1 / 11Oshxona gubkasi ishlab chiqarish uskunalari
"AFEX-GROUP" mijozlari uchun daromadli bizneslar va yuqori sifatli ishlab chiqarish texnologiyalarini tavsiya etishda…
Tavsif
Uskuna haqida
"AFEX-GROUP" mijozlari uchun daromadli bizneslar va yuqori sifatli ishlab chiqarish texnologiyalarini tavsiya etishda davom etamiz! Oshxona gubkalar ishlab chiqarish biznesi,uzluksiz bozor talabini qondirib turish bizneslaridan biri xisoblanadi. Bugungi kunda oshxona gubkalari ishlab chiqarishda yaroqlilik darajasi oshgan eng zamonaviy materiallardan foydalanilmoqda. Gubkalarning xilma-xilligi toifalarga bo'linadi. Masalan:kuygan ovqatni olib tashlash uchun metall gubkalar. Shisha idishlarni, mebellar,plitkalar,pechkalar va boshqa turdagi idishlarni tozalash uchun ko'pik xosil qiluvchi tolali yumshoq gubkalar. Ko'pik xosil qiluvchi gubkalarni xam xar-xil turlari bor. Savdo do'konlari va bozorlarda siz tashqi dizayinidan xam farq qiluvchi ko'pik xosil qiluvchi porolon va sintetik tolali gubka turlarini uchratasiz.
Sifatli mahsulot ishlab chiqarishda biz sizlarga, yaroqlilik darajasi va tashqi dizayni chiroyli ko'rinishiga ega sintetik tolali gubkalarni ishlab chiqarish texnologiyalarni taklif etamiz.
Mahsulotni ishlab chiqarish texnologiyalari bilan tanishib chiqsak.
Bizga kerakli uskunalar.
1)Neylon mato to'qish mashinasi. 2)Porolonni matoga solish uskunasi. 3)Ultra tovushli kesish uskunasi. 4)Havo kompressori
1)Neylon mato to'qish mashinasi.
Bu mashina yordamida siz simli va sintetik abraziv tolalar to'qishingiz mumkin. Matoga turli xil ko'rinishdagi bezaklar va naqshinkor gullar to'qishingiz mumkin. Ushbu to'quv mashinasi bir soat mobaynida 17-20 metr tayyor mato to'qish imkoniyatiga ega. To'qilgan mato diametiri 102mm tashkil etadi. Gubkalarni doimiy ishlab chiqarish uchun, yuqori darajadagi avtomatik, sensorli ekranda boshqarish, matolarni to'qish uchun 10 xil turdagi formulalarni saqlashi va istalgan vaqtda formulani sozlashi mumkin.
⚠️Eslatma; Ishlab chiqarish xajmini oshirish maqsadida qo'shimcha to'quv mashinalar sotib olishingiz mumkin. Bu esa boshqa uskunalar ishlab chiqarish quvvatiga noqulaylik tug'dirmaydi.
To'quv mashinasi yordamida tayyor bo'lgan matolarni keyingi uskunaga yuboramiz.
2)Porolonni matoga solish uskunasi.
Porolonni matoga solish-bu bosqich qo'l mehnatiga qaraganda texnologik jihatdan murakkab bo'lmagan ammo samaradorligi yuqori uskuna yordamida bajariladi. Uskuna o'lchamlarda kesilgan porolonlarni mato ichiga joylab beradi.
⚠️Eslatma; Ushbu uskuna pnevmatik ishlash mexanizimiga asoslangan yani kompressor yordamida ishlaydi. Ushbu uskunani elektr toki bilan ishlaydigan turlari mavjud, agarda siz elektr toki bilan ishlaydigan turdagisini sotib olishni istasangiz bu o'z navbatida umumiy ko'rsatilgan summadan 1000$ arzon xisoblanadi.
Uskuna yordamida tayyor bo'lgan yarim tayyor mahsulotlarni keyingi uskunaga yuboramiz.
3)Ultra tovushli kesish uskunasi.
Uskuna gubkalarni avtomatik ravishda o'lchamlarda payvandlab so'ng kesib beradi. Kompyuter boshqarish tizimi yordamida siz kerakli o'lchamlarda mahsulot ishlab chiqarishingiz mumkin. Tayyor bolgan mahsulotni 3-5 tagacha bo'lgan to'plamni, korxonangiz nomi bilan bo'glangan bog'ichlarda bozor va do'kon rastalariga sotuvga chiqarishingiz mumkin.
4)Havo kompressori.
Havo kompressori; Porolonni matoga solish uskunasi va ultratovushli kesish uskunasiga yordamchi qurilma xisoblanadi.

Tezkor narx so‘rovi
Ismingiz va telefon raqamingizni qoldiring — qolganini mutaxassisimiz hal qiladi.
Ma’lumotlaringiz uchinchi shaxslarga berilmaydi
Video
Uskunaning ishlash jarayoni.
Yetkazib berish va ishga tushirish
Konsultatsiyadan ishga tushirishgacha — jarayon to‘rt bosqichda, shartnoma asosida.

Konsultatsiya
Ehtiyojingizni aniqlab, konfiguratsiya va tijorat taklifini tayyorlaymiz.

Shartnoma
Muddat, to‘lov tartibi va kafolat shartlari shartnomada qayd etiladi.

Yetkazib berish
Uskuna ishlab chiqaruvchidan ob’ektingizgacha yetkaziladi.

O‘rnatish va o‘qitish
Mutaxassislarimiz uskunani ishga tushiradi va operatorlarni o‘qitadi.
Ko‘p so‘raladigan savollar
Yetkazib berish, shartnoma va kuzatuv bo‘yicha eng ko‘p beriladigan savollar.
Buyurtmalarimni online kuzatib turish imkoni mavjudmi?
Yuklar qancha vaqtda yetqaziladi?
Yetqazib berishning qanday usullari mavjud?
Shartnoma tuzish uchun mendan nimalar talab etiladi?
Loyihangizni birga muhokama qilamiz
Uskuna tanlash, texnik yechimlar va takliflar bo‘yicha maslahat olish uchun biz bilan bog‘laning.
Bizni kuzatib boring
Yangi uskunalar, ishga tushirish va ishlab chiqarish jarayonlari — rasmiy kanallarimizda.
O‘xshash uskunalar

Uzum sharbat ishlab chiqarish liniyasi

Akril vannalarni ishlab chiqarish liniyasi

Kartoshka kraxmalidan kraker ishlab chiqaradigan liniya

Sabzavotlarni tozalab ularni quritadigan yagona liniya AF-500T

Kir yuvish kukuni ishlab chiqarish liniyasi
Omborda mavjudParrandalar uchun yem ishlab chiqarish ixcham liniyasi (8-12T/sutkasiga)

Rezina (elastik) lenta to'qish liniyasi


