Oziq ovqat
Jami 124 natijadan 31–45
-
Omborda mavjud uskunalar, Oziq ovqat
Lapsha, Lag’mon ishlab chiqarish liniyasi
Avval aytganimizdek O’zbek xaqli azaldan xamirli ovqatlarni sevib iste’mol qiluvchi xalqlar sirasiga kiradi. Shuni inobatga olgan holda sizlar uchun AFEX-GROUP kompaniyasi ixcham lapsha, lag’mon ishlab chiqarish uskunasini taklif etadi. Uskunamiz yordamida siz 3 xil o’chamdagi mahsulot ishlab chiqarishingiz mumkin
SKU: AF-L028 -
Oziq ovqat, Xamir qorish uskunalari
Lavash xamirini ishlab chiqarish uskunasi
Barchamiz bilamizki, hozirgi kunda eng tez tayyor, mazali ovqat turlaridan biri “fast-food”lar hisoblangani uchun biz sizga lavash xamirini oson, tez va ortiqcha ishchi kuchini kamaytirgan holda ishlab chiqarish imkonini beruvchi uskunamizni taklif etamiz.
SKU: n/a -
Omborda mavjud uskunalar, Oziq ovqat
Makaron ishlab chiqarish liniyasi 120-130 kg soat AF-L33
“AFEX-GROUP” jamoasi tomonidan taqdim etilgan, soatiga 40 kg makaron ishlab chiqarishga mo’ljallangan ixcham liniya ko’plab mijozlarimizning katta qiziqishilariga sabab bo’ldi. Shuningdek mijozlarimiz orasida katta hajmdagi makaron ishlab chiqarish liniyasini so`rovchilar ham anchaginani tashkil qildi. Shuning uchun biz sizlarga soatiga 130 kg gacha makaron ishlab chiqarish liniyasini taqdim etadi.
Liniya quyidagi uskunalardan tashkil topgan.
SKU: AF-L33 -
Oziq ovqat, Quritilgan mahsulotlar
Mevali chipslar ishlab chiqarish liniyasi AF-L001
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29-mart kuni «O‘zbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilikni jadal rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» farmonni imzoladi.
Unga ko‘ra, 2018-yilda har bir hududda 1-2 ta meva-sabzavot klasterlari tashkil etilib, 2019-yildan boshlab meva-sabzavot yetishtirishga ixtisoslashgan barcha tumanlarni qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini tashkil etishning klaster shakliga jalb qilinadi.
2018-yilning 1-yanvaridan meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiruvchi tashkilotlarga daromadga vositachi tashkilotlar uchun ko‘zda tutilgan stavka bo‘yicha soliq solgan holda mukofot summasidan yagona soliq to‘lovini to‘lash huquqi berildi.
2018-yilning 1-aprelidan bitta meva-sabzavot klasteri ichida sotiladigan mahsulotga qo‘shimcha qiymat solig‘i solinmaydi va davlatning maqsadli fondlariga majburiy ajratmalar undirilmaydi.
