Yopishqoq lenta (skotch) ishlab chiqarish linyasi

Mavjudligi:

Omborda qolmagan, buyurtma berish mumkin


Mahsulot xaqida qisqacha:

Umumiy tillarda “SCOTCH” inglizcha Scotch – Shotlandiya degan nomiga qaramay, birinchi bo’lib Germaniyada yaratilgan. Yopishqoq lenta dastlab doka matodan iborat bo’lib, 1882 yilda Pol Karl Bayersdofga patentlangan. O’sha paytda Beiersdorf AGda ishlagan farmatsevt Oskar Troplowits uni 1901 yilda takomillashtirib, LEYKOPLAST deb nomlagan. Keyinchalik Shotlandiyalik Dik Dryu tomonidan 1925 yilda ishlab chiqarilgan yopishqoq lentani “SKOTCH” (inglizcha skotch – Shotlandiya) deb nomlashdi.

68,700$

Omborda qolmagan, buyurtma berish mumkin

Yopishqoq lenta asosan konselyariya, qadoqlash, korxona va tashkilotlarda, qurilish, maktab, ofislarda va boshqa sohalarda keng qo’llanib kelinayotgan mahsulotlardan biri hisoblanadi.

Kerakli xom ashyolar:

1)Polimer BOPP plyonkasi.

2)Yelim.

3)Karton.

Mahsulot sifatliligi albatta xom ashyo sifat darajasiga bog’liq bo’ladi.Yopishqoq lentaning asosini polimer plyonka tashkil etadi. Har xil qalinlikda bo’lishi mumkin. Standart qalinliklar 30 mikrondan boshlanadi. Shuning uchun uni qaysi turdagi yopishqoq lenta tayyorlanishiga qarab tanlash kerak.

Skotch lentasining yana bir muhim tarkibiy qismi bu yelim. Odatda (Akril kley)suvga asoslangan yopishtiruvchi moddalar ishlatiladi. Boshqa turlar o’ziga xos hidni berishi mumkin, bu odatda iste’molchiga yoqmaydi.

Kartonni eng bardoshliligini sotib olish kerak, chunki u asos bo’lib, deformatsiyalanmasligi kerak.

Sotuv:

Mahsulot sotuvi mavsumga bog’liq emas. Mijozlar ish yuritish uchun yopishqoq lentani rangli, bezatilgan, muhrlangan variantlari xaridorgir bo’ladi.Yirik ishlab chiqaruvchilar va sotuvchi kompaniya logotipi tushirilgan yopishqoq lentalar ishlab chiqarib,mijozlar talabini qondirishingiz mumkin. 45-48 mm kenglikdagi yopishqoq lenta bilan eng standart o’lchamlarda ishni boshlash yaxshidir, keyin bosqichma-bosqich kengaytirib borishingiz mumkin. Sotuvda siz, xaridorlar talabiga ega bo’lgan turli xil kenglikdagi yopishqoq lentalarni topishingiz mumkin.

Kerakli maydon:

Mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun liniyani barcha uskunalarni 150 kvadrat metr maydonga joylashtirilishi mumkin. Shiftning minimal balandligi 3 metrdan yuqori bo’lishi kerak. Barcha uskunalar bir joyda bo’lishi, kam ishchi bilan ko’p mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlaydi.Ishchilar soni 3-4 kishini talab etadi.

Tadbirkorlar budjeti va mahsulot savdosini inobatga olgan xolda, “AFEX GROUP” jamoasi mijozlari uchun kichik, ammo qisqa vaqtda ko’p mahsulot ishlab chiqarish liniyasini taqdim etamiz!

Liniya takibidagi uskunalar:

1) Rulon qog’ozlarni o’lchamlarda kesish uskunasi

2) Qog’oz quvurlar tayyorlash uskunasi

3) Qog’oz quvurlarni o’lchamlarda kesish

4) O’lchamdagi quvurlarni o’rnatish va tayyor mahsulotlarni chiqarib olish uskunasi

5) Polimer plyonkasini yelimlash va rang berish uskunasi

6) Yelimlangan lentalarni o’lchamlarda o’rash uskunasi

7) O’ram uzunligini o’lchash uskunasi

Liniya umumiy ishlab chiqarish quvvati 20-30metr/min (kengligi 500mm). Ya’ni kengligi 50mm, uzunligi 30 metr bo’lgan skotchdan 10dona/min.

1) Rulon qog’ozlarni o’lchamlarda kesish uskunasi

Uskuna qulayliklari;Tezlikni tartibga solish, yuqori va pastki pichoqlar 20-1600 mm oralig’ida sozlash, qog’ozni pnevmatik kengayish yoki tortishish barcha ishlar boshqaruv panelida joylashtirilgan.

Ushbu uskuna qog’oz rulonlarni o’lchamlarda kesib beradi.O’lchamlarda kesilgan qog’ozlarni quvur tayyorlash uchun yuboriladi.

2) Qog’oz quvurlar uskunasi.

Qog’ozli quvur yelim va qog’ozdan uskuna yordamida tayyorlanadi. Uskuna kam shovqinli, boshqaruv panelida barcha funktsiyalarni sozlash, belgilangan uzunlikni avtomatik kesish qulayliklariga ega.

Uskunada tayyor bo’lgan quvurlarni o’lchamlarda kesish uskunasiga yuboramiz.

3) Qog’oz quvurlarni o’lchamlarda kesish

Uskuna qog’oz quvurlarni slindrga o’rnatib belgilangan o’lchamlarda aylana disk yordamida kesiladi. Kesilgan quvurlarni pnevmatik (kompressor) slindr yordamida surib chiqariladi. O’lchamdagi quvurlarni o’rnatish va tayyor mahsulotlarni chiqarib olish uskunasiga yuboramiz.

4) O’lchamdagi quvurlarni o’rnatish va tayyor mahsulotlarni chiqarib olish uskunasi

Uskuna avtomatik ravishda o’lchamdagi quvurlarni o’rnatib va tayyor mahsulotlarni chiqarib olish imkoniyatlar mavjud. Bu uskuna xam pnevmatik ( kompressor) slindr yordamida ishlaydi.

5) Polimer plyonkasini yelimlash va rang berish uskunasi

Polimer Bopp lentalarga printer yordamida shaffof, bosma, rangli, naqshinkor, logotipli (Ushbu uskunada 2 rangli nazarda tutilgan) lentalar bosib chiqaradi. Uskunada bir tamonlama akril yelim yopishtirilib, quritish pechida 70-90 gradus issiqlikda quritiladi. Pechdan chiqqan mahsulot g’altaklarga oraladi.

(Sizda 2 ta variant bor yirik oram xolatiga keltirib, keyin o’lchamlarda kesish yoki tog’ridan-to’gri tayyor maxsulot uchun o’lchamlarda kesish uskunasiga ulash lozim.)

 

6) Yelimlangan lentalarni o’lchamlarda o’rash uskunasi

Ushbu uskunada jami 8 ta val bo’lib, 4 ta katta, 4ta kichik vallar joylashgan.

7) O’ram uzunlikni o’lchash uskunasi.

Uskuna o’ram uzunliklarini o’lchash va sifatsiz o’ralgan mahsulotlarni qayta o’rash uchun ishlatiladi.

 

 

0.0 umumiy reyting
0
0
0
0
0

Birinchi bo'lib izoh qoldiring “Yopishqoq lenta (skotch) ishlab chiqarish linyasi”

Hozircha izohlar yoq. Siz birinchi bo'lib izoh qoldiring!

chek qog’ozlar salfetka ishlab chiqarish