AFEX
Qurilish uskunalariTovar kodi: 60e3f1d60bd70c4f812e5876

Yopishqoq lenta (skotch) ishlab chiqarish linyasi

Mahsulot xaqida qisqacha: Umumiy tillarda "SCOTCH" inglizcha Scotch - Shotlandiya degan nomiga qaramay, birinchi bo'lib…

Individual taklif
Narx

Tavsif

Uskuna haqida

Mahsulot xaqida qisqacha: Umumiy tillarda "SCOTCH" inglizcha Scotch - Shotlandiya degan nomiga qaramay, birinchi bo'lib Germaniyada yaratilgan. Yopishqoq lenta dastlab doka matodan iborat bo'lib, 1882 yilda Pol Karl Bayersdofga patentlangan. O'sha paytda Beiersdorf AGda ishlagan farmatsevt Oskar Troplowits uni 1901 yilda takomillashtirib, LEYKOPLAST deb nomlagan. Keyinchalik Shotlandiyalik Dik Dryu tomonidan 1925 yilda ishlab chiqarilgan yopishqoq lentani "SKOTCH" (inglizcha skotch - Shotlandiya) deb nomlashdi.

Yopishqoq lenta asosan konselyariya, qadoqlash, korxona va tashkilotlarda, qurilish, maktab, ofislarda va boshqa sohalarda keng qo'llanib kelinayotgan mahsulotlardan biri hisoblanadi. Kerakli xom ashyolar: 1)Polimer BOPP plyonkasi. 2)Yelim. 3)Karton. Mahsulot sifatliligi albatta xom ashyo sifat darajasiga bog'liq bo'ladi.Yopishqoq lentaning asosini polimer plyonka tashkil etadi. Har xil qalinlikda bo'lishi mumkin. Standart qalinliklar 30 mikrondan boshlanadi. Shuning uchun uni qaysi turdagi yopishqoq lenta tayyorlanishiga qarab tanlash kerak. Skotch lentasining yana bir muhim tarkibiy qismi bu yelim. Odatda (Akril kley)suvga asoslangan yopishtiruvchi moddalar ishlatiladi. Boshqa turlar o'ziga xos hidni berishi mumkin, bu odatda iste'molchiga yoqmaydi. Kartonni eng bardoshliligini sotib olish kerak, chunki u asos bo'lib, deformatsiyalanmasligi kerak.

Sotuv:

Mahsulot sotuvi mavsumga bog'liq emas. Mijozlar ish yuritish uchun yopishqoq lentani rangli, bezatilgan, muhrlangan variantlari xaridorgir bo'ladi.Yirik ishlab chiqaruvchilar va sotuvchi kompaniya logotipi tushirilgan yopishqoq lentalar ishlab chiqarib,mijozlar talabini qondirishingiz mumkin. 45-48 mm kenglikdagi yopishqoq lenta bilan eng standart o'lchamlarda ishni boshlash yaxshidir, keyin bosqichma-bosqich kengaytirib borishingiz mumkin. Sotuvda siz, xaridorlar talabiga ega bo'lgan turli xil kenglikdagi yopishqoq lentalarni topishingiz mumkin.

Kerakli maydon:

Mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun liniyani barcha uskunalarni 150 kvadrat metr maydonga joylashtirilishi mumkin. Shiftning minimal balandligi 3 metrdan yuqori bo'lishi kerak. Barcha uskunalar bir joyda bo'lishi, kam ishchi bilan ko'p mahsulot ishlab chiqarishni ta'minlaydi.Ishchilar soni 3-4 kishini talab etadi. Tadbirkorlar budjeti va mahsulot savdosini inobatga olgan xolda, "AFEX GROUP" jamoasi mijozlari uchun kichik, ammo qisqa vaqtda ko'p mahsulot ishlab chiqarish liniyasini taqdim etamiz!

Liniya takibidagi uskunalar:

1) Rulon qog'ozlarni o'lchamlarda kesish uskunasi 2) Qog'oz quvurlar tayyorlash uskunasi 3) Qog'oz quvurlarni o'lchamlarda kesish 4) O'lchamdagi quvurlarni o'rnatish va tayyor mahsulotlarni chiqarib olish uskunasi 5) Polimer plyonkasini yelimlash va rang berish uskunasi 6) Yelimlangan lentalarni o'lchamlarda o'rash uskunasi 7) O'ram uzunligini o'lchash uskunasi Liniya umumiy ishlab chiqarish quvvati 20-30metr/min (kengligi 500mm). Ya'ni kengligi 50mm, uzunligi 30 metr bo'lgan skotchdan 10dona/min.

1) Rulon qog'ozlarni o'lchamlarda kesish uskunasi

Uskuna qulayliklari;Tezlikni tartibga solish, yuqori va pastki pichoqlar 20-1600 mm oralig’ida sozlash, qog’ozni pnevmatik kengayish yoki tortishish barcha ishlar boshqaruv panelida joylashtirilgan. Ushbu uskuna qog’oz rulonlarni o’lchamlarda kesib beradi.O'lchamlarda kesilgan qog’ozlarni quvur tayyorlash uchun yuboriladi.

2) Qog'oz quvurlar uskunasi.

Qog'ozli quvur yelim va qog'ozdan uskuna yordamida tayyorlanadi. Uskuna kam shovqinli, boshqaruv panelida barcha funktsiyalarni sozlash, belgilangan uzunlikni avtomatik kesish qulayliklariga ega. Uskunada tayyor bo’lgan quvurlarni o’lchamlarda kesish uskunasiga yuboramiz.

