1 / 8Ultratovushli qavish va tikuv uskunalari AF-L020
Zamonamiz rivojlangani sayin har bir sohaga yangiliklar shiddat bilan kirib kelmoqda.
- Quvvat sarfi
- 1.5KW-5KW+0.75KW-2KW+0.75KW
- Kuchlanish
- 380v50hz
- Og’irligi
- 3T
- Ultratovush generatori
- 600w*
- Mato kengligi(Qavish kengligi)
- 2200mm
- O’lchami
- 7000x2700x2100
Tavsif
Uskuna haqida
Zamonamiz rivojlangani sayin har bir sohaga yangiliklar shiddat bilan kirib kelmoqda. Shu jumladan tekstil sohasida ham birmuncha tejamkor va qulay yechimli yangiliklar hayotimizdan o'rin egallamoqda. Bugun AFEX-GROUP LLC sizlarga tavsiya etadigan uskuna 3-4 yildan buyon import mahsulotlarimizni turli shakllar bilan bezatilib, xaridorgir bo'lishiga xizmat qilayotgan ultratovushli qavish uskunasidir. Ushbu uskuna o'zining bir qator yengilliklari bilan o'zidan avvalgi avlod uskunalaridan farqlanadi. Hozirda qavilgan mahsulotlar yurtimizda va dunyoda ancha urfga kirgan. Ushbu qavilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun ananaviy qavish dastgohlari va zamonaviy qavish dastgohlaridan foydalaniladi. Ananaviy dastgohlar qavishni ip yordamida bajaradi va bunday ishlab chiqarish jarayoni ayrim kamchiliklardan holi emas. quyida sizlarga yangi ultratovushli va ananaviy ip bilan qavishni o'zaro taqqoslab ko'ramiz.
- Iplik qavish uskunasi doimiy nazorat talab etadi va tuzatish xarajatlari yuqori. (Ignalar, servo motor, invertor va boshqalar)
- Qavish tezligi past, sarflangan elektr energiyasini inobatga olganda foydali ish koeffitsiyenti yuqori emas.
- Qaviladigan mator turi va uning qalinligini doimiy nozorat qilish lozim, aks holda sizga bu xato qimmatga tushishi mumkin.
- Uskunaning narx jihatidan qimmatligi
- Ishlash jarayonidagi shovqinning meyoridan ortiq bo'lishi
Biz sizga yangicha va zamon talablariga to'la javob beruvchi ultratovushli qavish uskunasini va unga qo'shimcha ravishda ultratovushli tikuv dastgohini taklif qilmoqdamiz. Biz tavsiya qilgan liniya qanday qulayliklarga ega.
- Chiqadigan mahsulot tannarxi sezilarni darajada arzonlashadi
- Tezlik yuqori bo'lganligi sabab, buyurtmalar o'z vaqtida bajariladi
- Qavish maxsus qolip orqali bajarilganligi sababli uskuna uchun sarf xarajatlar birmuncha arzon. Eng muhimi qavish jarayonida umuman ipdan foydalanilmaydi.
- Biz sizni xarajatlarizni minimallashtirish maqsadida mahsulotingiz chet qismlarini tikish uchun ultratovushli tikuv uskunasini ham tavsiya qilmoqdamiz. Ushbu uskunada siz boshqa ko'plab ishlarni ham bajarishingiz mumkin.
- Sun'iy charm mahsulotlaridan ham foydalanish mumkin
- Ko'p marta yuvilganda ham qavish sifati o'zgarmasdan qoladi
Biz sizga tavsiya etagigan qavish uskunasi yordamida siz 2 qavat (mato+sintepon) va 3 qavatli (mato+sintepon+mato) bo'lgan mahsulotlar ishlab chiqara olasiz. Quyida siz uskuna texnik ko'rsatgichlari bilan tanishib olishingiz mumkin.

Umumiy ko‘rsatkichlar

- Ishlab chiqarilgan
- Xitoy
- Kuchlanish
- 380v50hz
- Quvvat sarfi
- 1.5KW-5KW+0.75KW-2KW+0.75KW
- Ultratovush generatori
- 600w*(6-20 dona)
- Mato kengligi(Qavish kengligi)
- 2200mm
- O’lchami
- 7000x2700x2100(LxWxH)
- Og’irligi
- 3T
- Ishlash tezligi
- 0-400m/soat
- Ishlash chastotasi
- 20kHZ

Endigina ushbu sohada ish boshlamoqchi bo'lgan tadbirkorlarimizda o'z o'zidan ushbu ishni qanday qanday boshlayman, kerakli xomashyolarni qayerdan olaman, ishni boshlash uchun mutahasis bormi degan muammoli savollarizga AFEX-GROUP jamoasi o'z maslahatlarini ayashmaydi va bizda malakali mutaxasislar mavjud. Hozirda bozorlarimizda ommabop bo'lgan mahsulotlarni ya'ni qavilgan ko'rpa mahsulotlari, yostiqlar, ustki kiyimlar, avtomobil o'rindiqlari uchun qoplama mahsulotlar va boshqalar ishlab chiqarish mumkin. Quyida sizlarni e'tiboringiz uchun ayrim mahsulotlardan na'munalar keltiramiz.