Shu munosabat bilan sizlarga muhim va serdaromad tadbirkorlik turi boʻlgan Meva va sabzavotlardan Chips ishlab chiqarish biznesini taklif qilmoqdamiz. Ushbu liniya yordamida siz bemalol oʻz biznesingizni boshlab, turli koʻrinishdagi meva va sabzavotlardan ishlab chiqarilgan va qadoqlangan chipslarni eksport uchun tayyorlash, shu bilan birga ichki bozorda oʻz oʻrningizni topish imkonini beradi. Liniya yuqori texnologik bosqichlarni oʻz ichiga olgan boʻlib xaridorlarning talab va istaklarini inobatga olgan holatda optimal qilib berishga harakat qildik. Xaridorlarimiz talablariga binoan ishlab chiqarish hajmini oshirish yoki kamaytirish imkoni bor
SKU: AF-L001 -
Qadoqlash, Suv mahsulotlari
Monoblok suv quyish uskunasi AF-8-8-3
3 tasi birda suv quyish uskunasi hamma jarayonlar inson ishtirokisiz, oyna bilan himoyalangan uskuna ichida sodir bo’ladi. Uskunamiz yuqori sifatli sus304 zanglamas metalldan ishlangan bo’lib, liniya yordamida 500-1,5l gacha suv quyish mumkin. Uskuna pet idishlarga suv quyishdan avval yaxshilab yuviladi, buning uchun 8 ta yuvish kanali mavjud va yana 8 ta suv quyuvchi kanali orqali pet idishlar suv bilan to’ldiriladi. Suv bilan to’lgan pet idishlarni esa 3 ta kanal orqali yopib beradi. Unda yuvish, to’ldirish, bitta tanadagi uchta qismni qamrab olish kiradi. To’ldirish mashinasi asosan mineral suv, toza suv, gazsiz sharob va ichimliklar kabi gazsiz ichimliklar uchun ishlatiladi, soatiga 2000 dona tezlikka ega. Mashinaning dizayni ichimlikning tashqi muhit bilan aloqa qilish vaqtini qisqartiradi, sanitariya holatini yaxshilaydi va xavfsizligini kafolatlaydi.
SKU: AF-8-8-3 -
Oziq ovqat, Suv mahsulotlari
Monoblok suv to`ldirish uskunasi 19L (yuvish, suv to`ldirish va qopqoq yopish)
Oziq ovqat, Suv mahsulotlariMonoblok suv to`ldirish uskunasi 19L (yuvish, suv to`ldirish va qopqoq yopish)
3 tasi birda suv quyish uskunasi hamma jarayonlar inson ishtirokisiz, oyna bilan himoyalangan uskuna ichida sodir bo’ladi. Uskunamiz yuqori sifatli sus304 zanglamas metalldan ishlangan bo’lib, liniya yordamida 19L suv quyish mumkin. Uskuna pet idishlarga suv quyishdan avval yaxshilab yuvadi buning uchun yuvish kanali mavjud va suv quyuvchi kanali orqali pet idishlarni suv bilan to’ldiradi. Oxirgi bosqichda suv bilan to’lgan pet idishlarni qopqog’ini presslab yopib beradi. Unda yuvish, to’ldirish, bitta tanadagi uchta qismni qamrab olish kiradi. Mashinaning dizayni ichimlikning tashqi muhit bilan aloqa qilish vaqtini qisqartiradi, sanitariya holatini yaxshilaydi va xavfsizligini kafolatlaydi.
SKU: n/a -
Oziq ovqat
Muzlatilgan chuchvara ishlab chiqarish liniyasi AF-L017
Chuchvara (pelmeni) xalqimiz tomonidan sevib iste’mol qilinadigan mahsulotlardan sanaladi. Har bir xonadonda tayyorlanadigan chuchvara oilaning barcha a’zolariga birdek manzur bo’ladi. Zamonamiz rivojlangani sayin yurtimizda urbanizatsiya darajasi yuqori suratlarda o’sib bormoqda. Shaharda istiqomad qiluvchi oilalarning aksariyat qismini vaqt muammosi qiynaydi. Sizga ma’lumki chuchvara tayyorlash bekalarimiz uchun oddiy taom sanalmaydi va uni tayyorlash boshqa ovqatlarga nisbatan ko’proq vaqt talab etadi. Shu sababdan so’nggi yillarda yurtimizda pishirish uchun tayyor taomlarimiz savdosi anchagina o’sgan. Yuqoridagi talabdan kelib chiqqan holda sizlarga bugun AFEX-GROUP LLC kompaniyasi muzlatilgan chuchvara ishlab chiqarish liniyasini taqdim etishga qaror qildi. Albatta sizlarga tavsiya etiladigan uskunalarimizni tanlashda bizga kelib tushadigan murojaatlarni inobatga olgan holda taqdim etamiz.
SKU: AF-L017