Tayyor liniyalar
Showing 31–45 of 68 results
-
Qurilish uskunalari, Tayyor liniyalar
Rom uchun PVX profillar ishlab chiqarish liniyasi
Qurilish bozori kengaygani sari qurilish mollari reformasiyasi ham rivojlanib bormoqda. An’anaviy yog’och romlar o’rnini sekin astalik bilan alyumin romlar egallab bo’lganligi hech kimga sir emas. Ammo alyumin romlarni kattagina minus tomoni bor, bu ham bo’lsa ko’chadagi sovuq va issiq havoni qariyib 70% ni o’tkazib yuboradi. Bu esa qishda ham yozda ham xona haroratini bir me’yorda saqlashda katta elektr energiya sarfi talab etadi. Shuni inobatga olgan holda hozirgi bozor talabi PVX profillaridan ishlab chiqarilgan plastik romlardir.
SKU: n/a -
Qurilish uskunalari, Tayyor liniyalar
Emulsion bo’yoq ishlab chiqarish uskunasi
Bo’yoqlar bugungi qurilish sanoatining ajralmas bo’lagiga aylanib ulgurgan!
Bo’yoq tushunchasi sanoat va kundalik hayotda ishlatiladigan
Barcha bo’yoqlarni ikki guruhga bo’lish mumkin:
- Mineral (metall oksidlari yoki noorganik tuzlar);
- Organik (o’simlik yoki hayvonot manbalaridan kelib chiqqan moddalar).
Ikkala toifada ham sun’iy (sintetik) va tabiiy (tabiiy) turlari bo’lishi mumkin.
SKU: n/a -
Oziq ovqat, Tayyor liniyalar
Sun’iy boyitilgan guruch ishlab chiqarish liniyasi 250-300kg/soat
Sun’iy guruch ekstruziya texnologiyasiga asoslangan yangi taomdir. Guruch unini asosiy xom ashyo sifatida qabul qilish, sun’iy guruch ekstruziya va quritish jarayonida amalga oshiriladi。Hozirgi kunda sun’iy guruchni iste’molchilar soni ko’payib bormoqda. Ushbu ozuqaviy guruch oziq-ovqat mashinasi guruch, qora guruch, karabuğday va boshqa donalarni qabul qiladi (singan guruch va guruch kepagi qayta ishlatilishi mumkin). Qo’shimcha ozuqaviy tarkibiy qismlarni, masalan, vitaminlar, minerallar va boshqalarni qo’shishingiz mumkin. Ekstruder texnologiyasiga asoslangan, shakllantirilgan va quritilgandan so’ng siz tabiiy guruch singari yeyiladigan sun’iy boyitilgan guruchni olishingiz mumkin.
SKU: n/a -
Tayyor liniyalar
EPS panellari ishlab chiqarish liniyasi
“AFEX GROUP” mijozlari uchun yurtimiz ichki bozorini o’rgangan holatda import bo’layotgan mahsulotlarni yurtimizda ishlab chiqarishda, tadbirkorlarimizga “YANGI LOYIHA” va zamonaviy texnologiyalarini taklif etishda davom etamiz!
PENAPOLISTROL mahsulotlari ishlab chiqarish bosqichlari va texnologiyalariga oid batafsil ma’lumotlar bilan tanishib chiqamiz.
SKU: n/a -
Qurilish uskunalari, Tayyor liniyalar
Quruq suvoq aralashmasi ishlab chiqarish liniyasi (сухие смеси)
Qurilish uskunalari, Tayyor liniyalarQuruq suvoq aralashmasi ishlab chiqarish liniyasi (сухие смеси)
Mamlakat taraqqiyoti va kuch-qudratini namoyon qiluvchi sohalardan biri – bu, albatta, qurilish sohasidir. Eng rivojlangan mamlakatlarda qurilish sohasida katta yutuqlarga erishilgan bo`ladi. Shuning uchun ham qurilish materiallariga bo`lgan talab doimo yuqoriligicha qoladi. Ushbu yo`nalish(qurilish sohasi)da AFEX GROUP o`z uskunalarini taklif qilishda davom etadi. Navbatdagi ishlab chiqarish uskunalarimiz yordamida quruq suvoq aralashmasini ishlab chiqarishingiz mumkin. Keling, avvalambor, mahsulot haqidagi ma`lumotlar bilan tanishib chiqsak.
SKU: n/a -
Qurilish uskunalari, Tayyor liniyalar
Kompozit armaturalar ishlab chiqarish liniyasi
Kompozit armatura (shisha tolali dazmollangan plastmassa yoki kompozit armatura, mash deb ham nomlanadi) butun dunyo bo’ylab qurilishda an’anaviy po’lat armatura o’rnini barqaror ravishda almashtirib turadi. FRP armatura ultra kuchli shisha yoki bazalt tolalari va birlashtiruvchi qatronlar aralashmasidan tayyorlanadi, natijada temirdan ustun ustunlikka ega bo’lgan qurilish darajasidagi armatura olinadi. Sintetik qatronlar tolalarni biriktiruvchi vosita sifatida ishlatiladi, mahsulotni ishlab chiqarish va uning ishlashi paytida tolalarni mexanik ta’sirlardan va atrof muhitning zararli ta’siridan himoya qiladi.
