,

Tibbiyot qo`lqoplari ishlab chiqarish liniyasi (Nitril/Latex)

Mavjudligi:

Omborda qolmagan, buyurtma berish mumkin


Hech shubhasiz 2020-yil tibbiyot sohasi uchun ancha qiyin yil bo`ldi deb ayta olamiz. Covid-19 virusi tufayli yuzaga kelgan pandemiya butun dunyo aholisini moliyaviy va jismonan qiyin ahvolga solib qo`ydi. Virus qanchadan-qancha yaqin insonlarimizni bizning oramizdan olib ketdi va olib ketmoqda. Bunga sabab qilib tibbiyot uskunalari va vositalariga bo`lgan kutilmagan yuqori talabni ko`rsatishimiz mumkin. Shu sababli ham navbatdagi ishlab chiqarish liniyamiz orqali yuqori talabni oz bo`lsada kamaytirishga yordam berishni maqsad qilganmiz. Keling nitril qo`lqoplari haqida yetarlicha ma`lumotga ega bo`lib olaylik.

875,000$

Omborda qolmagan, buyurtma berish mumkin

Nitril qo`lqoplar

Nitril qo’lqoplar sintetik kauchukdan ishlab chiqariladi. Ular egiluvchan va cho’ziluvchan bo`ladi. Ular ishlab chiqarilishidan oldin va keyin maxsus kimyoviy moddalar yordamida ko`p bosqichli sterillash jarayonidan o`tadi. Shu sababli ham ular tibbiy va kimyoviy sohalarda teng ravishda qo’llaniladi. Ularning xom ashyosi tarkibida lateks yo’q. Bu turdagi qo`lqoplar odatda lateksga qarshi allergiyaga moyil bo’lgan odamlar tomonidan qo’llaniladi.

Nitril qo’lqoplar tibbiy maqsadlardan tashqari odatdagi vazifalarda ham qo’llaniladi. Nitril qo’lqoplar oziq-ovqat va farmatsevtika sohalarida ham keng qamrovda foydalaniladi. Nitril qo`lqoplar ishlab chiqarilgandan so`ng maxsus laboratoriyalarda tekshiruvlardan o`tadi. Ushbu sinovlarning barchasi shifoxonalarda va kimyoviy sohalarda ishlatiladigan qo’lqoplarning chidamliligini ta’minlashga qaratilgan.

Foydali xususiyatlari

  1. Allergiya qo`zg`amaydi. Bu qo`lqoplar tarkibida hech qanday lateks qo`llanilmaydi. Shu sababli ham lateksga allergiyasi bor insonlar bu qo`lqoplardan hech qanday qiyinchiliksiz foydalana oladilar.
  2. Chidamli. Bu turdagi qo`lqoplar lateks qo`lqoplariga nisbatan yirtilishga va teshik hosil bo`lishiga chidamliroq.
  3. Moslashuvchan. Qo`lqoplar tarkibidagi moddalar cho`ziluvchan. Shu sababli ham ular hech qanday muammosiz, qo’llarga moslashib keta oladi.
  4. Bardavomliligi. Ular uzoq vaqt davomida foydalanish uchun mo`ljallangan. Ular hatto muntazam foydalanish uchun ham qulaydir. Ular chidamlilik standartlari va talablariga rioya qilingan holda ishlab chiqariladi.
  5. Infeksiyaga qarshiligi. Nitril qo’lqoplar tibbiyot sohasida keng qo’llaniladi. Shifokorlar va hamshiralar yuqumli kasalliklarga duch kelishlari aniq. U yerda bu qo’lqoplar zararli infektsiyalardan saqlanish uchun himoya vositasi bo`la oladi.
  6. Kimyoviy qarshilik. Ushbu qo’lqoplar ko’plab kimyoviy moddalarning teriga zararli ta’sirini oldini olish uchun o’ziga xos xususiyatga ega.

Umumiy ma`lumotlar

  1. Liniyaning umumiy o`lchamlari: 50m*1,8m*6,5m(uzunligi*kengligi*balandligi)
  2. Liniyaning umumiy og`irligi: 50 tonna
  3. Kerakli maydon o`lchamlari: 130m*15m*15m(uzunligi*kengligi*balandligi)
  4. Ishlab chiqarish hajmi: 120,000-140000 juft bir sutkada
  5. Ishchilar soni: 6-7ta
  6. Suv sarfi: 1-2 metr kub/soat
  7. Qo`l qoliplar soni: 3000 ta
  8. Xom-ashyolar: nitril moddasi, xlor, suv, tabiiy gaz/kerosin/dizel, kraxmal
  9. Yoqilg`i: tabiiy gaz qo`llanilsa 170 metr kub/soat. Dizel qo`llanilsa 105kg/soat
  10. Zavodning umumiy quvvati: 275kw/soat

(Ishlab chiqarish liniyasining kerakli proyekt o`lchamlari kelishuv mobaynida taqdim qilinadi.)

