AFEX

Mini sovun ishlab chiqarish liniyasi

Barchamizga ma`lumki, yildan yilga gigiyenik mahsulotlarga bo`lgan talab oshsa oshayaptiki, aslo kamaymayapti.

Individual taklif
Narx
Narxni aniqlashtiring

Siz uchun individual taklif tayyorlaymiz

Tavsif

Uskuna haqida

Barchamizga ma`lumki, yildan yilga gigiyenik mahsulotlarga bo`lgan talab oshsa oshayaptiki, aslo kamaymayapti. Yurtimizda sovunga bo`lgan talab juda ham yuqori. Shu sababli ham tadbirkorlar shu biznes orqali yuqori daromadga erisha oladi. Buning uchun AFEX-GROUP sizga yuqori sifatli uskunalarni ta`minlashga yordam beradi. Sizga taklif qiladigan ishlab chiqarish liniyamiz yordamida 2 xil turdagi sovunlarni ishlab chiqarishingiz mumkin: xo`jalik sovuni (xalq tilida “kir sovun”) va atir sovun. Uskunalar Xitoy Xalq Respublikasining bu sohada uzoq yillardan beri ishlab kelayotgan xalqaro zavod tomonidan ishlab chiqarilgan. Keling, ishlab chiqarish liniya haqida batafsil ma`lumotga ega bo`lib olsak.

Umumiy ma`lumotlar

Ishlab chiqarish hajmi: 50-100 kg/soat Ishchilar soni: 1 ta Kerakli maydon: 60 metr/kvadrat Umumiy quvvati: 4,75 kw/soat

Uskunalar to`plami

Demak, ishlab chiqarish jarayoni uchun quyidagi uskunalar to`plami kerak bo`ladi:
  1. Mikser
  2. Tegirmon-maydalagich
  3. Vakuum plodder
  4. Press uskuna
  5. Kesuvchi uskuna
  6. Qadoqlash uskunasi

Ishlab chiqarish jarayoni

Ushbu ishlab chiqarish jarayonimiz mini zavod bo`lgani tufayli katta maydon va quvvat talab qilmaydi. Jarayonlar ham murakkab bosqichlardan iborat emas. Eng birinchi bosqichda mikser kerak bo`ladi.

Mikser

Eng birinchi bosqichda barcha xom-ashyolarni aralashtirib-tayyorlab olishimiz kerak bo`ladi. Sovun ishlab chiqarish uchun har xil qo'shimchalar va sovun zarralarini aralashtirish uchun ishlatiladi. Uskunaning pastki qismida maxsus tirqish bor. Aralashma tayyor bo`lganda tugmachani bosish orqali maydalagich uskunaga avtomatik to`ksa bo`ladi.

Maydalagich

Navbatdagi bosqichda esa aralashmani yaxshilab maydalab olamiz. Shu orqali keyingi bosqichlarda aralashma sifatli holda presslanadi. (Ishlash jarayonlari quyida keltirilgan videolarda ko`rishingiz mumkin.)

Vakuum plodder

Ishlab chiqarish jarayonidagi eng asosiy uskuna - plodder. Bu uskunaga maydalangan aralashma solinadi va uskuna avtomatik ravishda sovunlarni ishlab chiqaradi.

Kesuvchi uskuna

Plodderdan chiqqan sovunni kesib olishimiz kerak bo`ladi. Uskuna avtomatik ravishda ishlaydi. Kesish vaqtini sozlash orqali sovunning o`lchamlarini o`zgartirish mumkin. Bu uskunadan chiqqan sovunlar tayyor dumaloq shakldagi qoliplar orqali ham shakl berilishi mumkin.

Press uskuna

Ushbu uskuna qoliplarini o`zgartirish orqali oval-dumaloq va boshqa shakldagi sovunlarni ishlab chiqarsa bo`ladi. Eng muhimi, uskunalar orqali ortib qolgan mahsulotlarni yana qayta ishlatsa bo`ladi. Shu orqali hech qanday chiqindilar hosil bo`lmaydi. Uskuna daqiqasiga 50 ga yaqin sovunlarni chiqarishi mumkin.

