- Bino: 1300 m2 dan kam bo’lmagan ishlab chiqarish uchun joy;
- Elektr manbai: 380v 50 hz kuchlanishli elektr toki va 500kw/soat quvvatga ega transformator;
- Sovutish uchun texnik suv;
- Ishchi kuchi: 12 nafar
- Binoda ventilyatsiya tizimi bo’lishi lozim
Liniya tarkibidagi uskunalar ro’yhati:
- Mikser 1m3
- Ekstruder liniyasi
- Iplarni g’altakka o’rab berish uskunasi
- Qop to’qish uskunasi – 6 dona
- Qoplarni kesib berish, tikish va 4 rangli printer uskunasi
- Yaroqsiz qoplarni qayta ishlash granulyatori
- Tayyor qoplarni gidravlik presslash uskunasi
MIKSER
Ishlab chiqarishni boshlash avvalo Mikserda mahsulotlarni aralashtirishdan boshlanadi. Asosiy xomashyo PP (polipropilen) bo’lib unga kam miqdorda Masterbatch va boshqa polimerlar qo’shiladi.
EKSTRUDER LINIYASI
Ekstruder-ishlab chiqarishda asosiy ahamiyat kasb etuvchi qismlardan biri sanaladi. Ekstruder siz olinadigan to’quv uskunalarining soniga qarab ishlab chiqarish quvvati tanlanadi. Ekstruder granuladan qop to’qish uchun ip holiga keltirib beruvchi qism sanaladi. Qoplar turiga qarab uning qalinligi va kengligini o’zgartirish mumkin bo’ladi.
Uskuna polipropilen va yuqori zichlikka ega polietilenni qizitish yo`li orqali lentalar(iplar) chiqaradi. Bu iplar keyinchalik g`altakka o`rab beruvchi uskuna tomon yo`l oladi. Uskuna 100% qayta ishlangan PP(polipropilen) va PE(polietilen), kukun yoki granula shaklidagi PP va yuqori zichlikdagi PE larni xom-ashyo sifatida foydalana oladi. Ekstruder shnegi va silindri 38CrMoA1A qotishma po`latidan yasalgan. Agar uskunaga azot bilan ishlov berilsa, uning mustahkamligi yanada oshadi. Uskuna roliklari qattiq Cr(xrom) moddasi bilan qoplangan.
IPLARNI G’ALTAKKA O’RAB BERISH QISMI
Bu qismda tayyor iplar maxsus g’altaklarga o’raladi. O’rash jarayoni kompyuterlashtirilgan tizim orqali nazorat qilinadi. Bu qism ham nechta dona to’quv uskunasi olinishiga qarab g’altakka o’rab berish qism hajmi tanlanadi.
Ushbu uskuna so`nggi texnologiyalar yordamida energiya-tejamkorlikni oshirish uchun 2,2/3 kw motor bilan jihozlangan. Uskunadagi qismlar oson almashtiriladi, shu tufayli ham ehtiyot qismlar kamroq eskiradi, barqaror harakatlanadi va tekis o’raladi.
QOP TO’QISH USKUNASI
To’quv uskunasi siz ishlab chiqaradigan mahsulot diametri va uning zichligiga qarab turlicha bo’ladi. Bizda keng foydalaniladigan qoplar uchun to’quv uskunalari 4G va 6G modellar hisoblanadi. Agar siz Big bag ya’ni 1 tonnalik mahsulotlar uchun mo’njallangan qoplar chiqarish niyatida bo’lsangiz, u holda sizga 10G-12G modellar tog’ri keladi. Qoplar diametrini o’zgartirish uchun siz maxsus silindr uchun qoliplar qo’shib olishingiz lozim.
Eski modellar bilan solishtirib ko`radigan bo`lsak, bu uskuna ko`proq va yaxshiroq qulayliklarga ega. Misol uchun, uskunaning ishlash prinsipi osonroq va barqaror, maxsus moy kerak bo`lmaydi, 82 DB(detsibel)dan kamroq tovush chiqaradi.
QOPLARNI KESIB BERISH, TIKISH VA 4 RANGLI PRINTER USKUNASI
Ushbu uskuna avvalgi modellar va ishlab chiqarish jarayonlarini ortda qoldirib, qop ishlab chiqarish tezligidagi samarasini birmuncha tezlashtirib yubordi. Qoplarni qo’l mehnati yordamida kesib ularni ostki qismini tikish ko’p ishchi kuchi va mehnat talab qiladigan jarayondir. Shu sababli ushbu qismni avtomatik uskunalarga ishonib topshirish maqsadga muvofiq.
Uskuna xususiyatlari
1) Uskuna to`liq avtomatlashtirilganligi tufayli bir dona ishchi uskunadagi barcha jarayonlarni boshqara oladi.
2) Butun uskuna Q235 temiridan yasalganligi uchun tezroq va barqaror ishlaydi.
3) Bitta uskunaning o`zida ham issiq kesuvchi ham sovuq kesuvchini o`rnatish mumkin. Kesuvchi pichoqlarni almashtirish uchun bittagina tugmani bosish yetarli.
4)Tutunni yutish funksiyasi mavjudligi tufayli atrof-muhitga kamroq zarar yetkaziladi.
5) Printerga siyohlar avtomatik quyiladi.
6)Ikki qavatli quritish tizimi mavjud. Bu qoplar tezroq qurishiga yordam beradi.
YAROQSIZ QOPLARNI QAYTA ISHLASH GRANULYATORI
Xohlaymizmi yo’qmi har bir ishda bo’lgani kabi qop ishlab chiqarish biznesida ham ba’zi hollarda chiqindi qoplar chiqadi. Shu sababli standartdan o’tmagan ayrim qoplarni granula holiga keltirib, qaytadan ip ishlab chiqarish va yangi qoplar uchun ishlatish maqsadga muvofiq.
TAYYOR QOPLARNI GIDRAVLIK PRESSLASH USKUNASI
Tayyor qoplar mijozga yetkazish davomida transport xarajatlarini minimallashtirish uchun ular 60T kuch bilan presslanadi. Ushbu qadoqlash jarayoni birmuncha sodda ish bo’lib unga alohida malakali kadrlar talab etilmaydi.
Qop ishlab chiqarish bosqichlari shu qismlardan iborat edi. Sizlarga ushbu ishlab chiqarish hajmidan kattaroq yoki kichikroq turlari bo’yicha ma’lumot kerak bo’lsa ofislarimizga murojaat qilishingiz mumkin.
Alisher –
Assalomu alaykum, AFEX jamoasi gap bo`lishi mumkin juda aniq va chiroyli tushuntirilgan
Alisher –
admin –
Assalomu alaykum, rahmat
admin –
Furqat –
Uskuna haqida to’liq malumot oldim. Yana yangibiznes rejalardan bo’lsin
Furqat –
admin –
Ho`p
admin –