Uskunalar top`lami

Ishlab chiqarish liniyasiga quyidagi qismlar kiradi:

  1. Qizitish tizimi
  2. Suv tizimi
  3. Pnevmatik bosim berish tizimi
  4. Xom-ashyolarni aralashtirish tizimi
  5. Botirish va tozalash tizimi
  6. Qoliplar tizimi
  7. Tayyor mahsulot tizimi
  8. Test qilish tizimi
  9. Qadoqlash tizimi

Keling endi ishlab chiqarish jarayoni va bu jarayonlarni amalga oshirish uchun bizga kerak bo`ladigan uskunalar to`plami bilan tanishib chiqsak.

Birinchi bosqichda qoliplar tozalanadi

Avvalambor, ishni bundan oldingi jarayonlarda ishlatilgan qoliplarni tozalab olishdan boshlaymiz. Chunki barcha bosqichlar davomida va ish muhitida qoliplar yuzasiga ortiqcha changlar va moddalar yopishib qolib ketishi mumkin. Turli xil noxushliklarning oldini olish maqsadida qoliplar kislota va ishqorlar yordamida tozalanadi. Tozalashning ikkinchi bosqichida esa qoliplar qaynagan suvga botirib olinadi. Qaynoq suvdan chiqqan qoliplar endi maxsus baraban chotkalar yordamida yana bir tozalanadi. Mana shu bilan qoliplarni tozalash bosqichimiz o`z nihoyasiga yetadi. Quyidagi videoda jarayondan lavhani tomosha qilishingiz mumkin

Ikkinchi bosqichda qoliplarga suyuqlik qoplanadi

Navbat ishlab chiqarish jarayonimizning eng muhim bosqichiga keldi. Baraban chotkadan chiqqan qoliplarimiz havoda va ventilyatorlar yordamida biroz quritiladi. Ana endi qoliplarimiz nitril suyuqligi bilan to`ldirilgan idishlar(vanna)ga solinadi. Oz muddat davomida qoliplar yuzasi nitril moddasi bilan to`liq qoplanadi. Keyin esa qoliplar pechlarga yo`l oladilar. Maxsus qizdirilgan pech ichida nitril moddasi qoliplarning ustida qotib qolishga ulguradi.

Uchinchi bosqichda qo`lqoplarga kimyoviy ishlov beriladi

Bu bosqichimizda yarim tayyor qo`lqoplarimizga kimyoviy ishlov berishda davom etamiz. Pechdan chiqqan qo`lqoplarimiz ana endi birinchi navbatda polimerga va undan so`ng esa suvga botirib olinadi. Bundan asosiy maqsad qo`lqoplarning sifatini va kimyoviy reaksiyalarga chidamliligini oshirishdan iborat. Bundan so`ng esa qo`lqoplarning yeng qismi yechishga oson bo`lishi uchun qayriladi. Keyin esa qo`lqoplar bir oz quritilgandan so`ng kraxmal to`ldirilgan idishga solinadi.

To`rtinchi bosqichda ular nazoratdan o`tkaziladi

Mana tibbiyot qo`lqoplarimiz ham tayyor. Faqat ularning sifatini tekshirish va qadoqlash qoldi xolos.

Shu o`rinda bir ma`lumotni ta`kidlab o`tish lozim. Yuqorida ko`rsatilgan uskunalar ishlab chiqarish liniyasining eng asosiy uskunalaridir. Quyidagi jadvallar orqali barcha uskunalar ro`yxati bilan tanishib chiqishingiz mumkin

Shu bilan ishlab chiqarish jarayonlarimiz o`z nihoyasiga yetdi. Umid qilamizki, ushbu ishlab chiqarish liniyasi yordamida xalqimizga sifatli va foydali tibbiyot qo`lqoplari yetkazib berasiz.

Narxlar

 

 

0.0 umumiy reyting
0
0
0
0
0

Birinchi bo'lib izoh qoldiring “Tibbiyot qo`lqoplari ishlab chiqarish liniyasi (Nitril/Latex)”

Hozircha izohlar yoq. Siz birinchi bo'lib izoh qoldiring!

chek qog’ozlar salfetka ishlab chiqarish