jihozlar. Har birining texnik ko‘rsatkichlari yuqoridagi bo‘limda.

  • Liniya tarkibidagi uskunalar ro'yhati

    7 ta qism

    1. 1Mikser 1m3
    2. 2Ekstruder liniyasi
    3. 3Iplarni g'altakka o'rab berish uskunasi
    4. 4Qop to'qish uskunasi - 6 dona
    5. 5Qoplarni kesib berish, tikish va 4 rangli printer uskunasi
    6. 6Yaroqsiz qoplarni qayta ishlash granulyatori
    7. 7Tayyor qoplarni gidravlik presslash uskunasi

Video

Uskunaning ishlash jarayoni.

Yetkazib berish va ishga tushirish

Konsultatsiyadan ishga tushirishgacha — jarayon to‘rt bosqichda, shartnoma asosida.

  1. 1

    Konsultatsiya

    Ehtiyojingizni aniqlab, konfiguratsiya va tijorat taklifini tayyorlaymiz.

  2. 2

    Shartnoma

    Muddat, to‘lov tartibi va kafolat shartlari shartnomada qayd etiladi.

  3. 3

    Yetkazib berish

    Uskuna ishlab chiqaruvchidan ob’ektingizgacha yetkaziladi.

  4. 4

    O‘rnatish va o‘qitish

    Mutaxassislarimiz uskunani ishga tushiradi va operatorlarni o‘qitadi.

Ko‘p so‘raladigan savollar

Yetkazib berish, shartnoma va kuzatuv bo‘yicha eng ko‘p beriladigan savollar.

Buyurtmalarimni online kuzatib turish imkoni mavjudmi?
Buyurtmalarni online kuzatish imkoniga egasiz. O'zbekistonda birinchilardan bo'lib GPS tizimi orqali yuklarni nazorat qilish, ularni joylashuvini aniqlab, yetib kelish vaqtini taxminiy hisoblovchi mexanizm ishlab chiqildi. Siz faqat shartnoma raqamini kiritgan holda bu ma'lumotlarni qo'lga kirita olasiz.
Yuklar qancha vaqtda yetqaziladi?
Yuklar yetkazib berish muddati ko'p hollarda ishlab chiqaruvchiga bog'liq bo'ladi. Aksariyat katta hajmli ishlab chiqarish uskunalarini yetqazish muddati oddiy uskunalarga nisbatan 2-3 marta ortiqroq vaqt talab etadi. Agar tayyor uskunalar bo'lgan taqdirda, yetqazib berish muddati 30 kundan boshlanadi.  Uskunalarni O'zbekiston hududida bojxona rasmiylashtiruv ishlari, Sertifikatlashtirish jarayonlariga ketadigan vaqt bundan mustasno.
Yetqazib berishning qanday usullari mavjud?
Chet ldan tovar turi va buyurtma olingan muddatga ko'ra yuklar O'zbekiston hududiga quyidagi asosda yetqaziladi: Havo yo'llari orqali Temir yo'l orqali Quruqlik transporti orqali Aralash transport orqali
Shartnoma tuzish uchun mendan nimalar talab etiladi?
Kompaniyamiz mijoziga aylanishingiz uchun sizdan: Tadbirkorlik sub'ektini tasdiqlovchi GUVOHNOMA; Bank rekvizitlari; STIR raqami; Rahbarning passport nusxasi; Shartnomani tasdiqlash uchun korxona muhri
Konsultatsiya

Loyihangizni birga muhokama qilamiz

Uskuna tanlash, texnik yechimlar va takliflar bo‘yicha maslahat olish uchun biz bilan bog‘laning.

Qo‘ng‘iroq qiling+998 93 381 6699Dush–Shan: 9:00 – 18:00
AFEX · IJTIMOIY TARMOQLAR

Bizni kuzatib boring

Yangi uskunalar, ishga tushirish va ishlab chiqarish jarayonlari — rasmiy kanallarimizda.

O‘xshash uskunalar

Barchasini ko‘rish