3) Qog'oz quvurlarni o'lchamlarda kesish

Uskuna qog'oz quvurlarni slindrga o'rnatib belgilangan o'lchamlarda aylana disk yordamida kesiladi. Kesilgan quvurlarni pnevmatik (kompressor) slindr yordamida surib chiqariladi. O'lchamdagi quvurlarni o'rnatish va tayyor mahsulotlarni chiqarib olish uskunasiga yuboramiz.

4) O'lchamdagi quvurlarni o'rnatish va tayyor mahsulotlarni chiqarib olish uskunasi

Uskuna avtomatik ravishda o'lchamdagi quvurlarni o'rnatib va tayyor mahsulotlarni chiqarib olish imkoniyatlar mavjud. Bu uskuna xam pnevmatik ( kompressor) slindr yordamida ishlaydi.

5) Polimer plyonkasini yelimlash va rang berish uskunasi

Polimer Bopp lentalarga printer yordamida shaffof, bosma, rangli, naqshinkor, logotipli (Ushbu uskunada 2 rangli nazarda tutilgan) lentalar bosib chiqaradi. Uskunada bir tamonlama akril yelim yopishtirilib, quritish pechida 70-90 gradus issiqlikda quritiladi. Pechdan chiqqan mahsulot g'altaklarga oraladi. (Sizda 2 ta variant bor yirik oram xolatiga keltirib, keyin o'lchamlarda kesish yoki tog'ridan-to'gri tayyor maxsulot uchun o'lchamlarda kesish uskunasiga ulash lozim.)

6) Yelimlangan lentalarni o'lchamlarda o'rash uskunasi

Ushbu uskunada jami 8 ta val bo'lib, 4 ta katta, 4ta kichik vallar joylashgan.

7) O'ram uzunlikni o'lchash uskunasi.

Uskuna o'ram uzunliklarini o'lchash va sifatsiz o'ralgan mahsulotlarni qayta o'rash uchun ishlatiladi.
AFEX · KONSULTATSIYA
Operatorlar onlayn

Tezkor narx so‘rovi

Ismingiz va telefon raqamingizni qoldiring — qolganini mutaxassisimiz hal qiladi.

UskunaYopishqoq lenta (skotch) ishlab chiqarish linyasi

Ma’lumotlaringiz uchinchi shaxslarga berilmaydi

Video

Uskunaning ishlash jarayoni.

Yetkazib berish va ishga tushirish

Konsultatsiyadan ishga tushirishgacha — jarayon to‘rt bosqichda, shartnoma asosida.

  1. 1

    Konsultatsiya

    Ehtiyojingizni aniqlab, konfiguratsiya va tijorat taklifini tayyorlaymiz.

  2. 2

    Shartnoma

    Muddat, to‘lov tartibi va kafolat shartlari shartnomada qayd etiladi.

  3. 3

    Yetkazib berish

    Uskuna ishlab chiqaruvchidan ob’ektingizgacha yetkaziladi.

  4. 4

    O‘rnatish va o‘qitish

    Mutaxassislarimiz uskunani ishga tushiradi va operatorlarni o‘qitadi.

Ko‘p so‘raladigan savollar

Yetkazib berish, shartnoma va kuzatuv bo‘yicha eng ko‘p beriladigan savollar.

Buyurtmalarimni online kuzatib turish imkoni mavjudmi?
Buyurtmalarni online kuzatish imkoniga egasiz. O'zbekistonda birinchilardan bo'lib GPS tizimi orqali yuklarni nazorat qilish, ularni joylashuvini aniqlab, yetib kelish vaqtini taxminiy hisoblovchi mexanizm ishlab chiqildi. Siz faqat shartnoma raqamini kiritgan holda bu ma'lumotlarni qo'lga kirita olasiz.
Yuklar qancha vaqtda yetqaziladi?
Yuklar yetkazib berish muddati ko'p hollarda ishlab chiqaruvchiga bog'liq bo'ladi. Aksariyat katta hajmli ishlab chiqarish uskunalarini yetqazish muddati oddiy uskunalarga nisbatan 2-3 marta ortiqroq vaqt talab etadi. Agar tayyor uskunalar bo'lgan taqdirda, yetqazib berish muddati 30 kundan boshlanadi.  Uskunalarni O'zbekiston hududida bojxona rasmiylashtiruv ishlari, Sertifikatlashtirish jarayonlariga ketadigan vaqt bundan mustasno.
Yetqazib berishning qanday usullari mavjud?
Chet ldan tovar turi va buyurtma olingan muddatga ko'ra yuklar O'zbekiston hududiga quyidagi asosda yetqaziladi: Havo yo'llari orqali Temir yo'l orqali Quruqlik transporti orqali Aralash transport orqali
Shartnoma tuzish uchun mendan nimalar talab etiladi?
Kompaniyamiz mijoziga aylanishingiz uchun sizdan: Tadbirkorlik sub'ektini tasdiqlovchi GUVOHNOMA; Bank rekvizitlari; STIR raqami; Rahbarning passport nusxasi; Shartnomani tasdiqlash uchun korxona muhri
Konsultatsiya

Loyihangizni birga muhokama qilamiz

Uskuna tanlash, texnik yechimlar va takliflar bo‘yicha maslahat olish uchun biz bilan bog‘laning.

Qo‘ng‘iroq qiling+998 93 381 6699Dush–Shan: 9:00 – 18:00
AFEX · IJTIMOIY TARMOQLAR

Bizni kuzatib boring

Yangi uskunalar, ishga tushirish va ishlab chiqarish jarayonlari — rasmiy kanallarimizda.

O‘xshash uskunalar

Barchasini ko‘rish