, ,

Tunukafon va tom uchun aksessuarlar ishlab chiqarish liniyasi

Mavjudligi:

Omborda qolmagan, buyurtma berish mumkin


Yurtimizning istalgan nuqtasiga nazar solsangiz hamma joyda qurilish va bunyodkorlik ishlariga guvoh bo’lasiz. Qurilish sohasida har kun yangiliklarni uchratishimiz mumkin. Shu kabi yangiliklardan biri yurtimizda tez ommalashayotgan tunukafon va tom uchun aksessuarlardir. Tunukafon biznesining ommalashishiga asosiy sabab quyidagicha:

  • Tunukafon mahsuloti Aluminiy kompozit panellar o’rnini bosa oladi
  • Ulyuminiy kompozit panellardan 2-3 barobor arzon
  • O’rnatilishi tez va qulay
  • Murakkab dizaynlar qilish ham mumkin
  • O’rnatish uchun ishchi xarajatlari bir muncha arzon
  • Yong’inga chidamli mahsulot, tarkibida polimer bo’lmaganligi sababli yonmaydi
  • Xomashyoni istalgan xo’jalik mollari ulgurji sotuvchilaridan topish mumkinligi

18,100$

Omborda qolmagan, buyurtma berish mumkin

Yuqorida sanab o’tilgan qulayliklari sabab ushbu mahsulot tez ommalashdi, hamda uni ishlab chiqaruvchilar ham kun sayin oshib bormoqda. Bizning AFEX-GROUP kompaniyamiz siz azizlarga ushbu mahsulotni sifatli ishlab chiqarish uchun kerakli bo’lga uskunalarni yetkazib beradi. Hozirda ushbu xizmat turiga talab oshganligi bois, mahsulotingizga ortiqcha reklama ham shart emas, sababi barcha ishlab chiqaruvchilarda buyurtmalar navbat bilan bajarilmoqda. Ba’zi bir hududlarda hattoki buyurtma 20-25 kunga qadar cho’zilmoqda, bunga sabab esa mijozlar sonining ko’pligidadir.

Keling endi ish jarayoni bilan qisqacha tanishrtirib o’tsak.

KATTA RULONDAN KERAKLI O’LCHAMDA KESIB OLUVCHI GILLIOTINA (1300mm)

Ishni avval bo’yalgan tunuka rulonni kerakli o’lchamda kesib olishdan boshlaymiz. Odatda bizga import qilinadigan Xitoy va Rossiya tunuka rulonlari eni 1250 mm . ni tashkil etadi. Shuni hisobga olgan holda biz sizga 1300 mm li rulon tunukadan kerakli o’lchamdagi tunukani kesib beruvchi gilliotina tavsiya etamiz. Ushbu uskunaning qulayligi pedal yordamida harakat qiladi, elektr tokida ishlaganligi sababli sizdan ortiqcha kuch talab etmaydi.

4M LIK MAXSUS GILLIOTINA

Ushbu gilliotinaning vazifasi 4 metrgacha uzunlikdagi eni 125 sm(chunki rulon tunuka eni shu o’lchamda) dan kichik bo’lgan mahsulotlarni kesib berishdan iborat. Buyurtma asosida o’lchamlar asosida har bir mahsulot kesib olinadi. Tavsiya qiladigan yarim avtomatik uskuna yordamida siz turli o’lchamlarni kesishingiz mumkin bo’ladi.

TUNUKANI SHAKLLI BUKIB BERISH (LISTOGIB) USKUNASI (4M)

Asosan tom qoplamalari uchun ishlatilishi mo’njallangan ko’pgina tunukalik aksessuarlar mavjud bo’lib, ularni turli xil burchak ostida bukishga to’g’ri keladi. Shuning uchun biz sizlar uchun bukish uskunasi olishni tavsiya qilamiz.

TUNUKA CHETINI FORMALASH USKUNASI

Ushbu uskuna bukilgan yoki kesilgan tunuka chetlari qo’lni kesmasligi yoki bir biriga ulanish uchun iz ochib berish uchun ximat qiladi. Ushbu uskuna 6 xil funksiyani bajaradi va oval shakldagi metallar uchun ham ishlatish mumkin.

 

Yuqoridagi uskunalar yordamida siz tom uchun aksessuarlar, hamda tunukapon mahsulotlarini ishlab chiqarishingiz mumkin bo’ladi. Uskunalarni ochiq mahdonda usti yopilgan binoda ishlatish ham mumkin. Hamma uskunalarni ishlatish uchun 3 nafar zarurat bo’lganda 2 nafar ishchi ham bemalol eplashi mumkin. Uskunalar ishlashi uchun 100 m2 dan kam bo’lmagan ish joyi bo’lganligi maqsadga muvofiq sanaladi.

0.0 umumiy reyting
0
0
0
0
0

Birinchi bo'lib izoh qoldiring “Tunukafon va tom uchun aksessuarlar ishlab chiqarish liniyasi”

Hozircha izohlar yoq. Siz birinchi bo'lib izoh qoldiring!

chek qog’ozlar salfetka ishlab chiqarish