Qadoqlash uskunasi

Uskunalardan chiqqan sovunlarimiz konveyorga sotuvga tayyor holda tushadi. Konveyordan ularni olib, qadoqlab sotaversak ham bo`ladi. Qanday qadoqlamoqchiligingizga qarab turli xil uskunalar taklif etishimiz mumkin: paketchaga, qutichaga yoki ikki qavatli qog`ozli qadoqlash. Biz sizga gorizontal qadoqlash uskunasini taklif qilamiz.
AFEX · KONSULTATSIYA
Operatorlar onlayn

Tezkor narx so‘rovi

Ismingiz va telefon raqamingizni qoldiring — qolganini mutaxassisimiz hal qiladi.

UskunaMini sovun ishlab chiqarish liniyasi

Ma’lumotlaringiz uchinchi shaxslarga berilmaydi

Yetkazib berish va ishga tushirish

Konsultatsiyadan ishga tushirishgacha — jarayon to‘rt bosqichda, shartnoma asosida.

  1. 1

    Konsultatsiya

    Ehtiyojingizni aniqlab, konfiguratsiya va tijorat taklifini tayyorlaymiz.

  2. 2

    Shartnoma

    Muddat, to‘lov tartibi va kafolat shartlari shartnomada qayd etiladi.

  3. 3

    Yetkazib berish

    Uskuna ishlab chiqaruvchidan ob’ektingizgacha yetkaziladi.

  4. 4

    O‘rnatish va o‘qitish

    Mutaxassislarimiz uskunani ishga tushiradi va operatorlarni o‘qitadi.

Ko‘p so‘raladigan savollar

Yetkazib berish, shartnoma va kuzatuv bo‘yicha eng ko‘p beriladigan savollar.

Buyurtmalarimni online kuzatib turish imkoni mavjudmi?
Buyurtmalarni online kuzatish imkoniga egasiz. O'zbekistonda birinchilardan bo'lib GPS tizimi orqali yuklarni nazorat qilish, ularni joylashuvini aniqlab, yetib kelish vaqtini taxminiy hisoblovchi mexanizm ishlab chiqildi. Siz faqat shartnoma raqamini kiritgan holda bu ma'lumotlarni qo'lga kirita olasiz.
Yuklar qancha vaqtda yetqaziladi?
Yuklar yetkazib berish muddati ko'p hollarda ishlab chiqaruvchiga bog'liq bo'ladi. Aksariyat katta hajmli ishlab chiqarish uskunalarini yetqazish muddati oddiy uskunalarga nisbatan 2-3 marta ortiqroq vaqt talab etadi. Agar tayyor uskunalar bo'lgan taqdirda, yetqazib berish muddati 30 kundan boshlanadi.  Uskunalarni O'zbekiston hududida bojxona rasmiylashtiruv ishlari, Sertifikatlashtirish jarayonlariga ketadigan vaqt bundan mustasno.
Yetqazib berishning qanday usullari mavjud?
Chet ldan tovar turi va buyurtma olingan muddatga ko'ra yuklar O'zbekiston hududiga quyidagi asosda yetqaziladi: Havo yo'llari orqali Temir yo'l orqali Quruqlik transporti orqali Aralash transport orqali
Shartnoma tuzish uchun mendan nimalar talab etiladi?
Kompaniyamiz mijoziga aylanishingiz uchun sizdan: Tadbirkorlik sub'ektini tasdiqlovchi GUVOHNOMA; Bank rekvizitlari; STIR raqami; Rahbarning passport nusxasi; Shartnomani tasdiqlash uchun korxona muhri
Konsultatsiya

Loyihangizni birga muhokama qilamiz

Uskuna tanlash, texnik yechimlar va takliflar bo‘yicha maslahat olish uchun biz bilan bog‘laning.

Qo‘ng‘iroq qiling+998 93 381 6699Dush–Shan: 9:00 – 18:00
AFEX · IJTIMOIY TARMOQLAR

Bizni kuzatib boring

Yangi uskunalar, ishga tushirish va ishlab chiqarish jarayonlari — rasmiy kanallarimizda.

O‘xshash uskunalar

Barchasini ko‘rish