Mahsulotingizni chet qismlari uchun siz oddiy tikuv mashinkasidan ham foydalanishingiz mumkin, lekin biz sizga ultratovushli tikuv mashinkasini tavsiya etmoqdamiz. Ushbu uskuna uchun ip zarur emas va mahsulotingiz ko'rinishi ham boshqalarnikidan keskin farqlanadi. Kerakli roliklarni tanlab siz chet qismini har xil gulli naqshli qilib chiqarishingiz ham mumkin. Bunda chastotalar kerakli nuqtaga berilib xuddi payvandlash kabi holat yuz beradi. Bunda Mato+sintepon+mato ko'rinishidagi tayyor mahsulotlarga qulay hamda matoni o'zi uchun ham ishlatsa bo'ladi.


Yuqorida sizga taklif qilingan ikki uskuna yordamida siz yurtimiz bozorida xaridorgir bo'lgan ko'plab mahsulotlar chiqarishingiz mumkin. Biz sizning biznesingiz rivoji uchun astoydil harakat qildik, sababi siz bir xil mahsulot bilan cheklanib qolmaysiz va mahsulotlaringiz tannarxi shu kabi mahsulot taklif qiluvchilardan birmuncha arzonga tushadi hamda sizda raqobatchilar hozircha kam. O'ylaymizki bugun sizlarga taklif qilgan biznesimiz ma'qul keldi.
Tezkor narx so‘rovi
Ismingiz va telefon raqamingizni qoldiring — qolganini mutaxassisimiz hal qiladi.
Ma’lumotlaringiz uchinchi shaxslarga berilmaydi
Texnik xususiyatlar
Ma’lumotlar ishlab chiqaruvchi tomonidan taqdim etilgan; konfiguratsiya buyurtmaga qarab o‘zgarishi mumkin.
Umumiy ko‘rsatkichlar
9 parametr- Ishlab chiqarilgan
- Xitoy
- Kuchlanish
- 380v50hz
- Quvvat sarfi
- 1.5KW-5KW+0.75KW-2KW+0.75KW
- Ultratovush generatori
- 600w*(6-20 dona)
- Mato kengligi(Qavish kengligi)
- 2200mm
- O’lchami
- 7000x2700x2100(LxWxH)
- Og’irligi
- 3T
- Ishlash tezligi
- 0-400m/soat
- Ishlash chastotasi
- 20kHZ
Video
Uskunaning ishlash jarayoni.
Yetkazib berish va ishga tushirish
Konsultatsiyadan ishga tushirishgacha — jarayon to‘rt bosqichda, shartnoma asosida.

Konsultatsiya
Ehtiyojingizni aniqlab, konfiguratsiya va tijorat taklifini tayyorlaymiz.

Shartnoma
Muddat, to‘lov tartibi va kafolat shartlari shartnomada qayd etiladi.

Yetkazib berish
Uskuna ishlab chiqaruvchidan ob’ektingizgacha yetkaziladi.

O‘rnatish va o‘qitish
Mutaxassislarimiz uskunani ishga tushiradi va operatorlarni o‘qitadi.
Ko‘p so‘raladigan savollar
Yetkazib berish, shartnoma va kuzatuv bo‘yicha eng ko‘p beriladigan savollar.
Buyurtmalarimni online kuzatib turish imkoni mavjudmi?
Yuklar qancha vaqtda yetqaziladi?
Yetqazib berishning qanday usullari mavjud?
Shartnoma tuzish uchun mendan nimalar talab etiladi?
Loyihangizni birga muhokama qilamiz
Uskuna tanlash, texnik yechimlar va takliflar bo‘yicha maslahat olish uchun biz bilan bog‘laning.
Bizni kuzatib boring
Yangi uskunalar, ishga tushirish va ishlab chiqarish jarayonlari — rasmiy kanallarimizda.
O‘xshash uskunalar

Paxtani ochib qayta ishlash uskunasi

Avtomatik ip o‘rash uskunasi

Sanoat uchun yuqori sifatli 8 boshli raqamli tekstil printeri
Omborda mavjudPaxta, sintepon titish va o'rab berish uskunasi

To'quv (Jemfer, palto, bolalar kiyimlari va boshqalar) ishlab chiqarish liniyasi AF-L023
Omborda mavjudXo'jalik qo'lqoplari ishlab chiqarish liniyasi AF-L009

Paypoq ishlab chiqarish liniyasi AF-L003