SKU: n/a -
Tayyor liniyalar
Oshxona gubkasi ishlab chiqarish uskunalari
“AFEX-GROUP” mijozlari uchun daromadli bizneslar va yuqori sifatli ishlab chiqarish texnologiyalarini tavsiya etishda davom etamiz! Oshxona gubkalar ishlab chiqarish biznesi,uzluksiz bozor talabini qondirib turish bizneslaridan biri xisoblanadi. Bugungi kunda oshxona gubkalari ishlab chiqarishda yaroqlilik darajasi oshgan eng zamonaviy materiallardan foydalanilmoqda. Gubkalarning xilma-xilligi toifalarga bo’linadi. Masalan:kuygan ovqatni olib tashlash uchun metall gubkalar. Shisha idishlarni, mebellar,plitkalar,pechkalar va boshqa turdagi idishlarni tozalash uchun ko’pik xosil qiluvchi tolali yumshoq gubkalar. Ko’pik xosil qiluvchi gubkalarni xam xar-xil turlari bor. Savdo do’konlari va bozorlarda siz tashqi dizayinidan xam farq qiluvchi ko’pik xosil qiluvchi porolon va sintetik tolali gubka turlarini uchratasiz.
SKU: n/a -
Tayyor liniyalar
Spunbond ishlab chiqarish liniyasi
Mahsulot xaqida qisqacha:
Spunbond-bu to’quv bo’lmagan matolarni ishlab chiqarish texnologiyasi. Keyinchalik bu atama ushbu texnologiya yordamida ishlab chiqarilgan mato nomi bilan atala boshladi.Spunbond (Ingliz tilida spunbond,spunlaid) to’quv bo’lmagan matolar davrning boshlanishi yani birinchi ko’rinishi 1930-yillardan Evropada yaratilgan deb hisoblanadi.
SKU: n/a -
Tayyor liniyalar
Sovun ishlab chiqarish liniyasi
Barcha biznes turlarida yuqori daromad ko`rish mumkin. O`z o`rnida bunga sabab qilib bir necha omillarni keltirishimiz mumkin. Lekin ba`zi ishlab chiqarish biznes turlari borki, ular orqali tadbirkor qisqa muddat ichida yuqori foydaga erishish mumkin. Buning uchun mahsulot yuqori sifatli, hamyonbop va eng muhimi mavsum-tanlamas bo`lishi darkor. Shunday ishlab chiqarish turlaridan biri bu, albatta, sovun ishlab chiqarish liniyasi.
Barchamizga ma`lumki, yildan yilga gigiyenik mahsulotlarga bo`lgan talab oshsa oshayaptiki, aslo kamaymayapti. Yurtimizda sovunga bo`lgan talab juda ham yuqori. Har bir xonadonning ro`zgo`rida bu mahsulotning o`rni beqiyos. Shu sababli ham tadbirkorlar shu biznes orqali yuqori daromadga erisha oladi. Buning uchun AFEX-GROUP sizga yuqori sifatli uskunalarni ta`minlashga yordam beradi. Sizga taklif qiladigan ishlab chiqarish liniyamiz yordamida 2 xil turdagi sovunlarni ishlab chiqarishingiz mumkin: xo`jalik sovuni (xalq tilida “kir sovun”) va atir sovun. Uskunalar Xitoy Xalq Respublikasining bu sohada uzoq yillardan beri ishlab kelayotgan xalqaro zavod tomonidan ishlab chiqarilgan. Keling, ishlab chiqarish zavodi haqida batafsil ma`lumotga ega bo`lib olsak.
SKU: n/a -
Qog`ozni qayta ishlash, Tayyor liniyalar
Salfetka ishlab chiqarish uskunasi avtomatik AF-7000A
Kundalik hayotimizda bir martalik mahsulotlarga bo’lgan talab ortsa ortmoqdaki, lekin kamaygani yo’q. Taom uchun, ichimlik uchun bir martalik idishlar, ayniqsa qog`ozdan ishlab chiqarilgan bir martalik salfetkalarni har birimiz deyarli har kuni ishlatamiz. Bir martalik qog’oz salfetkalar ovqatlanish shaxobchalari, kafelar, restoran va to`yxonalarda, hattoki uyda ham matodan yasalgan salfetkalar o`rnini to’liq egallamoqda. Chunki bu turdagi salfetkalar gigienik talablarga to’la javob berishidan tashqari ishlatish uchun ham juda qulay. Shuning uchun yurtimizda bu turdagi salfetkalarga bo`lgan talab yanada oshmoqda. Har bir ishni boshlashdan oldin har qanday tadbirkor boshlayotgan ishining kelajagi haqida qayg’uradi. Ushbu biznes bizning hududga tog’ri kelishining sabablarini quyida bayon qilib o’tmoqchimiz:
- Yurtimizda bu soha juda ommalashmaganligi bois bozorga o’z mahsulotingiz bilan kirish qiyin bo’lmaydi;
- Mahsulot uchun xomashyoni yurtimiz hududidan istalgan vaqtda va istalgan hajmda topish mmumkinligi
- Tayyor mahsulot hajmi ko’p joy egallaganligi sababli viloyatlarda ham ishlab chiqarish yaxshi samara berishi;
- Alohida malakali ishchiga zaerurat yo’qligi;
- Mahsulot xaridorga sotish vaqti cheklanmaganligi sababli siz uni oziq ovqat mahsulotlar singari muddati o’tib, aynib qolishidan qo’rqmasangiz ham bo’ladi.
SKU: n/a -

















