Туалетная бумага
Barcha 3 natija
-
Qog`ozni qayta ishlash
Xojatxona qog`ozi ishlab chiqarish ixcham liniyasi
Hozirda bizga bo’lgan murojaatlarda ko’pchilik tadbirkorlarning xojatxona qog’ozlari ishlab chiqarish biznesiga qiziqishlari balandligini ko’rdik. Shuni inobatga olib ishlab chiqarish hajmi kichik tadbirkorlar uchun yetarli bo’lgan nisbatan kam joy egallaydigan ishlab chiqarish liniyasini tavsiya qilmoqchimiz. Ishlab chiqarish liniyasi quyidagi bosqichlardan iborat:
SKU: n/a -
Qog`ozni qayta ishlash
Xojatxona qog`ozi ishlab chiqarish liniyasi (To`liq avtomat)
Har bir yangi tadbirkor o`z biznesini boshlayotganda, albatta, katta daromad ko`rishni maqsad qiladi. Biznesdan katta foyda ko`rish esa o`z navbatida bir qancha faktorlarga bog`liq bo`ladi. Bular: xom-ashyoning mavjudligi, mahsulotning narxi, mahsulotning mavsumiyligi, foydalanilgan texnologiya va aholi daromadi. Mana shu sanab o`tilgan omillarning barchasi tadbirkor ishlab chiqargan mahsulotda topilsa, albatta, mahsulotning sotuvi rivojlanadi.
SKU: n/a -
Omborda mavjud uskunalar, Qog`ozni qayta ishlash
Xojatxona qog’ozi va qog’oz sochiqchalar ishlab chiqarish liniyasi AF-L016
Omborda mavjud uskunalar, Qog`ozni qayta ishlashXojatxona qog’ozi va qog’oz sochiqchalar ishlab chiqarish liniyasi AF-L016
Kundan kun sanitar gigiyenik vositalar savdosi gullab yashnamoqda. Hozirda ko’p mijozlarimiz bizga maklaturadan tualet qog’ozi ishlab chiqarish liniyasini so’rab murojaat etishadi. Albatta bu liniya ham bizda bor va uni sizlarga yetqazib bera olamiz, lekin hozir sizlarga tavsiya etayotgan liniyamiz maklaturadan emas selyuloza rulondan mahsulot chiqarish uchun mo’ljallangan. AFEX-GROUP LLC sizlarga biror bir uskunani tavsiya etishdan avval rivojlangan davlatlar tajribasiga tayanishini yana bir eslatib o’tmoqchimiz. Hozirda bizning ichki bozorimiz uchun kerakli bo’lgan xojatxona qog’ozini maklaturadan ishlab chiqaruvchilar xomashyoni chet davlatlardan olib kelish darajasiga borib yetdi. Asosan Rossiya maklatura bilan ta’minlovchi bo’lib turibdi, lekin aqlli tadbirkor o’ziga o’zi savol berishi lozim bo’ladi, ya’ni nega Rossiya davlatining o’zi ularni qayta ishlamaydi degan savol tug’iladi. Buning javobi aniq, Rossiya fuqarolari 100% selyulozadan ishlab chiqarilgan xojatxona qog’ozlarini ma’qul ko’rishmoqda. Hozir bizda ikkilamchi xomashyodan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning xaridorlari asosan viloyat markazidan chetroqda joylashgan aholi vakillari tashkil etadi. Lekin yildan yilga ichki bozorimizda xaridorlar orasida selyulozalik salfetka, xojatxona qog’ozi va qog’oz sochiqchalarga talab ortib bormoqda. Kelajak 3-4 yil ichida bizning 90% aholimiz ushbu mahsulotlardan foydalana boshlaydi. Aholi daromadlari ortishi bilan xaridorlar sifatga qarab harakatlanishi oddiy iqtisodiyot qonuni sanaladi. Keling biz sizlarga yuqori daromadli sohani tanishtirib o’tamiz.
SKU: AF-L016